К содержанию
РецензированоRU2026

CHIQINDILARNI QAYTA ISHLASHNING IQTISODIY AHAMIYATI: O‘ZBEKISTON VA XORIJ TAJRIBALARI

VA XORIJ TAJRIBALARI · Ubaydullayeva Nozima Abbosbek qizi

Современная наука и исследования · 2 · 2026

Аннотация

В данной статье анализируется экономическое и экологическое значение переработки отходов. Рассматриваются существующая инфраструктура в Узбекистане, низкий уровень переработки отходов и возможности развития на основе зарубежного, в частности американского опыта. В ходе исследования применен аналитический подход на основе местных и международных источников, освещена экономическая эффективность использования отходов в рамках концепции «циркулярной экономики». Ключевые слова: отходы, переработка, циркулярная экономика, экологическая устойчивость, Узбекистан. ECONOMIC SIGNIFICANCE OF WASTE RECYCLING: THE EXPERIENCE OF UZBEKISTAN AND FOREIGN COUNTRIES Annotation. This article analyzes the economic and environmental significance of waste recycling. It examines the current infrastructure in Uzbekistan, the low level of recycling, and opportunities for development based on foreign, particularly U.S., experience. The study applied an analytical approach using local and international sources, and the economic efficiency of recycling was discussed within the framework of the circular economy concept. Keywords: waste, recycling, circular economy, environmental sustainability, Uzbekistan. Kirish (Введение /Introduction). Iqtisodiyotning asosiy muammosi – cheklangan resurslardan cheklanmagan ehtiyojlarni qondirishning eng maqbul yo‘llarini izlashdan iboratdir. Globalizatsiya va sanoatlashuv jarayonlarining jadallashuvi natijasida aholining iste’mol darajasi keskin ortib, ishlab chiqarish hajmining kengayishi kuzatilmoqda. Bu esa tabiiy resurslarga bosimni oshiribgina qolmay, chiqindilar miqdorining ham tez sur’atlarda o‘sishiga olib kelmoqda. Chiqindilar hajmining ortishi ekologik muammolar bilan bir qatorda iqtisodiy barqarorlikka ham bevosita ta’sir ko‘rsatadi. 523 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 9 Noto‘g‘ri boshqarilgan chiqindilar davlat byudjeti xarajatlarini ko‘paytiradi, sog‘liqni saqlash tizimiga yuk bo‘ladi va ishlab chiqarish tannarxini oshiradi. Shu bois, ko‘plab mamlakatlar chiqindilarni qayta ishlash masalasini strategik ustuvor yo‘nalish sifatida belgilab, “aylanma iqtisodiyot” tamoyillarini joriy etishga intilmoqda [1]. O‘zbekiston sharoitida ham chiqindilarni qayta ishlash infratuzilmasini rivojlantirish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish va aholining ekologik ongini oshirish dolzarb vazifalardan biridir. Bu yondashuv nafaqat atrof-muhitni sog‘lomlashtirishga, balki iqtisodiy samaradorlikni oshirishga, yangi ish o‘rinlari yaratishga va import hajmini kamaytirishga xizmat qiladi. Adabiyotlar thlili (Обзор литератур / Literature review). So‘nggi yillarda chiqindilarni qayta ishlash masalasi nafaqat ekologik, balki iqtisodiy rivojlanishning ham muhim tarkibiy qismi sifatida qaralmoqda. Jahon amaliyotida “aylanma iqtisodiyot” konsepsiyasi ishlab chiqarish va iste’mol tizimlarida chiqindilarni minimal darajaga tushirish hamda ularni ikkilamchi xom-ashyo sifatida qayta ishlab iqtisodiy aylanishga qaytarishga qaratilgan samarali yondashuv sifatida e’tirof etiladi [1]. Kirchherr, Reike va Hekkert ham aylanma iqtisodiyot tushunchasini tizimli yondashuv sifatida izohlab, u iqtisodiy o‘sish va resurslardan samarali foydalanish o‘rtasida muvozanatni ta’minlashini ta’kidlaydi [2]. AQSH Atrof-muhitni Muhofaza Qilish Agentligi (EPA) tomonidan tayyorlangan REI hisobotida qayta ishlashning iqtisodiy samarasiga oid aniq statistik ma’lumotlar keltiriladi: 681 mingta yangi ish o‘rni yaratilgan, 37,8 milliard dollar miqdorida yillik ish haqi to‘langan va 5,5 milliard dollar soliq tushumlari shakllangan. Eng katta iqtisodiy hissa metall (temir va alyuminiy), qog‘oz va qurilish chiqindilarini qayta ishlash orqali yaratilgan [3]. Zaman va Lehmann ham qayta ishlash jarayoni natijasida uglerod izining kamayishi, resurslar sarfining optimallashuvi va energiya tejash iqtisodiy foydani oshiruvchi asosiy omillar ekanini ko‘rsatadi [4]. Mahalliy ilmiy manbalarda O‘zbekistonda chiqindilarni qayta ishlash infratuzilmasi rivojlanishining iqtisodiy va ekologik ahamiyati keng yoritilgan. Tadqiqotlarda qayta ishlash jarayonini takomillashtirish import qilinadigan xom-ashyo hajmini kamaytirish, yangi ishlab chiqarish tarmoqlarini rivojlantirish, qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratish va davlat byudjetiga soliq tushumlarini oshirish imkonini berishi ta’kidlanadi [5]. Demirbas chiqindilarni energiyaga aylantirish texnologiyalari mamlakatlar uchun nafaqat chiqindilarni kamaytirish, balki energiya mustaqilligini oshirish vositasi bo‘lishi mumkinligini qayd etadi [6]. Shuningdek, adabiyotlarda aholining ekologik ongini oshirish, chiqindilarni saralash madaniyatini shakllantirish va zamonaviy texnologiyalarni joriy etish qayta ishlash tizimining samarali ishlashi uchun muhim shart sifatida ko‘rsatiladi. Ghisellini, Cialani va Ulgiati aylanma iqtisodiyot modelida davlat va xususiy sektor hamkorligi, infratuzilmaviy investitsiyalar va huquqiy asoslarni takomillashtirish muhim rol o‘ynashini ta’kidlaydi [7]. Xorijiy tajriba va

Доказательный фрагмент

«В данной статье анализируется экономическое и экологическое значение переработки отходов.»

Образец извлечения

Демо-превью

В данной статье анализируется экономическое и экологическое значение переработки отходов. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
waste, recycling, circular economy, environmental sustainability, Uzbekistan, O‘zbekiston., aylanma iqtisodiyot, ekologik barqarorlik, chiqindilar, qayta ishlash
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники