К содержанию
РецензированоUZ2025

OʻZBEK VA QORAQALPOQ TILLARI TARIXIDA BOGʻLOVCHILAR

Aytbayeva Roza Karimovna

Современная наука и исследования · 2025

Аннотация

Ushbu maqolada oʻzbek va qoraqalpoq tillarida bogʻlovchilarning kelib chiqish tarixiga doir ma’lumotlar borasida soʻz yuritiladi. Kalit soʻzlar: mustaqil soʻz turkumlari, sodda bogʻlovchilar, tarkibli bogʻlovchilar, qoʻshma bogʻlovchilar, teng bogʻlovchilar, ergashtiruvchi bogʻlovchilar. Bogʻlovchilar boshqa yordamga soʻz turkumlari kabi tarixan turli mustaqil soʻz turkumlari asosida rivojlangan. Masalan: нэ…нэ, ким, нэчук kabi bog’lovchilar нима, ким, нэчук kabi soʻroq olmoshlari asosida shakllangan; тақы||дағы, йана kabi bogʻlovchilar ravish turkumiga oid boʻlib, mana shu soʻzlarning funktsiyadoshligi asosida rivojlangan, шуның учун (ким), аның учун (ким) kabi bogʻlovchilar esa koʻrsatish olmoshlariga учун koʻmakchisi qoʻshilishi asosida hosil boʻlgan, lekin bunday bogʻlovchilar turkiy tillarda juda kam sonni tashkil etadi.1 Biz til tarixida bogʻlovchilar turlicha qoʻllanilgan, ularning qanday shaklda qoʻllanganligini aniqroq koʻrsatishimiz uchun ilmiy ishimizda manbalarda qanday yozilgan boʻlsa shunday misollar bilan berib boramiz (misollar qadimgi turkiy til, eski turkiy til, krill yozuvida ham berilishi mumkin). Bu bogʻlovchilar tarkibiga koʻra quyidagicha boʻlgan: 1) sodda bogʻlovchilar: ҳам, йана, тақы, ва, амма; 2) tarkibli bogʻlovchilar: аның учун (ким), ол сабаб билан (ким); 3) qoʻshma bogʻlovchilar: валэкин, валэк, нэчук ким, Bu bogʻlovchilar ma’no ifodalashiga koʻra ikki quruhga boʻlingan: Teng bogʻlovchilar Ergashtiruvchi bogʻlovchilar a) biriktiruvchi bogʻlovchilar: ва, -у (-йу, -ву), ҳам (ҳам…ҳам), тақы || дағы, йама, ма; b) ayiruvchi bogʻlovchilar: йа, (йа.., йа…), йāки, йāхуд (йāхуд.., йāхуд…), хāҳ.., хāҳ… (хāҳи.., хāҳи…), азу, гāҳ (гāҳ.., гāҳ…;гаҳ..,гāҳи..; гāҳи..,гāҳ..; гāҳи..,гāҳи…); с) zidlovchi bogʻlovchilar: аммā, лэкин, лэк, валэкин, валэк, валэ; d) inkor bogʻlovchilar: нэ.., нэ…; чи…, чи…103. Koʻrsatilgan teng bogʻlovchilarning koʻpchiligi eron tillaridan yoki arab tilidan oʻzlashtirilgan boʻlib, asli turkiy teng bogʻlovchilar juda kam sonni tashkil etadi. Bular asosan quyidagilar: тақы||дағы, нэ.., нэ.., йама, ма, азу. Bulardan keyingi uchtasi oʻzbek tilida XV asrgacha iste’molda boʻlgan, нэ… нэ…инкор bogʻlovchisining qoʻllanilishi esa asosan XV asrdan boshlab kuzatiladi. Oʻzlashtirilgan bogʻlovchilarning bir guruhi XI asrga oid yodgorliklarda ham uchraydi. Lekin ular XIII - XIV asrlardan faol qoʻllanila boshlagan. Biriktiruvchi bogʻlovchilar 1 Abdurahmonov G’., Shukurov Sh “O’zbek tilining tarixiy grammatikasi” Morfologiya va sintaksis., Toshkent., “O’qituvchi”., 1973., 216-218 betlar 217 Sentabr, 2025-Yil Ва, -у (-йу, -ву) bogʻlovchilari eski oʻzbek tilida keng iste’molda boʻlgan. Bu bogʻlovchilarning har ikkalasi ham arab yozuvida bir xil belgi bilan, ya’ni ﻮ (вав) orqali ifodalanadi. Lekin kelib chiqishi, qisman qoʻllanishi va funktsiyasi boʻyicha ham bular bir-biridan farq qiladi. 1. -у (йу, -ву) bogʻlovchisi eron tillariga mansub boʻlib, eski oʻzbek tilida quyidagi oʻrinlarda qoʻllangan: a) gapning uyushiq boʻlaklarini bir-biriga bogʻlab keladi. Masalan: Пари-йу āдами мундақ хаб эрмəс (Лутфий). Рақиб-у зā-ҳид āҳымдын күйəрлəр (Oтoий). b) juft soʻz tarkibidagi soʻzlarni bir-biriga biriktirib keladi. Masalan: Жаҳāнда топмағай ҳаргэз киши нāм-у нишāнын (Саккокий ). Барча эл ара тавзу иззаты бар (Навоий). s) ba’zan qoʻshma gap tarkibidagi sodda gaplarni ham bogʻlab keladi. Lekin bunda у zidlovchi bogʻlovchi funtsiyasini bajaradi. Masalan: Фалакка йэтти-йу ул ай эшитмас (Otoyi). Ғунчалар очылды-йу коңлум очилмайдур ҳануз (Munis). d) ba’zan birin-ketin boʻladigan ish-harakatni bogʻlab keladi. Masalan: Нāгиҳāн кэлди-йу гардыны фалактāз этти дост (Munis). 2. Ва bogʻlovchisi arab tiliga mansub boʻlib, eski oʻzbek tilida asosan quyidagi oʻrinlarda qoʻllangan:104. a) qoʻshma gap tarkibidagi sodda gaplarni bir-biriga bogʻlash uchun xizmat qiladi. Masalan: …бир хожандлик киши йолуқуб, мусāҳаба əйлəди ва суҳбат қылдым (Furqat). b) uyushgan boʻlaklarning bir gruppasini ikkinchi gruppasi bilan bogʻlash vazifasini bajaradi. Masalan: Бар-у йоқ ва йоғ-у бар аның эҳсāныдын умидвāр (Navoiy). c) uyushiq boʻlaklarni bogʻlaydi: Созлəгучигə ва козлəгучигə āсāйиш йəткургəй (Navoiy). Ҳам bogʻlovchisi uyushgan boʻlaklar yoki qoʻshma gap tarkibidagi sodda gaplar oldidan takrorlanib keladi. Bunda u bogʻlovchi vazifasini bajarishi bilan birga, ma’noni kuchaytirish uchun ham xizmat qiladi. Masalan: Мавлāнā Али Шиҳāб… ҳам равāн пухта айтур экəндур. (Navoiy). Ham koʻpincha biror predmetni, voqea-hodisani yoki ish-harakatni ajratib, ta’kidlab koʻrsatish, ma’noni kuchaytirish uchun xizmat qiladi. Masalan: Ҳусн малāҳатын идрāк қылғучи ҳам көңул ва ишқ оти йалыныға йақылғучы ҳам көңул (Navoiy).2 Тақы || дағы bogʻlovchisi qadimgi yodgorliklar tili uchun xarakterli boʻlib, eski oʻzbek tilida ham ancha keng qoʻllangan. Bu bogʻlovchi XIV asrga qadar тақы, keyingi davrlarda koʻpincha дағы, ba’zan тақы formasida uchraydi. Bu bogʻlovchi ham uyushiq boʻlaklarni va qoʻshma gap tarkibidagi sodda gaplarni bogʻlaydi. Masalan

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada oʻzbek va qoraqalpoq tillarida bogʻlovchilarning kelib chiqish tarixiga doir ma’lumotlar borasida soʻz yuritiladi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada oʻzbek va qoraqalpoq tillarida bogʻlovchilarning kelib chiqish tarixiga doir ma’lumotlar borasida soʻz yuritiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
tarkibli bogʻlovchilar, mustaqil soʻz turkumlari, teng bogʻlovchilar, ergashtiruvchi bogʻlovchilar., qoʻshma bogʻlovchilar, sodda bogʻlovchilar
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники

CiteX AI
Онлайн

Привет! Я ассистент CiteX. Помогу найти статьи, журналы или авторов — каждый ответ со ссылками на источники.

Войдите, чтобы задать вопрос ассистенту и сохранять историю.

Войти