Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
MILLIY AN’ANALAR ORQALI TARIXIY TAFAKKURNI SHAKLLANTIRISHNING NAZARIY ASOSLARI
NEW RENAISSANCE · NAZARIY ASOSLARI · Axmedova Diolfuza Usmonovna
Современная наука и исследования · 2 · 2025
Аннотация
Mazkur tezisda milliy an’analar va qadriyatlarning ta’lim jarayonidagi ahamiyati hamda ular orqali o‘quvchilar tarixiy tafakkurini shakllantirishning nazariy- metodologik asoslari tahlil qilinadi. Tarixiy tafakkur tushunchasining mazmuni, milliy an’analarning ilmiy-nazariy manbalari hamda ularning ta’limiy samaradorligi ilmiy asosda yoritiladi. Kalit so‘zlar: milliy an’ana, tarixiy tafakkur, tarixiy ong, pedagogik asos, milliy qadriyat, o‘quvchi dunyoqarashi, vatanparvarlik. Tarixiy tafakkur insonning o‘tmish voqealarini anglash, ularning sabab-oqibat aloqalarini tushunish, tarixiy saboqlardan hozirgi kun uchun xulosa chiqarish qobiliyatini ifodalaydi. Shunday ekan, o‘quvchilarni ongli, tafakkuri keng va kelajakka mas’uliyat bilan yondashadigan shaxs sifatida shakllantirishda tarixiy tafakkurni rivojlantirish beqiyos ahamiyat kasb etadi. Bu jarayonda milliy an’analar alohida o‘rin tutadi. Chunki an’analar xalqning tarixiy xotirasini, ma’naviy dunyoqarashini va asrlar davomida shakllangan hayotiy tajribasini o‘zida mujassam etadi. Ota-bobolarimizdan meros bo‘lib kelayotgan urf-odatlar, marosimlar, udumlar va qadriyatlar nafaqat madaniy meros, balki yoshlar tarbiyasida tarixiy ongni shakllantiruvchi manba sifatida xizmat qiladi. Masalan, Navro‘z bayrami qadimiy dehqonchilik madaniyati, tabiat va inson uyg‘unligi haqidagi qarashlarni o‘zida mujassam etsa, Xotira va qadrlash kuni ajdodlarning mardligi va fidoyiligi orqali yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalaydi. Milliy an’analardan ta’lim jarayonida foydalanish nafaqat o‘quvchilar bilimini boyitadi, balki ularni ma’naviy jihatdan yetuk, milliy qadriyatlarga sodiq, tarixiy xotirani qadrlaydigan shaxs sifatida shakllantiradi. Shu bois, tarixiy tafakkurni rivojlantirishda milliy an’analarni o‘quv jarayoniga izchil singdirishning nazariy asoslarini o‘rganish pedagogika fanining eng muhim masalalaridan biri sifatida dolzarb ahamiyat kasb etadi. Milliy an’analar va tarixiy tafakkurni shakllantirish masalasi ko‘plab ilmiy izlanishlarda o‘z aksini topgan. Jumladan, O‘zbekiston olimlari bilan bir qatorda xalqaro tadqiqotchilar ham milliy merosning ta’limdagi ahamiyatini chuqur o‘rganganlar. Pedagog olimlar Z. Qodirova va M. Jo‘rayevlarning “Ta’lim jarayonida milliy qadriyatlardan foydalanish metodikasi” nomli tadqiqotida milliy an’analar o‘quvchilarda nafaqat tarixiy xotirani, balki tafakkurni ham rivojlantiruvchi omil sifatida talqin etiladi. Mualliflar milliy marosimlarni darslarga integratsiya qilish o‘quvchilarning mavzuga qiziqishini oshirishi, mustaqil tahliliy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishini ta’kidlaydilar. Shuningdek, rus olimi A. Shatskiy o‘z asarlarida xalq pedagogikasining imkoniyatlarini ochib berib, milliy urf-odatlar va qadriyatlarni yosh avlod tarbiyasida bevosita qo‘llash nazariy asoslarini ishlab chiqqan. Bu qarashlar milliy an’analarni nafaqat tarbiyaviy, balki kognitiv jihatdan ham muhim vosita sifatida baholash imkonini beradi. Yevropa tadqiqotchilaridan J. Banksning “Multicultural Education” asarida madaniyatlararo ta’lim konsepsiyasi keng yoritilib, milliy an’analar va qadriyatlarning tarixiy 154 NEW RENAISSANCE 2025 SENTABR INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 9 tafakkurni rivojlantirishdagi o‘rni ko‘rsatib beriladi. Unga ko‘ra, o‘quvchilarning tarixni o‘z xalqining urf-odatlari bilan uyg‘unlashtirib o‘rganishi ularni madaniy xilma-xillikka hurmat ruhida tarbiyalaydi. Mahalliy olima N. Abdullayeva “Milliy urf-odatlarning yoshlar dunyoqarashiga ta’siri” mavzusidagi ilmiy izlanishida milliy qadriyatlarning shaxsning tarixiy tafakkurini shakllantirishdagi o‘rnini psixologik-pedagogik jihatdan tahlil qiladi. Uning fikricha, o‘quvchilar milliy marosimlar orqali tarixiy voqealarni yanada chuqurroq his etadilar, bu esa ularning tafakkurida vaqt va makon tushunchalarining shakllanishiga yordam beradi. Shuningdek, UNESCO tomonidan chop etilgan “Culture in the 21st Century Education” nomli xalqaro hisobotda milliy merosni saqlash va uni ta’lim jarayoniga tatbiq etish global tendensiya sifatida baholanadi. Hisobotda milliy an’analar o‘quvchilarda tarixiy tafakkur, milliy xotira va ijtimoiy birdamlikni mustahkamlashning nazariy asoslari sifatida ta’riflangan. Milliy an’analar o‘quvchilarda tarixiy tafakkurni shakllantirishning nazariy asoslaridan biri sifatida qaraladi. Chunki ular xalqning asrlar davomida to‘plagan ijtimoiy-madaniy merosini, turmush tarzini, urf-odatlari va marosimlarini o‘zida mujassam etib, yoshlar ongida tarixiy jarayonlarni jonli tasavvur qilish imkonini beradi. Nazariy jihatdan qaralganda, tarixiy tafakkur insonning o‘tmish voqealarini xolis anglash, sabab-oqibat aloqalarini tushunish va kelajak hayotga tatbiq etish qobiliyatidir. Milliy an’analar esa shu tafakkurni rivojlantirishning bevosita manbasi hisoblanadi. Pedagogika fanida tarixiy tafakkurni shakllantirishda milliy an’analardan foydalanishning bir necha nazariy asoslari mavjud. Birinchidan, madaniyatshunoslik yondashuvi – milliy an’a
Доказательный фрагмент
«Mazkur tezisda milliy an’analar va qadriyatlarning ta’lim jarayonidagi ahamiyati hamda ular orqali o‘quvchilar tarixiy tafakkurini shakllantirishning nazariy- metodologik asoslari tahlil qilinadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur tezisda milliy an’analar va qadriyatlarning ta’lim jarayonidagi ahamiyati hamda ular orqali o‘quvchilar tarixiy tafakkurini shakllantirishning nazariy- metodologik asoslari tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- milliy an’ana, tarixiy ong, o‘quvchi dunyoqarashi, tarixiy tafakkur, milliy qadriyat, vatanparvarlik., pedagogik asos
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026