Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
MIYA QOBIQ QATLAMLARI VA NEYRONLARNING MORFOLOGIYASI
Zokirova N.B. · Muhammadaliyeva D.I. · To’lqinov H.X · Cho’liyeva D.E
Современная наука и исследования · 2 · 2026
Аннотация
В данной статье рассматриваются слои коры головного мозга и морфологические особенности нейронов. Подробно описаны основные части нейрона — дендриты, аксон и сома, а также их морфологические и функциональные типы. Раскрыта роль глиальных клеток (астроциты, олигодендроциты, микроглия, эпендимоциты) в работе нервной системы. Особое внимание уделено функциональным зонам коры, речевым центрам и их связи с неврологическими заболеваниями (эпилепсия, болезнь Альцгеймера, болезнь Паркинсона, инсульт). В работе подчеркивается необходимость глубокого изучения заболеваний нервной системы и их интеграции с клинической медициной. Ключевые слова: кора головного мозга, морфология нейронов, глиальные клетки, моторные и сенсорные зоны, речевые центры, заболевания нервной системы. Kirish: Miya qobig‘i — markaziy asab tizimining eng murakkab va yuqori darajada ixtisoslashgan qismi bo‘lib, insonning ongli faoliyati, xotira, nutq, tafakkur, sezgi va harakatlarni boshqarishda hal qiluvchi rol o‘ynaydi. 401 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 9 U ko‘p qatlamli neyronlardan tashkil topgan bo‘lib, tuzilishi va funksional zonalarining xilma-xilligi tufayli nerv impulslarini qayta ishlash, integratsiya qilish hamda javob reaksiyalarini shakllantirish jarayonida asosiy markaz hisoblanadi. Shuningdek, miya qobig‘i insonni boshqa biologik turlardan ajratib turuvchi aqliy faoliyatning asosini tashkil qiladi. Neyron va glial hujayralarning asab tizimidagi roli. Miya qobig‘ida asosiy funksional birlik — neyronlar bo‘lib, ular elektr impulslarini qabul qilish, uzatish va qayta ishlash orqali butun organizm faoliyatini boshqaradi. Neyronlarning morfologik xilma-xilligi (piramidal, yulduzsimon, fusiform va boshqalar) miya qobig‘ining turli funksional markazlarini shakllantirishda muhim ahamiyatga ega. Neyronlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlashda glial hujayralar ham beqiyos ahamiyat kasb etadi. Astrotsitlar, oligodendrositlar va mikroglialar neyronlarning oziqlanishi, metabolizmi, himoyasi hamda elektr impulslar samarali o‘tishini ta’minlab, neyronlararo muvozanatni saqlab turadi. Mavzuning dolzarbligi (asab tizimi kasalliklari bilan bog‘lash). Bugungi kunda nevrologik kasalliklar — insult, Altsgeymer kasalligi, epilepsiya, Parkinson sindromi va ko‘plab neyrodegenerativ jarayonlar global miqyosda inson salomatligiga katta xavf tug‘dirmoqda. Ushbu patologiyalar asosan miya qobig‘i va uning hujayralaridagi morfologik va funksional buzilishlar bilan chambarchas bog‘liqdir. Shuning uchun miya qobig‘i qatlamlari va neyronlarning morfologiyasini chuqur o‘rganish nafaqat anatomiya va gistologiya fanlari uchun, balki klinik nevrologiya va neyroxirurgiya sohalarida ham dolzarb ahamiyat kasb etadi. Miya qobiq qatlamlari va ularning morfologik xususiyatlari: Inson miya qobig‘i (cerebral cortex) olti qatlamdan tashkil topgan bo‘lib, ularning har biri o‘ziga xos morfologik va funksional xususiyatlarga ega. Bu qatlamlar bir-biri bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, umumiy neyronal tarmoqlar orqali yuqori nerv faoliyatini ta’minlaydi. Molekulyar qatlam (I qatlam): Bu eng yuzaki qatlam bo‘lib, asosan dendritlar, aksonlarning terminal qismi hamda glial hujayralardan tashkil topgan. Neyron hujayra tanalari bu qatlamda deyarli uchramaydi, biroq sinaptik aloqalar ko‘pligi sababli, nerv impulslarini uzatishda va yuqori darajadagi neyron integratsiyasida muhim ahamiyatga ega. Molekulyar qatlam sezgi va assotsiativ signallarni qayta ishlashda dastlabki bosqich sifatida xizmat qiladi. Tashqi granulalar qatlami (II qatlam): Bu qatlamda kichik piramidal neyronlar va granulalar joylashadi. Ular asosan qo‘shni neyronlar bilan qisqa assotsiativ aloqalarni hosil qiladi. Ushbu qatlam axborotni qo‘shni kortikal zonalarga uzatib, miya qobig‘i ichida mahalliy signallarni tarqatadi. Tashqi piramidal qatlam (III qatlam): III qatlam o‘rta va katta piramidal hujayralardan tashkil topgan bo‘lib, ularning aksonlari uzoq assotsiativ tolalarni hosil qiladi. Bu qatlam miya yarimsharlari o‘rtasidagi aloqalarni ta’minlaydigan asosiy struktura bo‘lib, nerv impulslarini katta masofalarga uzatadi. Shu sababli u assotsiativ va komissural yo‘llar shakllanishida markaziy rol o‘ynaydi. Ichki granulalar qatlami (IV qatlam): Bu qatlamning asosiy vazifasi — afferent signallarni qabul qilishdir. Ayniqsa sezgi (somatosensor) korteksida IV qatlam juda yaxshi rivojlangan. Bu yerda thalamokortikal tolalar tugaydi, ya’ni sezgi organlaridan kelayotgan axborot birinchi navbatda ichki granulalar qatlamida qayta ishlanadi. Ichki piramidal qatlam (V qatlam):V qatlam eng yirik hujayralardan biri — Betz piramidal hujayralari bilan mashhur. Ular o‘z aksonlarini markaziy nerv tizimining chuqurroq bo‘limlariga, ayniqsa orqa miyaga yuboradi. 402 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 9 Shu sababli ushbu qatlam motor funksiyalarini boshqarishda yetakchi hisoblanadi. Harakatlar, reflekslar va ixtiyoriy mushak faoliyati asosan ushbu qatlam orqali amalga oshadi. Polimorf qatlam (VI qatlam):
Доказательный фрагмент
«В данной статье рассматриваются слои коры головного мозга и морфологические особенности нейронов.»
Образец извлечения
Демо-превьюВ данной статье рассматриваются слои коры головного мозга и морфологические особенности нейронов. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- cerebral cortex, neuronal morphology, glial cells, motor and sensory zones, miya qobig‘i, neyron morfologiyasi, asab tizimi kasalliklari., nutq markazlari, glial hujayralar, motor va sensor zonalar
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
МонографииK.J.Murodov2026