К содержанию
РецензированоUZ2025

ADABIY JARAYONLARNI TAHLIL QILISHDA INNOVATSION YONDASHUVLAR

NEW RENAISSANCE · Yusupova Marvarid Hamza qizi

Современная наука и исследования · 2 · 2025

Аннотация

The article talks about modern views of literary studies and its approaches. These methods available in literary studies allow for a deeper study of science and the ability to apply this knowledge. Keywords: structural, semiotic, psychoanalytic approaches, motive, corpus linguistics. Adabiyotshunoslik fanining bugungi rivojlanish bosqichi global ilmiy jarayonlar, yangi metodologik paradigmalarning kirib kelishi va tahlil usullarining zamonaviylashuvi bilan belgilanadi. XXI asr adabiyotshunosligida matnni o‘rganishda an’anaviy formalistik yoki tarixiy- uslubiy yondashuvlar bilan bir qatorda intertekstual tahlil, strukturalizm, poststrukturalizm, sotsiokultural, kognitiv, gender va diskurs tahlili kabi zamonaviy yondashuvlar keng qo‘llanilmoqda. Ushbu yangicha qarashlar adabiy jarayonlarni nafaqat badiiy matn darajasida, balki ularning ijtimoiy, madaniy va psixologik ildizlarini ham chuqur tahlil qilish imkonini beradi. Mazkur yo‘nalishda xalqaro miqyosda M. Baxtin (dialogizm va polifoniya nazariyasi), R. Bart (matn nazariyasi, muallifning “o‘limi”), M. Fuko (diskurs tahlili), Y. Lotman (semiotika maktabi), X. Bloom (intertekstual qarashlar) kabi olimlar alohida o‘rin egallaydi. O‘zbek adabiyotshunosligida esa N. Mallayev, I. Haqqul, U. Normatov, B. Qosimov, S. Mamajonov, D. Quronov, A. Rasulov kabi olimlar zamonaviy nazariy qarashlarni milliy adabiyot namunalari tahliliga tatbiq etib, ilmiy izlanishlar olib bormoqdalar. Ayniqsa, mustaqillik davrida adabiy jarayonlarni yangicha, innovatsion metodlar orqali tahlil qilishga alohida e’tibor qaratildi.Adabiyotshunoslik – badiiy adabiyotni, uning mazmun-mohiyati, oʻziga xos xususiyatlari, paydo boʻlish va rivojlanish bosqichlari, ijtimoiy funksiyasi, ijodiy jarayon qonuniyatlarini oʻrganadigan fan. U bir-biri bilan uzviy bogʻliq boʻlgan boʻlimni: adabiyot nazariyasi, adabiyot tarixi va adabiy tanqidni oʻz ichiga oladi. Adabiyotshunoslikning ildizi maqol, qoʻshiq, doston singari xalq ogʻzaki ijodi namunalari yuzasidan bildirilgan ilk mulohazalarga borib boglanadi. Bundan tashqari shoir ijodiy merosi va shaxsiyatini oʻrganish ham adabiyotshunoslikda maʼlum oʻrin egallaydi.Bugungi glaballashuv, raqamli texnologiyalar davrida bu fan ham boshqa fanlar singari zamonaviy qarashlar va metodik yondashuvlar asosida 164 NEW RENAISSANCE 2025 SENTABR INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 9 rivojlanmoqda. Adabiyotshunoslikda bir qancha zamonviy yondashuvlar mavjud boʻlib, ular maʼlum maqsadga muvofiq ish koʻradi. Zamonaviy adabiyotshunoslikda badiiy asarni faqat mazmun emas, balki tuzilma sifatida ham o‘rganish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Strukturaviy yondashuv matnning ichki qonuniyatlari, obrazlar tizimi va syujet konstruktsiyasini tahlil qiladi. Semiotik yondashuvda esa badiiy belgilar, ramzlar ma’nosini ochib beradi.Qiyosiy adabiyotshunoslik hozirgi davrda eng dolzarb metodlardan biridir. Turli xalqlar adabiyotini, ularning o‘zaro aloqalarini, ta’sirlarini, umumiy motiv va obrazlarini qiyosiy o‘rganish adabiy jarayonni kengroq anglashga xizmat qiladi.Badiiy asarda qahramonlarning ruhiy kechinmalari, ichki ongi, orzu-istaklari, tushlari va psixologik jarayonlari pisixoanalitik yondashuvga xos jihatlarlardan biri. Bu yondashuv yozuvchi shaxsiyatining ichki dunyosini ham tahlil qilish imkonini beradi. Zamonaviy axborot texnologiyalari yordamida adabiy matnlarni elektron shaklda saqlash, tahlil qilish, korpus lingvistikasidan foydalanish — hozirgi zamon adabiyotshunosligining yangi yondashuvlaridan biridir. Ushbu yondashuvlarning barchasi adabiyot sohasining zamonaviy jihatdan chuqurroq oʻrganishda qoʻl keladigan metodlardir Xulosa qilib aytganda,bugungi kunda adabiyotshunoslik faqat matnni tahlil qilish bilan chegaralanib qolmay, balki uni ijtimoiy, madaniy, psixologik, hatto texnologik kontekstlarda ham o‘rganmoqda. Bu esa milliy adabiyotimizni jahon miqyosida chuqurroq anglash va targ‘ib etishda faoliyat olib bormoqda. Faqat bu bilan chegaralanib qolmay, sohaga doir yangicha termin va atamalarning yuzaga kelishi bilan tilshunoslik sohasida ham bir qator yangiliklarni olib kirishga xizmat qilmoqda. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Sharipova, M. (2023). “ALPOMISH” DOSTONI VA BOSHQA JANRLAR MUNOSABATI. ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz), 44(44). 2. Sharipova, M. (2023). “ALPOMISH” DOSTONIDA IFODA ETILGAN MAROSIMLARDA ARXAIK EPOS XUSUSIYATLARI TALQINI. ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz), 44(44). 3. Sharipova, M. (2023). MAKTABGACHA TA’LIMDA INNOVATSION FAOLIYATNI TASHKIL ETISH FUNKSIYALARI. ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz), 44(44). 4. Sharipova, M. (2023). “ALPOMISH” DOSTONIDA NIKOH MAROSIMINING ARXAIK-BAIIY XUSUSIYATLARI. ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz), 44(44). 5. Sharipova, M. (2023). MAKTABGACHA TA’LIMDA INNOVATSION FAOLIYATNI TASHKIL ETISH FUNKSIYALARI. ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz), 44(44). 6. SHARIPOVA, M. (2023). “ALPOMISH” DOSTONINI O’ZBEK VARIANTLARI ORASIDAGI MAROSIMLARNING BADIIY TALQINI. Journal of Research and Innovati

Доказательный фрагмент

«The article talks about modern views of literary studies and its approaches.»

Образец извлечения

Демо-превью

The article talks about modern views of literary studies and its approaches. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
structural, semiotic, psychoanalytic approaches, motive, corpus linguistics, motiv, semiotik, korpus lingvistika., strukturaviy, pisixoanalitik yondashuvlar
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники