Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
AMALIY SIYOSATSHUNOSLIK KASB SIFATIDA
Abdumalikova Sevara Orifjon qizi
Современная наука и исследования · 4 · 2025
Аннотация
In this article, the science of politics is applied political science within the framework of political science, that is, the essence of the science dealing with practical issues of politics and its importance as a profession. In addition, information is given on the differences between practical political science and theoretical political science, approaches to the science's methodology, and the history of the science's development. Keywords: political science, applied political science, political theory, political institutions, party, conceptual and descriptive, integration function, verification, explicitness, modeling, quantification. Kirish. Siyosat – bu jamiyatni boshqarish, davlatning faoliyatini tashkil etish va ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish jarayonlari bilan bog'liq bo'lgan fan va amaliyotdir. Aflotun “Siyosat san’atining mohiyati - davlatning umumiy hayotini oqilona tashkil etish va olib borish qobiliyatida, siyosiy “matoni” to‘qish qobiliyatida namoyon bo‘ladi” deb aytgan. Siyosatshunoslik – bu siyosat va siyosiy jarayonlarni o'rganadigan fan. U siyosatning turli jihatlarini, jumladan, davlat tuzilishi, siyosiy ideologiyalar, hukumat tizimlari, xalqaro munosabatlar va siyosiy madaniyatni tadqiq etadi. Amaliy siyosatshunoslik — siyosatshunoslikning bir yoʻnalishi boʻlib, nazariy bilimlarni real hayotda qoʻllashga qaratilgan. 5 65 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Bu fan siyosiy jarayonlarni boshqarish, siyosiy institutlar faoliyatini samarali tashkil etish, va siyosiy qarorlarni qabul qilish jarayonlarini tahlil qilish uchun muhim ahamiyatga ega. Amaliy siyosatshunoslik faniga urg’u berishdan oldin, siyosatshunoslik faniga to’xtalib o’tadigan bo’lsak, siyosatshunoslik siyosat haqidagi fandir. Siyosat dastlab boshqa fanlar tarkibida o’rganila boshlangan va uning boshqa ijtimoiy fanlardan mustaqil fan sifatida ajralib chiqish jarayoni XIX asr o’rtalaridan XX asr bosshigacha davom etdi. Uning taraqqiy etishi esa ikkinchi jahon urushidan keyingi davrga borib taqaladi. AQSh va G’arbiy Yevropa mamlakatlarida XX asr o’rtalariga kelib, ta’lim tizimida siyosatshunoslik fani keng qamrovli o’rin egallay boshladi. Yigirmanchi asrning o'rtalariga kelib. siyosatshunoslikning tadqiqot predmetini ifodalovchi soha noaniq talqin qilingan. 1948-yilda Birlashgan Millatlar Tashkilotining ta’lim, fan va madaniyat bo’yicha tashkiloti- YUNESKO tashabbusi bilan siyosatshunslarning xalqaro konferensiyasi o’tkazildi. Konferenisyada ekspertlari guruhi maxsus rezolyutsiya qabul qildi. Unda to‘rtta asosiy muammo bo‘yicha siyosatshunoslik o‘rganadigan masalalar ro‘yxati berilgan: 1) siyosiy nazariya va siyosiy g‘oyalar tarixi; 2) siyosiy institutlar; 3) partiyalar, guruhlar, jamoatchilik fikri, saylovlar, axborot va tashviqot; 4) xalqaro munosabatlar va tashqi siyosat. [1] Shu bilan birga, siyosatshunoslik siyosiy voqelikni o'zgartirish, siyosiy jarayonlarga maqsadli ta'sir ko'rsatish yo'llari va vositalarini tahlil qilish bilan bog'liq muammolarni o'rganadi. Mavzuga oid adabiyotlar tahlili. Siyosatshunoslik siyosat haqidagi fandir. Uning vazifasi siyosatni ham mohiyati, ham namoyon bo'lishi bilan o'rganishdir. Shunday qilib, u tabiiy ravishda nazariy va amaliy (amaliy)ga bo'linadi. [2] Siyosatshunoslik o‘zining vosita va usullari bilan siyosat sirlariga kirib borish, siyosiy yetakchilar, elita, partiyalar faoliyatining, ommaning siyosiy xulq-atvorining asl mohiyatini ochib berishga imkon beradi. Nazariy va amaliy siyosatshunoslik tushunchalarining ilmiy muomalaga kiritilishi bir qator holatlar bilan bog’liq. Avvalo, tadqiqotlarda ikki yo’nalish mavjud: birinchisi, siyosatning nazariy masalalari bilan shug’ullanadigan siyosatshunoslar, ikkinchisi - aniq siyosiy voqea va vaziyatlarni tahlil qiladigan hamda siyosiy qarorlar qabul qilish uchun tavsiyalar beradigan siyosatshunoslar. Ikkinchi yo’nalish vakillari o’zlarini haqiqiy siyosatshunoslar deb hisoblaydilar. Shu o’rinda, siyosatshunoslikni ikkita mustaqil fanga bo’lish tendensiyasini ko’rish mumkin. Siyosiy nazariya har qanday ijtimoiy-siyosiy hodisani shunchaki tushunib olish uchun emas, balki uni ma‘lum sharoitlarda o’zgartirish yoki nazorat ostiga qo’yadigan tarzda tushunish uchun yaratilganligi bilan amaliydir. Nazariya ilmiyligi tamoyillaridan eng muhimi- verifikatsiya (tajriba bilan tekshirish) va ekspelisitlikdir. Keyingisi qo’llanilayotgan kategoriya va konsepsiyalarning aniqligi, ularning operatsionallashuvi, ya’ni empirik faktlarga tayanuvchi verifikatsiyalashuvchi qaydlardan iboratligini anglatadi. [3] Siyosiy hayotni oʻrganuvchi siyosatshunoslik siyosiy faoliyat toʻgʻrisidagi bilimlarni shakllantirish, siyosiy taraqqiyot jarayonlarini tavsiflash, tushuntirish va tushunish, siyosatshunoslikning kontseptual apparatini, siyosatshunoslik tadqiqotining metodologiyasi va usullarini ishlab chiqish bilan bogʻliq ilmiy muammolarni hal qiladi. Shuning uchun ham nazari
Доказательный фрагмент
«In this article, the science of politics is applied political science within the framework of political science, that is, the essence of the science dealing with practical issues of politics and its importance as a pr…»
Образец извлечения
Демо-превьюIn this article, the science of politics is applied political science within the framework of political science, that is, the essence of the science dealing with practical issues of politics and its importance as a pr… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- political science, applied political science, political theory, political, amaliy siyosatshunoslik, verifikatsiya, integratsiya funksiyasi, partiya, eksplisitlik, modellashtirish, konseptual va tavsiflovchi funksiyasi, siyosiy institutlar, siyosiy nazariya, kvantifikatsiya.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025