К содержанию
РецензированоUZ2025

O‘QUV TOPSHIRIQLARI ORQALI 6- SINF O‘QUVCHILARNING PRAGMATIK KOMPETENSIYALARINI RIVOJLANTIRISHDA KREATIV FIKRLASH QOBILIYATLARINI O‘STIRISH MAZMUNI

QOBILIYATLARINI O‘STIRISH MAZMUNI · Ashirboyeva Nafisa Aminboyevna

Современная наука и исследования · 2025

Аннотация

mazkur maqolada o‘quvchilarning pragmatik kompetensiyalarni rivojlantirishda o‘quv topshiriqlarining ahamiyati, muloqot qilishda qadriyat, odob-axloq qoidalari me’yorlariga amal qilish, everistik topshiriq, matn ustida ishlash, mantiqiy, kreativ fikrlash qobiliyatlarini ko‘nikmalarini o‘stirish bo‘yicha metodist, pedagog, psixolog olimlarning ilmiy qarashlari keltirilib tahlil qilingan hamda ularga subyektiv munosabat bildirilgan. Kalit so‘zlar: pragmatik kompetensiya, o‘quv topshiriqlari, everistik topshiriq muloqot qilish, qadriyat, odob-axloq qoidalari me’yorlari, mantiqiy, kreativ fikrlash qobiliyatlarini ko‘nikmalari matn ustida ishlash. Bugungi kunda ona tili darslarida o‘quvchilarning bilimini, fikrlashini, yondashuvlarini tubdan oshirish, bilan bir qatorda, ularning pragmatik kompetensiyalarini yuqori darajada takomillashtirish ona tili fani o‘qituvchisining oldida turgan muhim vazifalardabn biri hisoblanadi.Binobarin, hozirgi kunning raqobat lasha oladigan tashabbuskor umumiy o‘rta ta’lim o‘quvchisi o‘zaro muloqotda pragmatik qonuniyatlarni, nutqiy va kommunikativ madaniyatga va aksiologik kompetentlik tarkib toptirilishi muhim ahamiyat kasb etadi. O.S.Issers1ning ta’kidlashicha, muloqot jarayonida adresat nutqi quyidagi parametrlarda o‘z aksini topadi: - u o‘z nutqida o‘z “men”ini, shaxsiy xususiyatlarini (bevosita yoki bilvosita, o‘z mavqeini ko‘tarish yoki pasaytirish darajasida) namoyon qiladi; - so‘zlarni qo‘llashda odobliligini (xushmuomalalik borasida suhbatdoshini o‘ziga jalb qilishga qiziqish yoki kiziqmasligini) namoyon qiladi; - fikr almashinuv jarayonida suhbatdoshlar o‘z nutqlarining kommunikativ pragmatik ta’sirning samaradorligini nazorat qiladilar (ohangni ongli tarzda tanlaydi, vaziyat va holatni boshqaradi) Pragmalingvist J.Lich bu borada hurmat tamoyili tushunchasini taklif etadi va uning voqelanishi tamoyilning quyidagi oltita qoidasi faollashuvidan iborat ekanligini ta’kidlaydi: 1. Xushmuomalalilik, nazokat, odob qoidasi (suhbatdosh urinishlarini sarfini kamaytir, uning foydasini ko‘paytirishga harakat qil); 2. Himmat, oliyjanoblik qoidasi (o‘z foydangni kamroq ko‘zla, barcha sarfni o‘z zimmangga ol); 3. Ma’qullash, tahsin qoidasi (o‘zgalarni yomonlama, g‘iybat qilma, koyima); 4. Kamtarlik, kamsuqumlik, oddiylik qoidasi (o‘z-o‘zingni maqtashni keskin kamaytir); 5. Rizolik, murosasozlik qoidasi (tortishuvlardan qoch, murosaga urin); 6. Xush ko‘rish, mayl, yoqtirish qoidasi (xayrixoh, oqko‘ngilli bo‘l)2 . 1 Иссерс О.С. Проблемы создания «коммуникативного портрета»: тендерный аспект // Гендер: язык, культура, коммуникация. – Москва, 2002. Вып. 2 222 Sentabr, 2025-Yil 6- sinf o‘quvchilarining pragmatik kompetensiyalarini rivojlantirishga qaratilgan metodik tayyorgarlikda muloqot muhim ijtimoiy funksiyalardan biridir.Shu bois 6-sinf o‘quvchilarining pragmatik kompetensiyalari belgilangan talablar asosida o ‘sib borishi uchun ularga muloqot qonuniyatlari, nutq madaniyati, nutqiy etikatga, xushmuomalalikka ega bo‘lishi talab qilinadi.Bunda everistik topshirqlarning o‘rni ahamiyatli. “Evristik topshiriqlar ta’lim oluvchilarda kreativ ko‘nikmalarning hosil bo‘lishida muhim o‘rin egallaydi. Chunki ushbu topshiriqlarni bajarish davomida ta’lim oluvchilar ijodiy izlanishga muvaffaq bo‘ladilar. Evristik topshiriqlar ta’lim oluvchilarni o‘quvchilarni ijodiy izlanishga va ijodiy faoliyat natijasini namoyon etishga undaydi. Ta’lim oluvchilarning kreativ faoliyatlari natijalarning muntazam nazorat qilish va takomillashtirish o‘qituvchidan alohida kasbiy mahorat va ijodkorlikni talab qiladi”3. Kreativ fikrlash ko‘nikmalari inson tafakkurining muntazam boyib borishini ta’minlaydi. Ta’lim oluvchilarni kreativ fikrlashga undaydigan evristik topshiriqlar o‘ziga xos didaktik xususiyatga ega. Ular, 1. Muayyan hodisaning xususiyatlarini o‘rganish, tahlil qilish va unga munosabat bildirishga yo‘naltirilgan topshriqlar. Bunda ta’lim oluvchilarning kreativ fikrlash ko‘nikmalari ularda mustaqil izlanish motivlarining shakllanishida ko‘maklashadi. 2. Kreativ fikrlash ko‘nikmasiga ega bo‘lgan ta’lim oluvchilar kechinmalari va his- tuyg‘ularini ijodiy faoliyat usullari orqali namoyon etadilar. Ushbu jarayonda ularning ijodiy faolliklari, his- tuyg‘ulari, ko‘tarinki kayfiyatlari yaqqol namoyon bo‘ladi4. “Matn ustida ishlash jarayonida undagi yetakchi g‘oyani aniqlash mantiqiy fikrlash ko‘nikmasini shakllantirishda muhim o‘rin tutadi. Bunday ko‘nikmani egallamagan o‘quvchi nazariy masalalarni aniqlashtiruvchi misollarni, ma’lumot va sonlarni yodlab olish harakatiga tushadi. Natijada o‘quv materialini ongli o‘zlashtira olmaydi va ko‘p o‘tmay uni eslashga qiynaladi. Mazkur ko‘nikmani shakllantirishda quyidagilar talab qilinadi: 1) o‘quvchilarga matnda ifodalangan g‘oyaning mohiyatini tushuntirish; 2) mantiqiy fikrlash usullari bilan tanishtira borish; 3) ijodiy ishlarida mantiqiy fikrlash usullarini qo‘llashni talab qilish.Demak, matn asosidagi yetakchi g‘oyani aniqlash quyi sinflardan boshlanadi”5. Amaldagi 6-si

Доказательный фрагмент

«mazkur maqolada o‘quvchilarning pragmatik kompetensiyalarni rivojlantirishda o‘quv topshiriqlarining ahamiyati, muloqot qilishda qadriyat, odob-axloq qoidalari me’yorlariga amal qilish, everistik topshiriq, matn ustid…»

Образец извлечения

Демо-превью

mazkur maqolada o‘quvchilarning pragmatik kompetensiyalarni rivojlantirishda o‘quv topshiriqlarining ahamiyati, muloqot qilishda qadriyat, odob-axloq qoidalari me’yorlariga amal qilish, everistik topshiriq, matn ustid… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
o‘quv topshiriqlari, mantiqiy, odob-axloq qoidalari me’yorlari, everistik topshiriq muloqot qilish, pragmatik kompetensiya, qadriyat, kreativ fikrlash qobiliyatlarini ko‘nikmalari matn ustida ishlash.
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники