К содержанию
РецензированоUZ2025

KITOBXONLIK MADANIYATINI OSHIRISHDA KUTUBXONANING O‘RNI

Tairova Feruza Sayfullayevna · Viloyat Bolalar kutubxonasi · Sadulloyeva Moxinur Sadullo qizi

Современная наука и исследования · 2025

Аннотация

Mazkur maqolada kitobxonlik madaniyatini shakllantirish va rivojlantirish jarayonida kutubxonalarning tutgan o‘rni, ularning ta’lim-tarbiya va madaniy-ma’rifiy hayotdagi ahamiyati yoritilgan. Unda zamonaviy kutubxonalar faqatgina kitob saqlanadigan joy emas, balki ijtimoiy-ma’naviy markaz sifatida ham faoliyat yuritayotganligi ta’kidlangan. Bundan tashqari, yosh avlodda o‘qishga bo‘lgan qiziqishni uyg‘otish, mutolaaga intilishni oshirishda kutubxonachilar, o‘qituvchilar va ota-onalarning hamkorligi muhimligi qayd etilgan. Kalit so‘zlar: kitobxonlik madaniyati, kutubxona, ta’lim-tarbiya, mutolaa, ma’naviyat, tafakkur, axborot texnologiyalari. Kirish. Bugungi globallashuv davrida har bir jamiyatning madaniy saviyasi, intellektual salohiyati va ma’naviy yuksalishi ko‘p jihatdan uning kitobxonlik madaniyatiga bog‘liq. Kitob — inson tafakkurining durdonasi, bilim manbai va ruhiy yetuklik mezoni bo‘lib, uni sevish va mutolaa qilish madaniyati jamiyat taraqqiyoti uchun hal qiluvchi omillardan biridir. Shu nuqtai nazardan, kitobxonlik madaniyatini shakllantirish va yuksaltirishda kutubxonalarning tutgan o‘rni beqiyosdir. Shuni aytish joizki, insoniyat tarixida eng ulug‘ ne’matlardan biri bu kitobdir. Kitob — bu tafakkur manbai, ma’naviyat kaliti, ilm-u hunar boyligidir. Kitob orqali inson bilimga chanqoqligini qondiradi, ongini rivojlantiradi va ruhiy ozuqa oladi. Shu sababli, har qanday jamiyatning rivoji va madaniy saviyasi ko‘p jihatdan aholi orasida kitobxonlik darajasi, o‘qishga bo‘lgan qiziqish va ehtiyoj bilan belgilanadi. Aynan shuning uchun ham hozirgi davrda kitobxonlik madaniyatini oshirish dolzarb masalaga aylanmoqda. Kitobxonlik madaniyati — bu faqat o‘qish emas, balki mutolaaga ongli yondashish, o‘qilgan asardan hayotiy saboq chiqarish, badiiy-estetik didni tarbiyalash va fikr yuritish qobiliyatini rivojlantirishdir. Bu madaniyatni shakllantirishda, albatta, maktab, oila, jamoatchilik muhim rol o‘ynaydi. Shuning uchun ham bu yo‘nalishda kutubxonalarning o‘rni va ta’siri nihoyatda katta hisoblanadi. Kutubxona — ma’naviy-ma’rifiy maskan sifatida Kutubxona qadimdan ilm va ma’rifat markazi sifatida faoliyat yuritib kelgan. U nafaqat bilim olish joyi, balki inson qalbini tarbiyalovchi, uni fikrlashga, tahlil qilishga undovchi muqaddas maskandir. Kutubxonalarda turli sohalarga oid adabiyotlar, ilmiy va badiiy kitoblar, 204 Sentabr, 2025-Yil ensiklopediyalar jamlangan bo‘lib, ular har qanday yoshdagi kitobxon uchun bebaho bilim manbaidir. U yerda faqat kitoblar emas, balki hayot tajribasi, tarix, madaniyat va zamonaviy taraqqiyot mujassam. Kutubxona inson tafakkurini charxlaydigan, bilimga boʻlgan ehtiyojini qondiradigan muqaddas maskandir. Shu boisdan ham kutubxonachi kasbi — nafaqat mas'uliyatli, balki jamiyatning ma'naviy va intellektual taraqqiyotiga beqiyos hissa qoʻshuvchi kasblardan biridir. Zamonaviy kutubxonalar esa faqatgina kitob saqlanadigan joy emas, balki interaktiv xizmatlar, elektron resurslar, madaniy-ma’rifiy tadbirlar orqali yoshlarni ilm olishga, kitob o‘qishga, fikrlashga va ijod qilishga undovchi maskanga aylanmoqda. Kutubxona — bu sukunat bag‘rida jo‘shqin tafakkurlar tug‘iladigan, fikrlar pishib, orzular qanot qoqadigan maskandir. U har bir kitobsevar uchun eng yaqin do‘st, eng sabrli ustoz, eng ishonchli hamrohdir. Kitobni sevgan inson — hech qachon ma’naviy qashshoqlikka yo‘liqmaydi. Zero, kitob qalbni tarbiyalaydi, dunyoqarashni kengaytiradi, insonni ezgulikka chorlaydi. Zamon o‘zgarar, texnologiyalar rivojlanar, biroq kutubxonaning qadri, undagi ma’naviy boyliklarning ahamiyati hech qachon eskirmaydi. Har bir yosh avlodni ma’rifatli, bilimli va tafakkurli qilib voyaga yetkazish — eng avvalo kutubxonadan boshlanadi. Shuning uchun kutubxona har doim ham mehr, ham nur, ham ma’rifat maskani bo‘lib qoladi. Kitobxonlik madaniyatini shakllantirish omillari Kitob – inson tafakkurining, bilimining va ma'naviyatining muhim manbaidir. Kitobxonlik madaniyati esa insonning bilimga, ma’naviyatga va rivojlanishga bo‘lgan munosabatini ifodalaydi. Bugungi kunda axborot texnologiyalari tez sur’atlar bilan rivojlanayotgan bir paytda, kitobxonlik madaniyatini saqlab qolish va rivojlantirish dolzarb masalaga aylanmoqda. Kitobxonlik madaniyati nafaqat ko‘p kitob o‘qish, balki uni tushunish, undan to‘g‘ri xulosa chiqarish va hayotda qo‘llay bilishni ham o‘z ichiga oladi. Kitoblar orqali inson o‘z tafakkurini kengaytiradi, dunyoqarashi shakllanadi, tarix, madaniyat, san’at va ilm-fan sohalarida chuqur bilimga ega bo‘ladi. Yoshlarda kitobxonlik madaniyatini shakllantirishda oila, maktab va jamiyat muhim rol o‘ynaydi. Ota-onalar farzandlariga erta yoshdan kitobga mehr uyg‘otishi, o‘qituvchilar esa dars jarayonida o‘quvchilarda mustaqil fikrlash va o‘qishga qiziqishni rivojlantirishi lozim. Davlatimiz tomonidan ham yoshlar orasida kitobxonlikni targ‘ib qilish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. “Jadidlar izidan” hamda “Yosh kitobxon” tanlovlari, kutubxonalar faoliyatining yaxshilanishi, elekt

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada kitobxonlik madaniyatini shakllantirish va rivojlantirish jarayonida kutubxonalarning tutgan o‘rni, ularning ta’lim-tarbiya va madaniy-ma’rifiy hayotdagi ahamiyati yoritilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada kitobxonlik madaniyatini shakllantirish va rivojlantirish jarayonida kutubxonalarning tutgan o‘rni, ularning ta’lim-tarbiya va madaniy-ma’rifiy hayotdagi ahamiyati yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
kutubxona, tafakkur, axborot texnologiyalari., mutolaa, ma’naviyat, kitobxonlik madaniyati, ta’lim-tarbiya
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники