Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
SHAXS TAFAKKURI VA UNING SHARQ MUTAFAKKIRLARI ASARLARIDA YORITILISHI
Berdiyeva Lobar Norqobulovna
Современная наука и исследования · 2 · 2026
Аннотация
Tafakkur nafaqat muammoli vaziyatlarni hal qilishda sodir bo‘ladi, balki tafakkur jarayoni axborotni yaratishga, uni tanlashga asoslanadi. Ushbu maqolada shaxs tafakkuri va uning Sharq mutafakkirlari asarlarida yoritilishiga oid fikr-mulohazalar bayon etilgan. Kalit so’zlar: Markaziy Osiyo mutafakkirlari, tafakkur, bilish, bilish xususiyatlari, inson tafakkuri, produktiv tafakkur, reproduktiv tafakkur. Annotation. Thinking occurs not only in solving problematic situations but is also based on the creation and selection of information. This article presents reflections on human thinking and its interpretation in the works of Eastern thinkers. Keywords: Central Asian thinkers, thinking, cognition, features of cognition, human thinking, productive thinking, reproductive thinking. Markaziy Osiyo mutafakkirlarining axloqiy kamolot va mukammalik haqidagi g‘oyalari ilm-fan, madaniyat, san’at, adabiyot, falsafa, diniy fikrlar taraqqiyotiga hamda insoniyat tafakkur xazinasiga qo‘shilgan katta hissa bo‘lib, asrlar mobaynida dunnyo xalqlarini o‘zining sermazmunligi, universalligi va insonparvarligi bilan xayratga solgan. Buyuk olim Abu Nasr Forobiy aql orqali tafakkur yordamida bilishning o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlashga harakat qilgan. Tafakkur mavhumlikka, umumiylik, bilvositalikka, ya’ni sezgilar orqali bilish xususiyatlariga ega deb tushuntiradi. Avvalo, har qanday insonning mohiyati uning aqlida ekanligiga alloma diqqatini qaratib, quyidagi fikrni keltirib o‘tgan: “Inson mohiyati aqlda, aqlning mohiyati harakatda namoyon bo‘ladi”. Uning ta’limotiga muvofiq, tafakkur orqali inson materiyaning sezgilarga noma’lum bo‘lgan tomonlarini, umumiy qonuniyatlarini, mohiyatini biladi, san’at, ilm-fan to‘g‘risidagi bilimlarga ega bo‘ladi. Forobiyning ijodiy fikr yuritish, tafakkur xususiyatlari haqidagi fikrlari hozirgi kunda ham o‘z ahamiyatiga ega. Tafakkur bilan bog‘liq nazary-metodologik masalalalrni hal qlishda Abu Rayhon Beruniy hamda Ibn Sinolarning fikrlariga alohida e’tibor qaratish lozim. Beruniy insonning boshqa mavjudotlardan uning tafakkuri ajratishini ta’kidlab, o‘zining mashhur “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” asarida ma’naviy mamnuniyat konsepsoyasini ilgari suradi. Unga ko‘ra: “Oqil kishi hamma narsani aql-idrok va farosat bilan his qilgandagina ma’naviy mamnuniyat sezadi, holbuki beg‘am odam jismoniy lazzatnigina tan oladi”. Inson tafakkurining qudrati shundaki, uning yordamida voqea va hodisalalrni bir-biriga solishtirish, tahlil qilish orqali rostni yolg‘ondan, adolatni adolatsizlikdan, yaxshini yomondan, haqiqatni esa nohaqlikdan ajratish mumkin. Bu esa bo‘lajak o‘quvchilarda tafakkurni rivojlantirishda muhim ahamyat kasb etadi. G‘oyani ilgari surishda, usulni qurishda, farazni shakllantirishda, ularning tahlilini va tanlovini taidim etishda ham yaqqol namoyon bo‘lishini ta’kidlash kerak. Bu borada ba’zi psixologlar tafakkurni ikki turga ajratadilar: produktiv tafakkur va reproduktiv tafakkur. 507 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 9 Produktiv tafakkur muammoli vaziyatlarda axborotni yaratishga, reproduktiv tafakkur esa mavjud bilimlardan foydalanishga asoslanadi. Yangi o‘zaro aloqalarni anglashga xos bo‘lgan produktiv tafakkur ijodiy deb ham aytiladi. Shaxs u uchun yangi, ammo jamiyat uchun ma’lum bo‘lgan o‘zaro aloqalarni o‘zi tushunishida mazkur tafakkur shaxsiy-ijodiy bo‘ladi, shaxs jamiyat uchun ma’lum bo‘lmagan o‘zaro aloqalarni tushunishida esa tafakkur ijtimoiy-ijodiy bo‘ladi. Inson o‘zi uchun hal qilinishi kerak bo‘lgan muammoga aylangan, biroq uni hal qilishning tayyor usuliga ega bo‘lmagan vaziyatga tushib qolganda, tafakkur darhol ishga tushadi. Yerdan Oygacha yoki Yerdan Quyoshgacha bo‘lgan masofani hisoblash so‘ralgan inson kerakli qoidalar va formulalarni bilmaganida aynan shunday vaziyatga tushib qolishi mumkin. Kichik maktab o‘quvchilaridagi tafakkur jarayonini kuzatishda ta’kidlashimiz mumkinki, mazkur jarayon nutq qobiliyatidan oldinroq boshlanadi1. O‘quvchi avval so‘zlarni tushunishni o‘rganadi va shundan keyingina gapira boshlaydi. Uning “ongida”, miyasida ma’lum bir bilish tajribasi zaxirasi, ko‘nikma-tushunchaviy tuzilmalar to‘planib, ular uning atrofidagi odamlar tomonidan aytilgan so‘zlarni faollashtiradi va xotiraga singdiradi. Ob’yektni o‘rganishda bola uning nomini eshitadi, buning natijasida u ob’yektning tasvirini uning nomi bilan bog‘laydi, uning nomi esa, o‘z navbatida, u uchun predmetning ifodasiga aylanadi. Predmetning tasviri birinchi marta tushunilib, bevosita signalga aylanishi sababli, “so‘z ham bu signalning signaliga, ya’ni ikkinchi tartibli signalga aylanadi”2. Dastlab alohida predmetning signali bo‘lgan so‘z, keyinchalik o‘quvchi uchun nafaqat bu predmetni, balki unga o‘xshash boshqa predmetlarni ham ifodalaydi. Ilmiy nuqtai nazaridan tafakkurni tavsiflash uchun predmet haqidagi bilim hamda mazkur predmet tushunchasini farqlay olish lozim. Psixologik tavsif xulosalar va tushunchalarni sodda mantiqiy ajratib ko‘rsatish chegarasida
Доказательный фрагмент
«Tafakkur nafaqat muammoli vaziyatlarni hal qilishda sodir bo‘ladi, balki tafakkur jarayoni axborotni yaratishga, uni tanlashga asoslanadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюTafakkur nafaqat muammoli vaziyatlarni hal qilishda sodir bo‘ladi, balki tafakkur jarayoni axborotni yaratishga, uni tanlashga asoslanadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Central Asian thinkers, thinking, cognition, features of cognition, human, tafakkur, inson tafakkuri, bilish xususiyatlari, bilish, Markaziy Osiyo mutafakkirlari, reproduktiv tafakkur., produktiv tafakkur
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024