Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
MILLAT UYG‘ONISHI VA BEHBUDIYNING PUBLITSISTIK FAOLIYATI
Narzullayeva Xushro‘ybegim Shuhrat qizi
Современная наука и исследования · 2 · 2026
Аннотация
The article analyzes the journalistic activities of Mahmudkhodja Behbudi and his role in the Jadid movement. It examines his efforts to awaken the nation to enlightenment and progress through the newspaper Samarkand, the magazine Oyna, and other press outlets. The study also highlights that issues of national independence, progress, and education played a central role in his journalistic works. Keywords: Mahmudkhodja Behbudi, journalism, Jadidism, national awakening, press, national idea. XX asr boshlarida Turkiston ijtimoiy-siyosiy hayotida jadidchilik harakati keng quloch yoydi. Bu harakat millatni ilm-ma’rifatga chorlash, jaholatni yengish va zamonaviy taraqqiyot yo‘liga boshlashni maqsad qilib oldi. Mahmudxo‘ja Behbudiy jadidchilikning yirik namoyandasi sifatida publitsistik faoliyati orqali xalqni milliy uyg‘onish g‘oyasiga yetakladi. Uning maqolalari o‘sha davrning dolzarb ijtimoiy-siyosiy muammolarini yoritib, xalq ongini yangilashda muhim vosita bo‘ldi. 1913 yildan Behbudiy matbuot ishlari bilan shug'ullanadi. Apreldan "Samarqand" gazetasini chiqaradi. Gazeta turkiy va forsiy tillarda, haftada ikki marta, dastlab ikki, so‘ng to‘rt sahifada chop etilgan. 45 ta sonidan keyin moddiy tanqislik tufayli chiqishi to‘xtagan. O‘sha yilning 20 avgustidan u "Oyna" jurnalini chiqara boshlaydi. Mahmudxo‘ja Behbudiy matbuotda publisistik maqolalari bilan muntazam chiqish qila boshlaydi. Uning maqolalarida zamonasining o‘tkir ijtimoiy-siyosiy muammolari ko‘tarilgani ma'lum Millat va milliyat masalalariga doir qarashlari uning "Kitobi muntaxabi jug'rofiyai umumiy va namunai jug'rofiya" darsligida, "Duma va Turkiston musulmonlari", "Xayr ul-umuri avsatuho", "Muhtaram samarqandiylarga xolisona arz" va shu kabi maqolalarida ifodasini topgan. Ma'rifatparvar jadidlar ongida yetilib kelgan milliy g'oya Mahmudxo‘ja Behbudiy publitsistikasida ham yetakchi o‘rin tutadi. Mahmudxo‘ja Behbudiyning ustozi Ismoilbek Gasprinskiy 1895 Mahmudxo‘ja Behbudiyning ustozi Ismoilbek Gasprinskiy 1895 yilda yozgan maqolalaridan birini "G'oya" deb atagan edi. 350 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 9 Uning fikricha, "Xalqlar hayotidagi barcha buyuk voqealarning tag-zaminida u yoki bu g'oya yotadi. Eng ulug' kashfiyotlar, avvalo, ular haqidagi orzu-niyatlardan boshlangan. Islom g'oyalari yarim dunyoni bir hovuch arablar atrofiga birlashtirdi. Moskva atrofiga birlashuv g'oyasi qudratli Rossiyani maydonga keltirdi. Tenglik va ozodlik g'oyasi fransuzlar mavqeini yevropada sarbaland qildi. G'oyasizlik-chi! Millatni zaiflashtiruvchi, turg'unlikka tanazzulga olib boruvchi mana shu g'oyasizlik, maqsadsizlikdir. Tarix necha martalab aqlu iste'dodiga guvoh bo‘lgan Sharq xalqlari nega bunday zalolatga botdi? Necha yuz million xitoylar, hindlar so‘nggi ming yil davomida o‘zlarini ko‘rsata olmay, nega boshqalar yetoviga tushib qoldilar? Sababi-g'oyasizlik, deb tushuntiradi muallif. Shundan keyin u Rusiya qo‘l ostidagi musulmonlar hayotiga o‘tadi. "Taassufki, Rusiyaning musulmon jamiyatida asl va chinakam g'oya, orzu yo‘q,- deb yozadi muallif. Ular yolg'iz shu kunning, shu daqiqaning manfaati, shu birgina qorinni to‘qlab olish manfaati bilan yashaydilar va hozirgidan bir necha marta yaxshiroq ishlamoq va yashamoq mumkinligini bilmaydilar. Bizda tushni ta'bir qiluvchi risolalar, gul va bulbul haqidagi qo‘shiqlar, oʻzi bir qarich, soqoli qirq qarich polvon haqidagi kitoblar ko‘p, ammo miyamizni qoplab olgan jaholatni tarqatguvchi, ahvolimizni tushuntirib berguvchi, taraqqiyot xususida, kelajak xususida o‘ylashga, ilgariga intilishga majbur etadigan biror kitob yo‘q. Shunday ekan, maorifga, taraqqiyotga intilishni o‘z oldimizga vazifa va orzu qilib qo‘ymoq kerak emasmi?!"Shu g'oya bilan ish tutilsa, milatning jonlanishiga, ma'rifatli avlod shakllanib hayotning go‘zallashishiga Ismoilbek dil- dildan ishonadi. Milliy istiqlol, taraqqiyot va farovonlikka, avvalo, ma'rifat orqali, dunyoviy va diniy bilim, zamonaviy ilm-hunarlarni chuqur egallash orqali erishish mumkin, deb hisobladilar. Mahmudxo‘ja Behbudiy bu borada safdoshlari va izdoshlariga ibrat ko‘rsatdi. Xulosa o‘rnida shuni aytish lozimki, jadidchilik harakati va jadidlar zamonaviy oʻzbek jamiyati va davlatchiligi shakllanishiga katta hissa qo‘shgan ajdodlarimiz xisoblanadi. Ularning boy ilmiy va ijodiy merosi bugungi murakkab davrda O‘zbekistonda milliy g'oya va mafkuraviy immunitetni kuchaytirishda, o‘z mustaqil fikriga ega hamda fidoyi va vatanparvar avlodni tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bois Behbudiy, Munavvarqori, Fitrat, Cho‘lpon va boshqa jaded ma'rifatparvarlarining g'oyaviy merosi biz uchun doimiy harakatdagi hayotiy dasturga aylanishi kerak, deb hisoblaymiz. Mahmudxo‘ja Behbudiy Turkiston jadidchilik harakatining boniysidir. Uning hayoti va ijodiy faoliyati haqida 20-yillarda mahalliy matbuotda Sadriddin Ayniy, Hoji Muin ibn Shukrullo, Laziz Azizzoda kabi zamondoshlari tomonidan bir qator maqola, xotiralar e'lon qilingan. Keyingi yillarda, xususan, mustaqilli
Доказательный фрагмент
«The article analyzes the journalistic activities of Mahmudkhodja Behbudi and his role in the Jadid movement.»
Образец извлечения
Демо-превьюThe article analyzes the journalistic activities of Mahmudkhodja Behbudi and his role in the Jadid movement. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Mahmudkhodja Behbudi, journalism, Jadidism, national awakening, press, Mahmudxo‘ja Behbudiy, matbuot, milliy uyg‘onish, jadidchilik, milliy g‘oya., publitsistika
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014