К содержанию
РецензированоUZ2026

SUN’IY INTELLEKTNING OFTALMOLOGIYADAGI O‘RNI

Karimova Yulduz

Современная наука и исследования · 2 · 2026

Аннотация

This article analyzes the possibilities, main directions and prospects of the application of artificial intelligence (AI) in ophthalmology. The advantages of algorithms based on machine and deep learning in the early detection of common eye diseases such as diabetic retinopathy, glaucoma, age-related macular degeneration are highlighted. Also, the convenience of increasing the speed and accuracy of diagnosis with the help of AI, conducting remote screening and planning surgical procedures is shown. The relevance of introducing artificial intelligence in the conditions of Uzbekistan, the need to enrich the database and train medical workers to work with digital technologies are emphasized. The results of the study show that artificial intelligence is of significant practical importance in improving the quality of ophthalmological care. Keywords: diabetic retinopathy, macular degeneration, artificial intelligence, diagnosis, remote screening. 361 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 9 Bugungi kunda tibbiyotning deyarli barcha sohalarida sun’iy intellekt (SI) texnologiyalari keng qo‘llanila boshladi. Ayniqsa, ko‘z kasalliklarini aniqlash va davolash bilan shug‘ullanuvchi oftalmologiyada bu yo‘nalish juda dolzarb. Ko‘rish tizimi juda murakkab bo‘lgani uchun tashxis qo‘yishda ko‘p hajmdagi ma’lumotlarni tez va aniq tahlil qilish talab etiladi. Shu sababli sun’iy intellekt imkoniyatlaridan foydalanish nafaqat shifokor ishini yengillashtiradi, balki bemorga ko‘rsatiladigan yordam sifatini ham oshiradi. Sun’iy intellekt qanday ishlaydi? Asosan mashinaviy o‘rganish va chuqur o‘rganish deb ataladigan texnologiyalar asosida yaratilgan dasturlar ko‘z tasvirlarini o‘rganib, undagi o‘zgarishlarni aniqlay oladi. Masalan, retina suratlari, OCT tekshiruvlari yoki biomikroskopiya natijalarini o‘qib, kasallik belgilari bor- yo‘qligini avtomatik tahlil qiladi. Bu jarayon katta hajmdagi ma’lumotni tezda qayta ishlashni talab qilgani sababli inson ko‘zidan ko‘ra tezroq va aniqlik bilan natija bera oladi. Asosiy qo‘llanish yo‘nalishlari ⚫ Diabetik retinopatiya. Sun’iy intellekt yordamida retina tasvirlarini tahlil qilib, diabet tufayli yuzaga keladigan o‘zgarishlarni erta aniqlash mumkin. Bu, ayniqsa, shifokorlar yetishmaydigan hududlarda skrining o‘tkazishda katta yordam beradi. ⚫ Glaukoma. Optik nerv boshidagi kichik o‘zgarishlarni ham SI erta payqay oladi, bu kasallikning ko‘rishni sekin yo‘qotuvchi “jim o‘g‘ri” sifatidagi xavfini kamaytiradi. ⚫ Makulyar degeneratsiya. Yoshga bog‘liq ko‘rish kasalliklarida erta tashxis davolashning eng muhim sharti hisoblanadi. AI dasturlari OCT tasvirlarida kasallikning dastlabki belgilarini ko‘rsatib bera oladi. ⚫ Jarrohlik amaliyoti. Katarakta operatsiyalarida femto-lazerli usullarni rejalashtirish, refraktiv jarrohlikda parametrlarni hisoblash kabi jarayonlarda ham sun’iy intellekt qo‘llanmoqda. Afzalliklari Bunday texnologiyalar shifokorga yordamchi sifatida juda foydali: ⚫ tashxisni tezlashtiradi, inson xatoligini kamaytiradi; ⚫ masofaviy (onlayn) skriningni amalga oshirish imkonini beradi; ⚫ shifokor vaqtini bemor bilan ko‘proq ishlashga yo‘naltirishga yordam beradi. Cheklovlar Shu bilan birga, sun’iy intellekt to‘liq mustaqil ishlay olmaydi. Dasturlarni ishga tushirish uchun katta va sifatli ma’lumotlar bazasi kerak, bemor shaxsiy ma’lumotlarini himoya qilish masalasi ham dolzarb. Eng muhimi, yakuniy tashxisni har doim shifokor qo‘yishi lozim – AI faqat yordamchi vosita xolos. O‘zbekiston uchun imkoniyatlar Mamlakatimizda diabetik retinopatiya, glaukoma va katarakta ko‘rish qobiliyatini yo‘qotishning asosiy sabablari bo‘lib qolmoqda. Shuning uchun sun’iy intellekt asosida ishlaydigan skrining tizimlarini joriy etish va shifokorlarni zamonaviy raqamli texnologiyalar bilan ishlashga o‘rgatish katta natija berishi mumkin. Foydalanilgan adabiyotlar. 1. Jo’rayeva, G. (2024). COMBINATION OF DIABETES AND METABOLIC SYNDROME. Modern Science and Research, 3(12), 691-696. 362 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 9 2. Jo’rayeva, G. (2025). RISK FACTORS FOR THE DEVELOPMENT OF CLIMACTERIC DISORDERS IN WOMEN WITH THE METABOLIC SYNDROME. Modern Science and Research, 4(1), 1090-1092. 3. Нарзулаева, У. Р., Самиева, Г. У., & Насирова, Ш. Ш. (2021). ИССИҚ ИҚЛИМДА КЕЧУВЧИ ГИПЕРТОНИЯ КАСАЛЛИГИНИНГ БОШЛАНҒИЧ БОСҚИЧЛАРИДА ГЕМОРЕОЛОГИК БУЗИЛИШЛАР. ЖУРНАЛ БИОМЕДИЦИНЫ И ПРАКТИКИ, 6(1). 4. Нарзулаева, У., Самиева, Г., Лапасова, З., & Таирова, С. (2023). Значение диеты в лечении артериальной гипертензии . Журнал биомедицины и практики, 1(3/2), 111– 116. https://doi.org/10.26739/2181-9300-2021-3-98 5. Narzulaeva Umida Rakhmatulloevna, Samieva Gulnoza Utkurovna, & Ismatova Marguba Shaukatovna (2020). SPECIFICITY OF THE CLINICAL COURSE OF THE INITIAL STAGES OF HYPERTENSION IN ARID ZONES OF UZBEKISTAN AND NON- DRUG APPROACHES TO TREATMENT. Кронос, (4 (43)), 15-17. 6. Umida Raxmatulloevna Narzulaeva, & Mohigul Abdurasulovna Bekkulova (2023). Arterial gipertenziya etiologiyasida dis

Доказательный фрагмент

«This article analyzes the possibilities, main directions and prospects of the application of artificial intelligence (AI) in ophthalmology.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article analyzes the possibilities, main directions and prospects of the application of artificial intelligence (AI) in ophthalmology. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
diabetic retinopathy, macular degeneration, artificial intelligence, diagnosis, makulyar degeneratsiya, sun’iy intellekt, diabetik retinopatiya, tashxis, masofaviy skrining.
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники