Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI TERGOV ORGANLARI VA ROSSIYA FEDERATSIYASI TERGOV ORGANLARINING XUSUSIYATLARI VA O‘ZIGA XOS JIHATLARINING KONSTITUTSION ASOSLAR
JIHATLARINING KONSTITUTSION ASOSLAR · Ergashov Behruz Xurshid o‘g‘li
Современная наука и исследования · 2 · 2026
Аннотация
Bugungi globallashuv zamonida huquqni muhofaza qilish organlarining salohiyati va kasbiy tajribasi har kungiga nisbatan yuqori pog‘onalarda bo ‘lishi huquqbuzarlikka qarshi mardonavor kurashishda qo‘l keladi. Ayniqsa jinoyatchilikka qarshi toqatsiz ish olib boradigan -tergov organlarining tarkibiy qismi, tuzilmalari va mehnat jarayonlarini chuqurroq o‘rganish, shuningdek xorijiy mamlakatlardagi tergov organlarining faoliyatidagi tajribalarni tahlil qilish, shu bilan bir qatorda o‘zlarida mavjud bo ‘lmagan foydali jihatlarni amaliyotga tatbiq etish tergov jarayonlarining soddalashuvi va tezlashishiga olib keladi. Xalqaro huquqning subyekti sifatida – davlatlar bir-birlari bilan o‘zaro tergov sohasida, uning o‘ziga xos jihatlari to‘g‘risida konsultatsiyalar berib borishlari lozim. Mazkur maqola O‘zbekiston Respublikasi tergov organlari va Rossiya Federaysiyasi tergov organlarining xususiyatlari va o‘ziga xos jihatlari haqida ma’lumot beradi. Kalit so‘zlar: tergov tushunchasi, tergov organlari, respublika, federatsiya. Avvalo, mavzuga chuqurroq kirishdan oldin “tergov” tushunchasi va uning mazmun mohiyatiga to‘xtalib o‘tsak maqsadga muvofiq bo‘ladi. Tergov – qonunga itoat qilgan holda ijtimoiy xavfli qilmishni aniqlash, o‘rganish va ularga oid dalillarni to‘plash jarayonidir. Tergov protsessining asosiy o‘z oldiga qo‘ygan maqsadi huquqbuzarlikni aniqlash, uning sabablari va sharoitlarini o‘rganish, shuningdek, jinoyatchilarni oliy sudga tortishdir. Ushbu maqola tergov sohasida xizmat qilayotgan ikki mamlakat mutaxassislariga asosli va yakdil nazariy bilimlarni taqdim qilish, mamlakatlar qonunchilik tizimini hisobga olgan holda o‘xshash va farqli jihatlari bo‘yicha tergov sohasida muvofiqlashtiruvchi umumiy xulosaga kelish va bir qancha boshqa amaliy jihatlarni o‘z oldida maqsad qilib qo‘ygan. Nega aynan biz mazkur sohani chuqurroq o‘rganishga yoki uning ustida soatlab ishlashga majburmiz? Birinchidan, rivojlanayotgan asrda inson ehtiyojlar har lahza ortib boraveradi. Natijada esa turli xildagi jinoyatlar jamiyatda sekin-asta ko‘payishni boshlaydi. Huquqni muhofaza qiluvchi soha mutaxassislari esa ushbu jinoyatlarni oldini olish, sodir qilingan huquqbuzarliklarni tez va sifatli ochish, jinoyatchilarni ayblarini isbotlab ularni sudga topshirishda ma’lum bir malaka va tergov organlarining moodiy texnik bazasi hamda xorij tajribasi muhim rol o‘ynaydi. Demak, boshqa mamlakalarning ilg‘or yutuqlaridan amaliy jarayonda foydalanish yoki ularni ilmiy darsliklarga kiritish har bir mamlakat tergov sohasi uchun ham foydadan yiroq bo‘lmaydi. Ikkinchidan, xorij tajribasini amaliyotga tatbiq qilish va uni o‘rganishning o‘zi kamlik qiladi. Shuning uchun ikki subyekt bevosita mazkur sohaga oid memorandum imzolashda, kadrlar ayirboshlab, ularning malakasini oshirishga qaratilgan o‘quv kurslari tashkil qilishda, shu va shunga o‘xshash ilmiy va tanqidiy yo‘nalishdagi maqola va tezislarning o‘rni beqiyos. Endi bevosita subyektlarning tergov tizmi va tarkibiy qismlariga e‘tibor qaratsak, O‘zbekiston Respiblikasida jinoyat ishlari bevosita bosh qomus hisoblangan “Konstitutsiya” va “Jinoyat kodeksi” hamda xalqaro huquqning umume‘tirof qilingan normlariga tayanadi. 388 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 9 Jinoyat huquqi ikki bir – biridan mustaqil “umumiy va maxsus” bo‘limlardan tarkib topgan bo‘lib, birinchi qism jinoyat tushunchasi, predmeti, subyektlari, jinoyat huququning oldiga qo‘ygan vazifalari, normalarning makon va zamonda amal qilishi, jazo tizmi hamda ularning turlari, voyaga yetmaganlarning javobgarligi, jinoyatni yengillashtiruvchi va o‘g‘irlashtiruvchi holatlar, javobgarlik va jazodan ozod qilish, sudlanganlikning huquqiy oqibati, tibbiy yo‘sindagi majburlov chorasi va boshqa bir qator masalalarni o‘z ichiga oladi. Maxsus qism esa qanday ijtimoiy xavfli qilmish jinoyat ekanligini, qanday usulda sodir qilinganligini, ularga qanday turdagi jazolar tayinlanishi mumkinligini va bir qancha boshqa masalalarni o‘z ichiga oladi. Mamlakatda demokratik yangilashning bugungi bosqichdagi eng muhim yo‘nalishlaridan biri bu – qonun ustuvorligi va qonuniylikni mustahkamlash, shaxs huquqi va manfaatlarini ishonchli himoya qilishga qaratilgan sud-huquq tizimini izchil demokratlashtirish va liberallashtirishdan iboratdir. Bir so‘z bilan aytganda, O‘zbekistonda huquqiy davlat asoslarini yanada takomillashtirish va aholining huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish hal qiluvchi vazifa bo‘lib qolmoqda. Aynan shuning uchun ham mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab islohotlarning mazkur yo‘nalishiga alohida e’tibor qaratilgani bejiz emas. Endi esa O‘zbekiston Respublikada tergov organlarining tuzilmasiga e’tibor qaratsak, jinoyatlarning ijtimoiy xavflilik darajasi hamda tergov jarayonini olib borish vakolatiga ega bo‘lgan organning o‘z oldiga qo‘ygan asosiy maqsadi va vazifalardan kelib chiqib – “Jinoyat kodeksi”da mavjud moddalarni (302 moddadan tarkib topgan) normativ huquqiy hujjatlarga muvofiq tegishliligi bo‘y
Доказательный фрагмент
«Bugungi globallashuv zamonida huquqni muhofaza qilish organlarining salohiyati va kasbiy tajribasi har kungiga nisbatan yuqori pog‘onalarda bo ‘lishi huquqbuzarlikka qarshi mardonavor kurashishda qo‘l keladi.»
Образец извлечения
Демо-превьюBugungi globallashuv zamonida huquqni muhofaza qilish organlarining salohiyati va kasbiy tajribasi har kungiga nisbatan yuqori pog‘onalarda bo ‘lishi huquqbuzarlikka qarshi mardonavor kurashishda qo‘l keladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- respublika, tergov tushunchasi, federatsiya., tergov organlari
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024