К содержанию
РецензированоUZ2025

MILLIY AN’ANALARNING TARIXIY ONG VA VATANPARVARLIK RUHINI SHAKLLANTIRISHDAGI O‘RNI

SHAKLLANTIRISHDAGI O‘RNI · Axmedova Dilfuza Usmonovna

Современная наука и исследования · 2025

Аннотация

Ushbu tezisda milliy an’analarning o‘quvchilar tarixiy ongini shakllantirish va ularda vatanparvarlik ruhini kuchaytirishdagi pedagogik imkoniyatlari tahlil etiladi. Xalqimizning urf-odatlari, marosimlari va qadriyatlari yoshlar tarbiyasida tarixiy xotira, milliy g‘urur va fidoyilik tuyg‘ularini shakllantirishda qanday ahamiyat kasb etishi yoritilgan. Kalit so‘zlar: milliy an’ana, tarixiy ong, vatanparvarlik, milliy qadriyat, o‘quvchilar dunyoqarashi, ma’naviyat, tarixiy xotira. Bugungi globallashuv va axborot oqimi tezlashgan davrda yosh avlodni tarbiyalash jarayonida milliy o‘zlikni anglash, tarixiy ongni shakllantirish va vatanparvarlik ruhini mustahkamlash masalalari dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Tarixiy ong – bu nafaqat o‘tmishni bilish, balki undan xulosa chiqarib, kelajakni bunyod etishda foydalanish qobiliyatidir. Vatanparvarlik esa shaxsning o‘z yurtiga sadoqati, uni asrab-avaylash va taraqqiy ettirishga intilishidir. Ushbu ikki tushuncha bir-biri bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, ularning shakllanishida milliy an’analar beqiyos rol o‘ynaydi. Milliy an’analar xalqimizning asrlar davomida shakllangan ijtimoiy-madaniy hayoti, turmush tarzi, ma’naviy dunyoqarashi va qadriyatlarini o‘zida mujassam etadi. Ular orqali yoshlar ajdodlarning hayoti, faoliyati va merosi bilan tanishibgina qolmay, balki o‘z tarixiy ildizlarini chuqurroq anglaydilar. Shu jihatdan milliy an’analar tarixiy ongni mustahkamlash va vatanparvarlik ruhini tarbiyalashning asosiy manbai hisoblanadi. Milliy an’analar va qadriyatlarning yosh avlod tarbiyasidagi o‘rni ko‘plab olimlar tomonidan ilmiy jihatdan o‘rganilgan. Jumladan, I.A. Karimovning “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asarida milliy qadriyatlarning inson ma’naviyatini boyitishdagi beqiyos o‘rni alohida ta’kidlanadi. Muallif milliy an’analarni jamiyatning ma’naviy tayanchi, yoshlar ongida tarixiy xotirani shakllantiruvchi eng kuchli manba sifatida talqin etadi. R. Xo‘jayevning “Pedagogika nazariyasi va tarixi” kitobida esa milliy qadriyatlarning ta’lim-tarbiya jarayonidagi pedagogik asoslari chuqur tahlil qilingan. Unda tarixiy ongni shakllantirishda milliy an’analarning bevosita ta’siri borligi, ular yoshlarning dunyoqarashini kengaytirishda muhim omil ekani ko‘rsatib o‘tiladi. M. To‘xtaxodjayeva o‘zining “Tarix ta’limida innovatsion metodlar” nomli ilmiy ishida tarixiy darslarda milliy materiallardan foydalanishning samaradorligini yoritadi. Xususan, o‘quv jarayonida xalq urf-odatlari, marosimlari va qadriyatlarini qo‘llash o‘quvchilarning faolligini oshirishi, mavzuga qiziqishini kuchaytirishi hamda vatanparvarlik ruhini tarbiyalashga yordam berishi qayd etilgan. U. Saidovning “Milliy qadriyatlar va yoshlar tarbiyasi” asarida milliy qadriyatlarning yoshlar tarbiyasidagi o‘rni keng yoritilib, ular tarixiy ong va milliy o‘zlikni shakllantirishda asosiy manba ekanligi ta’kidlangan. Muallif, ayniqsa, vatanparvarlik ruhini mustahkamlashda milliy an’analar, urf-odatlar va marosimlarning tarbiyaviy ahamiyatini ochib bergan. 209 Sentabr, 2025-Yil Shuningdek, A. Hasanovning “Tarixiy xotira va milliy o‘zlikni anglash” asari ham muhim manba hisoblanadi. Unda milliy an’analar xalqning tarixiy xotirasini avloddan-avlodga yetkazishda, yoshlarning milliy o‘zligini anglashida asosiy pedagogik vosita sifatida ko‘rsatiladi. Mahalliy va xorijiy manbalarda (masalan, UNESCOning “Intangible Cultural Heritage and Education” nomli nashrida) milliy madaniy merosni ta’limga integratsiya qilish orqali yoshlar ongida tarixiy xotira va vatanparvarlik tuyg‘ularini rivojlantirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ham berilgan. O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, milliy qadriyatlarimizni tiklash va ularni ta’lim- tarbiya jarayoniga singdirish bo‘yicha keng imkoniyatlar yaratildi. Endilikda tarix fanini o‘qitishda xalq urf-odatlari, marosimlari va udumlaridan foydalanish o‘quvchilarda tarixiy voqealarni chuqurroq idrok etish, ularni hozirgi hayot bilan bog‘lash imkonini bermoqda. Misol uchun, Xotira va qadrlash kuni o‘quvchilarda ajdodlarga hurmat, milliy birlik va saboq olish ko‘nikmalarini shakllantirsa, Navro‘z bayrami tabiat va inson uyg‘unligi, yangilanish va bunyodkorlik g‘oyalarini yoshlar qalbiga singdiradi. Demak, milliy an’analar ta’lim jarayonida nafaqat tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi, balki yoshlarning dunyoqarashini kengaytiradi, ularni ma’naviy jihatdan boyitadi va kelajakka ishonch bilan qadam qo‘yishga undaydi. Shu bois, milliy an’analarni o‘quvchilarda tarixiy ong va vatanparvarlik ruhini shakllantirishning muhim pedagogik omili sifatida o‘rganish ilmiy jihatdan ham, amaliy jihatdan ham katta ahamiyatga ega. Milliy an’analar xalqning tarixiy xotirasini asrab-avaylashda, ajdodlar merosini kelajak avlodga yetkazishda eng muhim vosita hisoblanadi. Ular o‘quvchilar uchun tarixiy voqealarni faqat darsliklarda yozilgan faktlar sifatida emas, balki hayotiy hodisalar, xalqning turmush tarzi va ma’naviy qadriyatlari bilan bevosita bog‘liq jarayonlar sifatida idrok etishga yordam beradi. Shu ma’noda m

Доказательный фрагмент

«Ushbu tezisda milliy an’analarning o‘quvchilar tarixiy ongini shakllantirish va ularda vatanparvarlik ruhini kuchaytirishdagi pedagogik imkoniyatlari tahlil etiladi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu tezisda milliy an’analarning o‘quvchilar tarixiy ongini shakllantirish va ularda vatanparvarlik ruhini kuchaytirishdagi pedagogik imkoniyatlari tahlil etiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
o‘quvchilar dunyoqarashi, milliy an’ana, tarixiy xotira., tarixiy ong, ma’naviyat, milliy qadriyat, vatanparvarlik
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники