Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
В данной тезисной работе подробно рассматриваются теоретические и практические основы внедрения систем менеджмента качества и безопасности на мясоперерабатывающих предприятиях. Освещено значение стандартов ISO 9001, ISO 22000, HACCP и GMP, их применение в
Qarshiyeva Feruza Zafar qizi
Современная наука и исследования · 2025
Аннотация
Mazkur maqolada o‘zbek matnshunoslik fanining yirik vakillaridan biri Muhammadjon Hakimovning qo‘lyozma manbalar bilan ishlash prinsiplari tahlil etiladi. Adabiy merosni ilmiy o‘rganish va nashrga tayyorlash jarayonida shakllangan nazariy yondashuvlar, xususan, qo‘lyozmalarni izlab topish, tavsiflash, qiyosiy tahlil qilish, matniy farqlarni aniqlash, ilmiy-tanqidiy matnni tiklash va nashr etish kabi asosiy tamoyillar ko‘rib chiqilgan. Hakimovning manbashunoslik va matnshunoslik sohalariga qo‘shgan hissasi – Navoiy asarlari qo‘lyozmalarining tavsifi va xattotlar faoliyatini tadqiq etish, Sharq manbashunosligi lug‘ati kabi asarlari misolida yoritiladi. Mustabid tuzum davrida cheklangan adabiy manbashunoslik va mustaqillik yillarida matnshunoslikning yangi bosqichga ko‘tarilishi jarayonida Hakimov prinsiplari va ilmiy maktabi ahamiyati namoyon etiladi. Ushbu prinsiplar asosida yaratilgan ilmiy nashrlar va matnlar tahlili o‘zbek adabiy merosining asl holida keng ommaga yetkazilishiga xizmat qilayotgani qayd etiladi. Kalit soʻzlar: Muhammadjon Hakimov; qo‘lyozma; matnshunoslik; manbashunoslik; ilmiy tanqidiy matn; adabiy meros; tekstologik prinsiplari; qo‘lyozmalar katalogi. Mumtoz asarlar matnini ilmiy tadqiq etish va nashrga tayyorlash murakkab hamda koʻp bosqichli jarayon bo‘lib, u o‘zining maxsus prinsiplari va usullariga ega. Matnshunoslikning asosiy uslubiy tamoyili – matn tarixini kompleks ravishda o‘rganishdir [8]. Ya’ni, asarning yaratilish davri, muallif qo‘lyozmasidan boshlab bizgacha yetib kelgan barcha nusxalar taqdiri, ular orasidagi farqlar, matnga tashqi omillar ta’siri kabi jihatlar to‘liq va har tomonlama tahlil qilinishi lozim. Bunda matndagi o‘zgarish xususiyatlari, sabablari va bosqichlarini aniqlashga alohida e’tibor qaratiladi. Matn tarixi va taqdiri haqida to‘la tasavvurga ega bo‘lish matnshunos uchun muhim shart bo‘lib, bunday yondashuv matnni to‘g‘ri talqin etish va uni asl holiga keltirish imkonini beradi. Matnshunoslik tadqiqotlarida matnni qiyosiy tahlil qilish va nusxalar o‘rtasidagi matniy tafovutlarni aniqlash eng muhim usullardan sanaladi. Qo‘lyozma nusxalar soni bir necha bo‘lsa, avvalo ularning har biri puxta o‘rganilib, matndagi farqli o‘rinlar (variantlar) qayd etiladi. Nusxalardagi farqlarni tahlil qilish orqali matnga kiritilgan o‘zgarishlar, xatolar yoki o‘zgartirishlar xarakteri ochib beriladi. Matniy tafovutlarni taqqoslash “asl nusxa” yoki muallif matnini qayta tiklash yo‘lidagi zarur bosqich bo‘lib, u holda har bir variantning kelib chiqishi va ishonchlilik darajasini baholash talab etiladi. Bu jarayonda nusxalarning kelib chiqishi, bir-biriga genealogik aloqasi ham o‘rganiladi – ya’ni qaysi qo‘lyozma qaysi biriga asoslangan, qaysi nusxa boshqa biridan ko‘chirib olinganligi kabi bog‘liqliklar aniqlanadi. Nusxalararo munosabatni 179 Sentabr, 2025-Yil belgilash orqali eng qadimgi va asl matnga eng yaqin nusxalar ajratib olinadi, matnni tiklashda ularga tayangan holda ilmiy xulosa chiqariladi. Matnshunoslik amaliyotida ko‘chirishdagi xatolarni tahlil qilish va matndagi xato- kamchiliklarni aniqlash alohida ahamiyatga ega tamoyillardandir[8]. Qo‘lyozma nusxalarning bir-biridan farqlanishiga ko‘p hollarda qo‘lyozma ko‘chiruvchilar (xattotlar)ning bilib-bilmay yo‘l qo‘ygan xatolari sabab bo‘ladi. Shuning uchun matnshunos qo‘lyozmalarni qiyoslar ekan, katta eʼtibor bilan har bir nusxadagi harfiy, imloviy yoki so‘z o‘zgarishlarini qayd etishi, tushib qolgan so‘z yoki satrlarni, noto‘g‘ri o‘qilgan yoki chalkash yozilgan iboralarni aniqlashi zarur. Matnda uchrovchi xato va g‘alizliklarni tahlil qilish jarayonida ularning kelib chiqish tabiati oydinlashtiriladi: masalan, ba’zi xatolar xattotning e’tiborsizligi yoki bilimsizligi natijasida paydo bo‘lgan bo‘lishi mumkin [10]. Yoki ayrim hollarda muallif matnining o‘zidayoq xato bo‘lish ehtimoli ham inkor etilmaydi – bunda matnshunoslikda muallif matni xatolarini aniqlash tamoyiliga rioya qilinadi. Bunday vaziyat, masalan, muallif tomonidan ifoda noaniqligi yoki takrorga yo‘l qo‘yilgan joylarda kuzatilishi mumkin. Matnshunos bunday o‘rinlarni ham alohida belgilab, ilmiy izohlar yordamida to‘g‘ri talqinini taklif etadi. Matnni asliyatga maksimal yaqin holda tiklash uchun ba’zan matnni ongli ravishda o‘zgartirish hollarini aniqlash talab etiladi. Ma’lumki, qo‘lyozmalar asrlar davomida ko‘chirilish jarayonida ayrim xattot yoki noshirlar tomonidan ongli tarzda ham tahrir qilinib kelgan. Masalan, senzura yoki mafkura ta’siri ostida ayrim satrlar qoldirib ketilishi, muallifga xos bo‘lmagan iboralar o‘zgartirib yozilishi kuzatilgan. Yoki mutaxassis xattotlar muallif uslubini yaxshilash maqsadida she’r matniga o‘zgartish kiritgan holatlar ham mavjud. Matnshunos ana shunday ongli o‘zgartishlarni ham payqashi va ularning sababini tushuntira olishi kerak. Bu ish, albatta, asl matnga nihoyatda eʼtiborli tekstologik tahlil va keng ilmiy tafakkur bilan amalga oshiriladi. Qo‘lyozmalar bilan ishlash jarayonining muhim bosqichlaridan yana biri – qo‘
Доказательный фрагмент
«Mazkur maqolada o‘zbek matnshunoslik fanining yirik vakillaridan biri Muhammadjon Hakimovning qo‘lyozma manbalar bilan ishlash prinsiplari tahlil etiladi.»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur maqolada o‘zbek matnshunoslik fanining yirik vakillaridan biri Muhammadjon Hakimovning qo‘lyozma manbalar bilan ishlash prinsiplari tahlil etiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- manbashunoslik, Muhammadjon Hakimov, ilmiy tanqidiy matn, matnshunoslik, adabiy meros, qo‘lyozma, qo‘lyozmalar katalogi., tekstologik prinsiplari
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024