К содержанию
РецензированоUZ2026

O‘ZBEK FORTEPIANO JAZ IJROCHILIGIDA YANGI IZLANISHLAR: AN’ANA VA DAVOMIYLIK (PIANINOCHI SANJAR NAFIKOV MISOLIDA)

Norpo‘latova Shaxlo Norpo‘lat qizi · G‘aniyeva Lola Muhsindjanovna (Botir Zokirov nomidagi Milliyestrada san’ati instituti)

Современная наука и исследования · 2 · 2026

Аннотация

This article analyzes the life and creative style of Uzbek jazz pianist Sanjar Nafikov. His efforts to integrate jazz with Uzbek folklore are compared with the work of jazz pianist Chick Corea. As a result, the formation of a new stylistic direction based on the integration of national and contemporary musical traditions is scientifically substantiated. Keywords: Sanjar Nafikov, Chick Corea, jazz piano, Uzbek folklore, improvisation, musical traditions, cultural integration. Fortepiano jazi musiqa tarixining muhim qismi hisoblanadi. Bu turdagi musiqa ijrochiligi ko‘p qirrali bo‘lib, dunyoning barcha mamlakatlaridagi musiqachilarining ijodi bilan tasvirlanadi. O‘z cholg‘usi sifatida fortepianoni tanlagan ijrochilar boy an’analarni meros qilib olib, ularni rivojlantirishadi yoki yangilik kiritib to‘ldirishadi. Ushbu maqolada fortepiano jazining paydo bo‘lishi va O‘zbekistonga kirib kelishi, O‘zbekistonda jaz fortepiano ijrochilik masalalari, Sanjar Nafikov hayoti va ijodi, shuningdek, jahon pianinochisi Chick Corea tajribasi bilan qiyosiy tahlili yoritiladi. Biz bilamizki jazning paydo bo‘lishi XIX asr oxiri XX asr boshlarida AQSHning janubiy shtatlarida boshlangan. Yangi Orleanda jaz paydo bo‘lganda instrumental blyuz ham musiqa olamida rivojlangan. Bungacha blyuz vokal asar bo‘lib, o‘ziga xos tuzilish, forma, melodiya va ladga ega bo‘lgan 12 taktli qo‘shiq edi. Ammo Yangi Orlean musiqachilari blyuz vokalining barcha hususiyatlari va ranglarini o‘z cholg‘ulariga o‘tkazishga muvofaq bo‘ldilar. Shu tariqa instrumental jaz ijrochiligi afroamerikalik musiqachilar tomonidan blyuz vokallariga taqlid asosida paydo bo‘ldi. Fortepiano jazi ham bundan mustasno emas. U jaz ijrochiligining eng yaqqol sahifalaridan biri hisoblanadi. 528 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 9 Jaz rivojlanishining butun tarixi davomida pianistlar yo o‘z cholg‘usining hususiyatlaridan foydalangan, yoki bir-birlarini yengishga harakat qilgan. Shu kabi eksperimentlar natijasida dunyoning barcha mamlakarlaridagi ijrochilar tomonidan namoyish etilgan o‘ziga xos fortepiano jazi paydo bo‘ldi. Fortepiano jazining boshlanishi regtaym ( regtim) deb ataladi.1 O‘zbekistonda fortepiano ijrochiligi 1936-yilda Muxtor Ashrafiy nomidagi Toshkent davlat Konservatoriyasi, 1996 yili esa Estrada san’ati fakulteti, 2002-yildan O‘zbekiston davlat Konservatoriyasida ya’ni Estrada cholg‘u ijrochiligi kafedrasi tashkil etilgan.2 “Kafedraning maqsadi – yuqori mahoratli jaz ijrochilarni tayyorlashdir”-deb ta’kidlaydi san’atshunoslik fanlari nomzodi G‘aniyeva Lola. 3 Ushbu kafedrada improvizatsiya, aranjirovka, estrada cholg‘usida ijrochilik, estrada cholg‘ularida o‘qitish uslubiyoti fanlari yosh jaz ijrochilarni dnyoqarashini, badiiy didini yuksaltiradi. 4 Dastlabki yillarda fortepiano faqat klassik repertuarni o‘qitish va ijro etish vositasi sifatida qaralgan bo‘lsada, talabalar va ayrim pedagoglar zamonaviy g‘arb musiqasiga, jumladan jazga ham qiziqish bildira boshlagan. O‘zbekistonda jaz musiqasiga qiziqish ayniqsa 1960-1979- yillarda oshdi. Moskva va boshqa ittifoq respublikalarda o‘tkazilgan jaz festivallari Toshkent musiqachilariga ham kuchli ta’sir ko‘rsatdi.5 1968-yilda Toshkentda birinchi jaz festivali bo‘lib o‘tdi. Bu festivalda “Turkiston yulduzi” ansambli chiqish qildi va ansamblda fortepianoda Sardor Muxtorov ijro qildi.6 Bu festival fortepiano jazining rivojlanishida katta turtki bo‘ldi. 1996-yilda tashkil etilgan Karim Zaripov nomidagi Respublika Estrada va Sirk kollejida, 1995- yilda tashkil etilgan R. Glier nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa maktabida va 2001- yilda tashkil etilgan V. Uspenskiy nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan maktab internatida ham Estrada chog‘ulari aynan fortepiano yo‘nalishining ochilishi jaz fortepiano san’atining rivojlanishida muhim bosqich bo‘ldi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.7 Bu dargohlarda o‘quvchilar klassik ta’lim asosida jaz garmoniyasi, improvizatsiya va ansambl ijrosi sirlarini mukammal egallashdi. Bu maktablar o‘zbek professional jaz ta’limining shakllanishida katta hizmat qildi. Bundan tashqari musiqa maktablarda ham Estrada cholg‘ulari bo‘limi ochildi. O‘zbek jaz fortepiano maktabining shakllanishi bevosita fidoyi ustozlarning sa’y-harakatlari bilan bog‘liq bo‘lib, aynan Rumil Vildanov, Eduard Qalandarov, Enmark Salixov, Valeriy Saparov, Oybek Salixov, Vitaliy Safanov, Tamara Xalikova, Ra’no Atabekova, Jamilya Naimova, va Alina Alibekova kabi pedagoglar yurtimizda tanilgan ko‘plab jaz pianinochilarini voyaga yetkazganlar. Aynan jaz fortepiano yo‘nalishida o‘ziga xos ijodiy yo‘nalishga ega Sanjar Nafikov ham ustoz-shogird an’analarini davom ettirmoqda. Jaz ansambllarda jo‘rnavozlik san’atini ham rivojlantirib.8 1Konen. V. “Рождение джаза” М: Советский композитор, 1984. 312 с. 2 Ганиева Л. Вклад кафедры эстрадно-инструментального исполнительства в процесс формирования эстрадно-джазового музыканта. Тамбов: “ТOГБOУ” 427 в. 3 Ганиева Л. Вклад кафедры эстрадно-инструментального исполните

Доказательный фрагмент

«This article analyzes the life and creative style of Uzbek jazz pianist Sanjar Nafikov.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article analyzes the life and creative style of Uzbek jazz pianist Sanjar Nafikov. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Sanjar Nafikov, Chick Corea, jazz piano, Uzbek folklore, improvisation, pianinoсhi, improvizatsiya, mahorat., xususiyat, uslub, musiqiy, folklor, jaz, an’ana, o‘zbek, madaniyat, integratsiya
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники