Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
IoT TEXNOLOGIYALARI ASOSIDA KASBIY KOMPETENSIYANI SHAKLLANTIRISHNING INNOVATSION O‘QITISH MODELI
Saidov O‘tkirjon Mallayevich · Tursunbayeva Sevinch Normurod qizi (Samarqand davlat pedagogika instituti Informatika kafedrasi mudiri, PhD, dotsent.)
Современная наука и исследования · 2 · 2026
Аннотация
This article analyzes the role and significance of IoT (Internet of Things) technologies in modern pedagogy. The innovative models of the educational process aimed at developing professional competencies using IoT devices are studied, and their advantages are considered. The article discusses recommendations for increasing the effectiveness of the educational process organized based on IoT technologies and ways of practical application. Keywords: IoT technologies, professional competency, innovative educational models, educational process, virtual simulation, distance learning, interactive lessons, joint projects, professional skills, psychological readiness. Zamonaviy dunyoda axborot texnologiyalarining jadal rivojlanishi ta’lim tizimiga ham sezilarli ta’sir kо‘rsatmoqda. Xususan, IoT texnologiyalari orqali ta’lim jarayonini takomillashtirish va talabalarning kasbiy kompetentligini rivojlantirish imkoniyatlari kengaymoqda. IoT qurilmalari ta’lim tizimiga joriy etilishi bilan kasbiy kо‘nikmalarni amaliyotda rivojlantirish, masofadan turib ta’lim olish, о‘zlashtirilgan materiallar yuzasidan real vaqtda ma’lumot olish kabi yangi imkoniyatlar paydo bо‘ldi. IoT - bu elektronika, dasturiy ta’minot, datchiklar, uzatuv mexanizmlari va aloqa vositalari bilan jihozlangan fizik qurilmalar, transport vositalari, maishiy texnika va boshqa turli 381 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 9 qurilmalar tarmog‘i bо‘lib, u vositalarning о‘zaro bog‘lanishi va ma’lumotlar almashinishi imkoniyatini yaratadi. Bu esa jismoniy dunyoni kompyuter tizimlariga yanada tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri integratsiya qilish imkoniyatlarini yaratib, samaradorlikni oshiradi, iqtisodiy foyda va inson yuklamalarini kamayishiga olib keladi[1]. IoT texnologiyalar real vaqt rejimida ma’lumot almashishini ta’minlaganligi sababli ta’lim jarayoniga quyidagi imkoniyatlarni beradi: 1. Real vaqtda ma’lumotlar yig‘ish va tahlil qilish: IoT qurilmalari yordamida talabalarning mashg‘ulotlar davomidagi faoliyati, ularning ishlab chiqarish jarayonlaridagi ishtiroki yoki laboratoriya mashg‘ulotlaridagi kо‘rsatkichlari haqida real vaqtda ma’lumot olish va ularni tahlil qilish imkoniyati mavjud. Bu esa ta’lim jarayonini individuallashtirish imkoniyatini beradi. 2. Ta’lim jarayonini avtomatlashtirish: IoT qurilmalari yordamida auditoriyalar, laboratoriyalar va boshqa о‘quv xonalarini avtomatlashtirish, talabalarning ishtirokini nazorat qilish va ularning faoliyatini monitoring qilish mumkin. 3. Masofaviy ta’lim va о‘quv materiallaridan foydalanish imkoniyati: IoT texnologiyalari orqali masofadan turib amaliy mashg‘ulotlar о‘tkazish, virtual laboratoriyalardan foydalanish, turli kurslar va treninglar tashkil etish mumkin. AQSH va Buyuk Britaniyada IoT studentlar va о‘quvchilarga dasturlash tilining asosiy tushunchalarini о‘rgatish uchun ham qо‘llaniladi [2]. IoT texnologiyalarini qо‘llashning kо‘plab yо‘nalishlari mavjud. Eng keng tarqalgan IoT qurilmalarining foydalanuvchi tarmog‘i turli xildagi qurilmalarni, masalan, shaxsiy kompyuterlar, noutbuklar, planshetlar, smartfonlar, netbuklar va boshqa qurilmalarni birlashtiradi. Bu qurilmalar turli datchiklar va sensorlar yordamida turli ma’lumotlarni tо‘playdi, keyin esa ushbu ma’lumotlarni qayta ishlash va tahlil qilish uchun boshqa qurilmalarga uzatadi hamda qaror qabul qilishga yordam beradi [3]. IoT texnologiyalarini ta’lim jarayoniga joriy etishda bir qancha innovatsion modellardan foydalanish mumkin. Ushbu modellarning asosiylari quyidagilardan iborat: 1. Masofaviy ta’limning virtual simulyatsiya modeli: Bu modelda talabalar virtual muhitda ishlab chiqarish jarayonlari, amaliyotlar va kasbiy kо‘nikmalarni rivojlantirishga qaratilgan vazifalarni bajaradi. IoT qurilmalari talabalarning faoliyatini qayd etib, ularning samaradorligini tahlil qiladi. 2. Interaktiv masofaviy mashg‘ulotlar modeli: IoT qurilmalari yordamida tashkil etilgan interaktiv mashg‘ulotlarda talabalar real vaqtda о‘qituvchi bilan bog‘lanib, savol-javob qilishlari, amaliyotlarni onlayn bajarishlari mumkin. Bunday mashg‘ulotlar jarayonida talabalarning faoliyati avtomatik ravishda baholanadi. 3. Qо‘shma loyihalar modeli: IoT texnologiyalari asosida talabalar va о‘qituvchilar о‘rtasida о‘zaro hamkorlikda amalga oshiriladigan qо‘shma loyihalar ishlab chiqiladi. Bu model talabalarni ijodiy va tadqiqot faoliyatiga jalb etishda muhim rol о‘ynaydi. 4. Kasbiy kо‘nikmalarni monitoring qilish modeli: IoT qurilmalari yordamida talabalarning kasbiy kо‘nikmalarini real vaqtda monitoring qilish mumkin. Bu model talabalarning bilim darajasini aniqlashda va ularning rivojlanish yо‘nalishlarini belgilashda yordam beradi. IoT qurilmalarini ta’lim jarayoniga joriy etishda talabalarning psixologik holati va ularning texnologiyalardan foydalanishga bо‘lgan munosabatini ham hisobga olish lozim. Talabalarning IoT qurilmalaridan foydalanishdagi psixologik tayyorgarligini oshirish uchun quyidagi omillarga e’tibor qaratish kerak: 382 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3
Доказательный фрагмент
«This article analyzes the role and significance of IoT (Internet of Things) technologies in modern pedagogy.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article analyzes the role and significance of IoT (Internet of Things) technologies in modern pedagogy. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- IoT technologies, professional competency, innovative educational models, interaktiv mashg‘ulotlar, qо‘shma loyihalar, virtual simulyatsiya, IoT texnologiyalari, kasbiy kompetentlik, ta’lim jarayoni, innovatsion ta’lim modellari, masofaviy ta’lim, kasbiy kо‘nikmalar, psixologik tayyorgarlik
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Выпускные квалификационные работыUtegenova Gúlbaxar2015
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026