К содержанию
РецензированоUZ2025

MULOQOT VA SHAXSLARARO MUNOSABATLAR PSIXOLOGIYASI

NEW RENAISSANCE · Smetova Gulzar Kalbayevna

Современная наука и исследования · 2 · 2025

Аннотация

The concept of communication and relationships. Communicative sphere of communication. The perceptual side of communication. Interactive aspect of communication. Types of communication. The importance of essence in communication. Keywords: Communication, relationships, communicative, perceptual, interactive, types of communication, essence. Inson jamiyatda yashar ekan, uning hayotini muloqatsiz tasavvur etib bolmaydi. U nafaqat kundalik hayotda, balki ta’lim-tarbiya, ishlab chiqarish, madaniyat, fan va san’at kabi barcha sohalarda muhim ahamiyat kasib etadi. Muloqat orqali inson oz fikrini anglaydi, ijtimoiy tajribani o‘zlashtiradi va shaxs sifatida kamol topadi. Muloqot- odamlar o‘rtasida birgalikda faoliyat ehtiyojlaridan kelib chiqadigan bog‘lanishlar rivojlanishining ko‘p qirrali jarayonidir. Shaxs – ijtimoiy munosabatlar mahsuli deyilishining eng asosiy sababi – uning doimo insonlar davrasida, ular bilan o‘zaro ta’sir doirasida bo‘lishini anglatib, bu shaxsning eng etakchi va nufuzli faoliyatlaridan biri muloqot ekanligiga ishora qiladi. Insoniy munosabatlarda dastlab odamlar o‘rtasida ro‘y beradigan fikrlar, his-kechinmalar, tashvish-quvonchlar almashinuvini nazarda tutadi. Odamlar muloqotda bo‘lishgani sari, ular o‘rtasidagi munosabatlar tajribasi ortgan sari ular o‘rtasida umumiylik, o‘xshashlik va uyg‘unlik kabi sifatlar paydo bo‘lib, ular bir-birlarini bir qarashda tushunadigan, ayrim hollarda esa ana shunday muloqotning tig‘izligi teskari reaksiyalarni – bir-biridan charchash, gapiradigan gapning qolmasligi kabi vaziyatni keltirib chiqaradi. Muloqot faoliyati shunday shart-sharoitki, unda har bir shaxsning individualligi, betakrorligi, bilimlar va tasavvurlarning xilma-xilligi namoyon bo‘ladi va shunisi bilan u insoniyatni asrlar davomida o‘ziga jalb etadi. Shuning uchun ham muloqot, uning jihati, tabiati, 132 NEW RENAISSANCE 2025 SENTABR INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 9 texnikasi va strategiyasi, muloqotga o‘rgatish (ijtimoiy psixologik trening) masalalari bilan shug‘ullanuvchi fanlarning ham jamiyatdagi o‘rni va salohiyati keskin oshdi. Muloqot hamkorlikda faoliyat ko‘rsatuvchilar o‘rtasida axborot ayirboshlanishini o‘z ichiga olib, bunday ma’lumot almashinuv muloqotning kommunikativ jihati sifatida ta’riflanadi. Odamlar muloqotga kirishar ekanlar, uning eng muhim vositalaridan biri sifatida tilga murojaat qiladilar. Muloqotning ikkinchi jihatida – munosabatga kirishuvchilarning nutq jarayonida faqat so‘zlar bilan emas, balki xatti-harakatlar bilan ham almashinuvi nazarda tutilib, bu muloqotning interaktiv jihati deb yuritiladi. Nihoyat, muloqotning uchinchi jihati perseptiv deb atalib, bunda munosabatga kirishuvchilarning bir-birlarini idrok eta olishlari tushuniladi. Shunday qilib, muloqot jarayonida shartli ravishda uchta, ya’ni kommunikativ (axborot uzatish), interaktiv (hamkorlikda harakat qilish) va perseptiv (o‘zaro birgalikda idrok etish) jihatlarni alohida ko‘rsatish mumkin. Ana shu uchta jihatning birligi muloqot jarayonida hamkorlikdagi faoliyat va jalb etilgan odamlarning o‘zaro birgalikdagi harakatlarini tashkil etish usuli sifatida maydonga chiqadi. Muloqatda mohiyat tushunchasi bor bólib uni tasiri juda katta ahamiyatga ega. Mohiyat – tevarak-atrofdagi voqelikni bilishni ifoda etadigan qism sifatidagi mazmunga ega bo‘lgan so‘zlar belgisi tizimidir. Bunda so‘zlar belgilari tizimi hayot kechirish, ijtimoiy-tarixiy tajribani o‘zlashtirish va uzatish vositasi sifatidagi tilni tarkib toptiradi. Ijtimoiy tajriba to‘plash va uzatish vositasi sifatidagi til aniq tovushlardan foydalangan holda o‘y-fikrlar almashinuvi, axborot berishni amalga oshiradi. Xulosa o‘rnida shuni aytish kerakki, muloqat jamiyat taraqqiyotining ham, insoniy munosabatlarning ham asosiy omillaridan biridir. U odamlar o‘rtasida o‘zaro tushunishni taminlab, do‘stlik, hamkorlik va birdamlikni kushaytiradi. Muloqatni to‘g‘ri tashkil etish insonning manaviy barkamolligini, ijtimoiy faoliyatini hamda hayotiy tajribasini boyitadi. Shu sababli muloqat mavzusi doimo dolzarb bo‘lib, uni chuqur o‘ganish va amaliyotda to‘g‘ri qo‘llash muhim vazifalardan biridir. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Umarov B.M., Shoyimova Sh.S., Ro‘ziyeva D.I. Pedagogika.Psixologiya, Darslik. Toshkent. 2019y 2. Shamshetova A.K., Melibayeva R.N., Usmanova X.E., Xaydarov I.O. Umumiy psixologiya, O‘quv qo‘llanma. Toshkent, 2018 y. Internet sayti: 3. www.edu.uz – официальный сайт ОО'MTV. 4. www.ziyonet.uz – образовательный портал. 5. www.pedagog.uz – официальный сайт ТДПУ. 6. www.natlib.uz – сайт Национальной библиотеки Узбекистана имени Алишера Навои. 133

Доказательный фрагмент

«The concept of communication and relationships.»

Образец извлечения

Демо-превью

The concept of communication and relationships. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Communication, relationships, communicative, perceptual, interactive, types of, munosabat, muloqat turlari, kommunikativ, interaktiv, perseptiv, mohiyat., Muloqat
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники