Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
XX ASR O‘ZBEK SHE’RIYATIDA JADIDCHILIK HARAKATI G‘OYALARI BADIIY IFODASI (Usmon Azim ijodi misolida)
Feruza Sultonqulova Bobonazarovna
Современная наука и исследования · 2 · 1995
Аннотация
Ushbu maqolada XX asr o‘zbek she’riyatining yorqin namoyandasi Usmon Azim she’riyatida jadidchilik harakati g‘oyalarining badiiy ifodasi haqida so‘z yuritiladi. Shoirning jadid siymolariga bag‘ishlangan she’rlarida ularning obrazi orqali Erk va Istiqlol g‘oyasi, erkin, hur fikrli shaxsning qarashlari badiiy ifodlanadi. Kalit so‘zlar: jadidchilik, obraz, erk, lirik qahramon. Cho‘lpon, Fitrat, drama. Ma’lumki, jadidlar mustabid tuzumga qarshi “Najot Ilmdadir” (Behbudiy) ma’rifat bilan kurashganlar. Ayniqsa, jadid ijodkorlari faoliyatiga nazar tashlasa, ular xalqni savodli qilish, ong va tafakkurini yangi fikrlar bilan o‘zgartirish, diniy hamda dunyoviy ilmlarni o‘qitish, yangi ilm, yangi avlod yangi ta’limni yo‘lga qo‘yib o‘z maqsadlarini amalga oshirishga intilganlar. Ayniqsa, bu maqsad Abdulhamid Cho‘lpon she’riyatida Erk va Hurlik tarannumi, Behbudiyning maqolalaridagi dav’atkorlik, Fitrat ijodidagi ramziy va majoziy tasvirlash usuli, Abdulla Qodiriy asarlaridagi kuchli zaharhanda “Ezop tili”da namoyon bo‘ldi. Hozirgi davr she’riyatining yetakchi namoyandasi O‘zbekiston xalq shoiri Usmon Azim ijodining ilk yillaridayoq jadidchilik harakati g‘oyalaridan ilhomlanib, ularning davomchilari bo‘lgan, XX asrning 60-70-yillari o‘zbek she’riyatida fikr va ongda o‘zgarish qilishga intilgan Rauf Parfi, Shavkat Rahmon, Azim Suyun, Xurshid Davron kabi shoirlar bilan bir safda ijod qildi. Uning ijodida yaqqol ko‘zga tashlangan jihatlardan biri, XX asr boshlarida millatni ozod ko‘rish istagida nohaq qatag‘on siyosatining qurboni bo‘lgan jadid ijodkorlari timsoliga ko‘p murojaat qiladi. Shoirning “Saylanma”(1995)sida “Abdulla Qodiriy”, “Usmon Nosirning so‘nggi tushi”, “Oybekning so‘nggi she’ri” kabi she’rlari aynan shu mavzuda yaratilgan. Keyinchalik ushbu badiiy g‘oya ifodasi “Fonus”(2010) to‘plamidagi “Fayzulla Xo‘jayev monologi”, “Bazm”, “Cho‘lpon”, “Cho‘lpon.Sevgi”, “Cho‘lpon.Vatanni sevmoq”, “Jimlik”da “XX asr. Qismat. Usmon Nosir” kabi she’rlarida davom ettirildi. Mazkur she’rlardagi umumiy bir jihat fidoiy jadidlar shaxsi, jasorati va kurashi orqali jadidchilik harakatining bosh g‘oyasi bo‘lgan erk va ozodlik g‘oyalari tarannum etiladi. Ular boshiga solgan mustabid tuzumning manfur siyosati “qora kunlari”i “Fayzulla Xo‘jayev monologi”da shunday tasvirlanadi. Bilaman, yurak yo‘li zinama-zina... Ammo qay azobdan ko‘zimda yoshim: Dunyomni vayron etib, o‘rtayotgan nima Erksizlikmi, yo devorga urilgan boshim?1 O‘n yetti yoshida jadidlar harakatiga qo‘shilgan, “Yosh buxoroliklar” partiyasiga asos solgan va amirlikka qarshi kurashgan, keyinchalik birinchi rahbar sifatida tarixda qolgan Fayzulla Xo‘jayevning taqdiri barchamizga ma’lum. Xalq hayotini erkinlik, farovonlik va adolatli bo‘lishini istagan, zamondoshlarini dunyoviy ilmlarni egallashini istab, bir guruh yoshlarni xorijga o‘qishga yuborgan, fidoiy insonning hayoti ham “qatag‘on mashinasida” yakun 1 Усмон Азим. Фонус. – Тошкент: Шарқ, 2010. – Б.74. 408 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 9 topadi. She’rda ayni ushbu misralarda bu fojiali taqdir lirik qahramon tilidan shunday tasvirlanadi: Qo‘rqinchlisi shuki, kechib imondan – Ta’zim qilamiz: “Siz aylantirasiz charxni!..” Qo‘rqinchlisi shuki, ishoning ishonmang. Hammamiz baxtlimiz, hammamiz baxtli. Axir, o‘ttiz yettinchi yil... Bu miyammi o‘qdan to‘zigan? Qurbonlik qo‘yday o‘limga ko‘nayapman2. Usmon Azim bu davr haqiqatlarini chuqur anglagan ijodkor sifatida aynan uning siymosiga murojaat qilishi bejiz emas. Ushbu she’rda haqiqat va yolg‘on, Vatan erksizligi, kishanli mustabid tuzum, insoniy qadriyatlar va botiniy iztirob o‘rtasida qolgan lirik qahramon qalbi ichki to‘qnashuvlarda ochib beriladi. Shaxs erki masalasi, haqiqat, vijdon, adolat kabi umuminsoniy tuyg‘ular ifodasi Fayzulla Xo‘jayev timsolida mahorat bian ko‘rsatiladi. “Monolog lirikaning ustuvor nutq shakli, lirik qahramon kechinmalari asosan, uning monologi orqali ifodalanadi”3. Shoir ijodida ijroviy lirika namunalari yetakchi bo‘lib, ayni ushbu she’r ham ular sirasiga kiradi. She’rda lirik qahramon ruhiyati she’riy monologda yoritilarkan, ijodkor uslubiga xos metaforiklik va ramziy obrazlar undagi badiiy g‘oyani yoritishga xizmat qilgan. Shoirning jadidchilik harakati g‘oyalari bilan ta‘sirlanib, yozgan she’rlarida o‘quvchi o‘tgan asrning mudhish qatag‘on siyosati qurbonlarining fojaiviy taqdiri nafaqat milliy istiqlol harakati ekanini, balki vatanparvarlik, jasorat, shijoat va qo‘rqmaslik kabi fazilatlar insonga g‘oyatda zarur ekanligini anglaydi. Ayniqsa, “Cho‘lpon.Vatanni sevmoq” she’rida lirik qahramon tilidan jadidlar fojeasini tasvirlash bilan birga o‘quvchiga Vatanga muhabbat kabi tuyg‘ular o‘z-o‘zidan shakllanmasligi, balki unda qudratli ildiz, tarix va o‘z davri voqeliklariga befarq qaray olmaslik, uning boshiga kulfat tushganda kurashish “og‘ir” bo‘lsa-da, ammo muqaddas burch ekanligi uqtiriladi: Jonimni olsa-da Zarama-zarra. Sen borsan o‘limdan O‘sdim ming karra. Ko‘kardim o‘limda gulladim oxir, Vatan seni sevmoq O‘limdan
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada XX asr o‘zbek she’riyatining yorqin namoyandasi Usmon Azim she’riyatida jadidchilik harakati g‘oyalarining badiiy ifodasi haqida so‘z yuritiladi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada XX asr o‘zbek she’riyatining yorqin namoyandasi Usmon Azim she’riyatida jadidchilik harakati g‘oyalarining badiiy ifodasi haqida so‘z yuritiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- erk, lirik qahramon. Cho‘lpon, jadidchilik, drama., Fitrat, obraz
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014