Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
AMALIY JARAYONLARNI TAHLIL QILISHDA KONTENT TAHLIL USULINI QO’LLANISHI
Abdumalikova Sevara Orifjon qizi
Современная наука и исследования · 2 · 2026
Аннотация
This article discusses the importance of analyzing direct practical political phenomena, the application of the content analysis method, one of the methods of political analysis, in international political processes, the features that make political analysis a separate type of scientific research, as well as the political image of the state - the image of the state among its citizens and in the international arena, and its manifestation. Keywords: political analysis, effectiveness, unfinished business, subjectivity, multidimensionality, micro-level analysis, content analysis, security, political image of the state. To’xtovsiz rivojlanayotgan bugungi dunyoda siyosiy jarayonlar ko’lami keng. Xalqaro maydonda sodir bo’layotgan voqealar, hamkorlik dasturlari va davom etayotgan ziddiyatlar siyosiy soha vakillari uchun katta qiziqish uyg’otadi. Xalqaro munosabatlar subyekti sifatida jahon siyosatida sodir bo’layotgan voqealarga nisbatan befarqlik mamlakat siyosiy imijini davlatlararo ko’lamda pasaytiradi. Davlat ichidagi vaziyatlarni o’rganish esa ichki barqaror rivojlanish va omma orasida tinchlikni ta’minlovchi muhim omildir. Ichki va tashqi siyosatda faqatgina statistik ma’lumotlarni o’rganishning o’zi, albatta, tinchlikni ta’minlamaydi, bu chuqur va har tomonlama tahlilni talab qiladi. Tatbiqiy bilimlarda qo’llaniladigan siyosiy sohalarni tatbiq etishning usul va metodlari real siyosiy jarayonlarni, turli subyektlarning harakatini va ularning o’zaro munosabatlarini 514 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 9 o’rganishga qaratilgan siyosiy fanning maxsus tarmog’ini shakllantiradi. 1 Aniq siyosiy vaziyat siyosiy tahlil predmetidir. Siyosiy tahlil orqali muammoning kelib chiqish sababini ochib beriladi, uning asosiy belgilarini ko’rsatiladi, mavjud ma’lumotlarni sharhlanadi, muammoning ko’lamini aniqlanib, rivojlanish sur’atini va istiqbolini ochib beriladi. Siyosiy tahlilni ilmiy tadqiqotning alohida turiga aylantiruvchi oltita xususiyat mavjud: 2 Samaradorlik- qat'iy vaqt cheklovlari “Foydali bilim”- Amaliy tabiat: nafaqat xulosalar, balki tavsiyalar ham muhimdir. Siyosiy tahlilchi uchun yakuniy bosqich foydali bilimlarni, ya'ni aniq aktyor uchun batafsil tavsiyalarni o'zlashtirishdir. "Tugallanmagan vaziyatlar" - Siyosatshunoslar odatda "tugallangan vaziyatlar", "haqiqiy" natijasi ma'lum bo'lgan siyosiy voqealar bilan ishlaydi, siyosiy tahlilchilar bo’lsa, natijasi aniq bo’lmagan butun bir jarayon bilan, masalan, saylov jarayonini olsak, saylov o’tkazilishidan, hukumat o’rnatilib to ular siyosat yuritishni boshlaguncha bo’lgan vaziyatlar bilan shug’ullanadilar. Subyektlilik - vaziyat yoki muammoda muayyan ishtirokchining manfaatlari va maqsadlari ko’zlanadi. Ko‘p o‘lchovlilik- Siyosiy tahlil ko'p o'lchovli tahlilga tayanadi. Mikro darajadagi tahlil - Siyosiy tahlil mikrotahlil, ya'ni mikrodarajadagi tahlildir. Mohiyatan, siyosiy tahlil dunyoga ma’lum bir qarash, ma’lum bir nuqtai nazardir. "Biz ko'z bilan emas, balki miyamiz bilan ko'ramiz." Bu mavhum tarzda o'rganib bo'lmaydigan narsa. O'rganish faqat amaliyot orqali amalga oshiriladi. Bu maxsus bilim turi, ko'nikma va amaliy qobiliyatlar bilan bevosita bog'liqdir.3 Xalqaro va ichki siyosatda siyosiy tahlilning bir qancha turi orqali tadqiqotlar o’tkazish mumkin. Shu tahlil usullaridan biri kontent tahlil usulidir. Kontent tahlil usulida esa ma’lumotlar to’planib, matn mazmunining ma'lum birliklarini aniqlash, olingan ma'lumotlarning miqdorini aniqlash va siyosiy ishtirokchilarning harakatlarini baholash va bashorat qilish uchun natijalarni talqin qilishdir. Hozirgi sharoitda, xavfsizlikni ta’minlash va muvozanatga erishish masalalari uzoq o’ylangan va ko’p o’lchovli strategiyalar orqali amalga oshirilmoqda. Nafaqat umumiy tinchlik, balki jamiyat hayotidagi barqarorlik, taraqqiyot ham oqilona yuritilgan siyosat orqasidan keladi. To’g’ri tanlangan siyosat esa tahlil va tadqiqotlar natijasidir. 2025-yilning sentabrida “Birgalikda yaxshiroq: tinchlik, taraqqiyot va inson huquqlari uchun 80 yil va undan ko‘proq” shiori ostida o‘tkazilgan 80-yubiley sessiyada Birlashgan Millatlar Tashkilotiga a’zo davlat rahbarlari o’z nutqlari bilan qatnashdi. Unda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ham o’z nutqi bilan ishtirok etdi. Mamlakatimiz rahbari o’z nutqida ijtimoiy so’zini 3 marta, iqtisodiy 1 marta, ta’lim so’zini 6 marta ishlatgan, xalqaro so’zi 6 marta, sherikchilik 3 marta, tinchlik so’zini 4 marta, yangi so’zini 4 marta ishlatdi. Bundan kelib chiqadiki, nutqda iqtisodiy sohadan ko’ra ijtimoiy sohaga ko’proq urg’u berilgan. Mamlakatimizdagi yangi siyosat ta’kidi va ta’lim xususida, shuningdek, xalqaro hamkorlik va sherikchilik haqida so’z ketgan. Xuddi shu sessiyada Amerika Qo’shma Shtatlari Prezidenti Donald Tramp qariyb 1 soat davom etgan o’z nutqida Amerika so’zini 27 marta, kuchli so’zini 17 marta ishlatish orqali o’z gegemoniyasini 1 Siyosiy tahlil, O’quv qo’llanma, R. Z. Djumayev, D.I. Madaminova, X.I. Mustapova, B.S. Suyunova, Toshkent- 2020,
Доказательный фрагмент
«This article discusses the importance of analyzing direct practical political phenomena, the application of the content analysis method, one of the methods of political analysis, in international political processes,…»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article discusses the importance of analyzing direct practical political phenomena, the application of the content analysis method, one of the methods of political analysis, in international political processes,… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- political analysis, effectiveness, unfinished business, subjectivity, ko‘p o‘lchovlilik, mikro darajadagi tahlil, xavfsizlik, tugallanmagan vaziyatlar, kontent tahlil, samaradorlik, siyosiy tahlil, subyektlilik, davlatning siyosiy imidji.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026