Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
KONTENT TAHLIL USULINING MAZMUNI VA QO’LLASH TEXNOLOGIYALARI
Abdumalikova Sevara · Mirzo Ulug'bek nomidagi O’zbekiston
Современная наука и исследования · 4 · 2025
Аннотация
This article talks about the content, history, and application of content analysis, one of the political analysis methods used in applied political science. Key words: content analysis, political analysis, Constitution of the Republic of Uzbekistan, practical research, theoretical position, sociologists questionnaire research. Siyosat bo'yicha matnli ma'lumotlarni tahlil qilishning zamonaviy, amaliy usullari kashf etilishi barcha uchun birdek qulayliklar tug’diradi. Shu munosabat bilan, nisbatan sodda, ammo yuqori aniqlikdagi texnika sifatida kontent tahlil tushunchasi dolzarblik kasb eta boshladi. Siyosiy tahlil usullaridan biri bo’lgan kontent tahlil amaliy rivojlanishning turli davrlarida ishlab chiqilgan va sinovdan o'tgan, unga bo'lgan ilmiy qiziqishning yuksalishi va pasayishini bir necha bor boshdan kechirgan, muayyan loyihalarda o'zgartirilgan, ammo siyosiy vaziyat va jarayonlar sohasida amaliy tahlilning asosiy vositalaridan biri hisoblanadi. Kontent tahlil tushunchasiga to’xtalishdan avval kontent va tahlil tushunchalari ma’nolarini tushunib olish lozim. Kontent — oʻz-oʻzini ifoda etish, tarqatish, marketing yoki nashr etish uchun „nutq, yozuv yoki turli xil sanʼat turlari kabi biron bir vosita orqali ifodalanishi kerak boʻlgan axborot vositasi. Siyosiy tahlil - bu muayyan siyosiy voqealar va siyosiy vaziyatni o'rganish, uning mumkin bo'lgan rivojlanishi to'g'risida taxminlarni yaratish va malakali siyosiy qarorlar qabul qilish uchun ishlatilishi mumkin bo'lgan turli usullar majmuidir.1 Tahlil esa, biror narsa, maʼlumot va shu kabilarni maʼlum nuqtai nazardan oʻrganish, baholashdir. Ushbu texnikaning mohiyati matn mazmunining ma'lum birliklarini aniqlash, olingan ma'lumotlarning miqdorini aniqlash va siyosiy ishtirokchilarning harakatlarini baholash va bashorat qilish uchun 1 Зеленков, М. Ю. Политология (базовый курс) / М. Ю. Зелен-ков. – М. : Юридический институт МИИТа, 2010. – Стр. 256-257. 5 34 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ natijalarni talqin qilishdir. Texnika XX asrning 30-yillari oxirida ilmiy muomalaga kiritilgan. AQShda uzoq vaqtdan beri asosan reklama va targ'ibot ommaviy axborot vositalari nashrlarining mazmunini o'rganishda qo'llanilgan. Siyosiy tadqiqotlar sohasida birinchi marta kontent- tahlildan amerikalik olim G.Lassvell va uning hamkasblari ikkinchi jahon urushi davrida tashviqot materiallarini o‘rganishda foydalangan. 2 Ingliz tilida bu atama 1961 yilgi Oksford lug’ati nashriga kiritilib, u shunday ta'riflangan : "muloqot qilingan materialning aniq va yashirin mazmunini tahlil qilish, uning kalit ramzlari va mavzularini tasniflash, jadvallar tuzish va baholash orqali uning ma'nosi va ehtimoliy ta'sirini aniqlash”3 Dastlab, kontent tahlil tushunchasi ilmiy jihatdan atama sifatida kiritilmagan bo’lsada, XVII asrda cherkov bu metoddan foydalanganligi to’grisida ma’lumotlar keltirib o’tilgan. Inkvizitorlar bosma diniy bo’lmagan nashrlar chiqishidan xavotirga tusha boshladi va shuning uchun gazetalar mazmuni bilan axloqiy nuqtayi nazardan ishladi. Ehtimol, bosma mahsulotlarning birinchi yaxshi hujjatlashtirilgan miqdoriy tahlillari 18-asrda Shvetsiyada sodir bo'lgan. Dovring (1954-1955) ma'lumotlariga ko'ra, bu tahlillar muallifligi noma'lum bo'lgan 90 ta madhiyadan iborat "Sion qo'shiqlari" to'plamining nashr etilishi natijasida amalga oshirilgan. To'plam Shvetsiya qirollik senzurasidan o'tgan edi, ammo nashr etilganidan ko'p o'tmay, u Shvetsiya davlat cherkovining pravoslav ruhoniylariga putur etkazishda ayblandi. To'plam mashhur bo'lgach, uni "yuqumli" deb aytishdi va uni muxolif guruhga yordam berishda ayblashdi. Bunda obro‘-e’tiborli adabiyotshunos olimlarning qo‘shiqlarda xavfli g‘oyalar bor- yo‘qmi, agar shunday bo‘lsa, ularni qanday qilib o‘z ichiga olganligi haqidagi munozaralar yuz berganligi diqqatga sazovordir. 1910-yilda Germaniya sotsiologik jamiyatining birinchi yig'ilishida Maks Veber matbuotning keng miqyosli mazmunini tahlil qilishni taklif qildi, ammo turli sabablarga ko'ra tadqiqot boshlanmadi. 1930-yillarda sotsiologlar anketaviy tadqiqotlar va ovoz berishdan keng foydalana boshladilar. Jamoatchilik fikrini tahlil qilish bo‘yicha ularning to‘plagan tajribasi bilan kontent tahlilining uslubiy muammolarini Vudvord tomonidan 1934 yilda "Gazetalarni miqdoriy tahlil qilish jamoatchilik fikrini o’rganish texnikasi sifatida” nomli nashrda birinchi jiddiy ko'rib chiqildi. Shuningdek, bu yo’sindagi tahlillarga bo’lgan qiziqish ortib bordi va Simpson 1934- yilda Filadelfiya matbuotida negrlar qanday tasvirlanganini, Uolvort tomonidan 1938-yilda Qo'shma Shtatlar ishtirok etgan urushlar AQSh va AQShning sobiq dushmanlari bo'lgan mamlakatlar darsliklarida qanday tasvirlanganligi, 1936-yilda Martin tomonidan esa, AQSh, Buyuk Britaniya va boshqa Yevropa mamlakatlari bolalar kitoblarida millatchilik qanday tasvirlanganligi to’g’risidagi mavzular tahlil qilindi. Ayniqsa, Ikkinchi
Доказательный фрагмент
«This article talks about the content, history, and application of content analysis, one of the political analysis methods used in applied political science.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article talks about the content, history, and application of content analysis, one of the political analysis methods used in applied political science. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- content analysis, political analysis, Constitution of the Republic of, nazariy pozitsiya, sotsiologlar anketaviy tadqiqotlar., kontent tahlil, siyosiy tahlil, O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, amaliy tadqiqot
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014