Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
JANG MAYDONIDA HARBIY ALOQANI TASHKIL QILISH
Jonibek Odinayev · Donyorbek Abdumanobov (1University of Management and Future Technologies, Menejment kelajak texnologiyalari)
Современная наука и исследования · 2 · 2026
Аннотация
Ushbu maqola jangda aloqani tashkil qilish usullari aloqa tarmoqlarining asosiy zamonaviy texnologiyalarini samarodorligi rivojlanish bosqichlariga bag‘ishlangan bo‘lib, harbiy aloqani tashkil qilish bilan tanishib chiqiladi. Kalit so‘zlar: Jang, Razvetka, UHF, VHF, HF, Harbiy aloqa. Zamonaviy harbiy harakatlarning muvaffaqiyati ko‘plab omillarga bog‘liq bo‘lib, ularning eng asosiysi – bu aloqa tizimidir. Jang maydonida vaziyat tez-tez o‘zgarib turadi, har bir sekund muhim ahamiyatga ega. Shu sababli, harbiy bo‘linmalar o‘rtasida ishonchli, tezkor va uzluksiz axborot almashinuvi muhim rol o‘ynaydi. Harbiy aloqa — bu qo‘mondonlik, boshqaruv, muvofiqlashtirish va qarorlar qabul qilish jarayonlarining negizidir. Harbiy aloqa – bu harbiy bo‘linmalar, qo‘mondonlik punktlari va boshqaruv organlari o‘rtasida axborot almashinuvini ta'minlaydigan vositalar va tizimlar majmuasidir. Aloqa yordamida: Buyruqlar uzatiladi, Razvedka ma’lumotlari tarqatiladi, Ko‘mak kuchlari chaqiriladi, Jang harakatlari muvofiqlashtiriladi, Harbiy rejalar hayotga tatbiq etiladi. Jangovar harakatlarda aloqa: Boshqaruvni uzluksizligini ta'minlaydi; Ko‘p tarmoqli operatsiyalarni muvofiqlashtirishga yordam beradi; Harbiy razvedka va kuzatuv natijalarini tez yetkazishga xizmat qiladi; Dushmanning harakatlariga tezkor javob berish imkonini beradi; Buyruqlarning aniq, qisqa va shifrlangan tarzda yetkazilishini kafolatlaydi. Agar aloqa tizimi ishdan chiqsa, bo‘linmalar bir-biri bilan bog‘lanolmaydi, buyruqlar kechikadi yoki noto‘g‘ri bajariladi. Bu esa jangda jiddiy yo‘qotishlarga olib keladi. Jangda aloqani tashkil qilish usullari: Radio aloqa Harakatdagi bo‘linmalar orasida tezkor aloqa; Portativ, avtomobilga o‘rnatilgan yoki statsionar radiostansiyalar yordamida amalga oshiriladi; Dushman tomonidan tutib olinmasligi uchun signal shifrlanadi; UHF, VHF, HF to‘lqin diapazonlarida ishlaydi. Simli aloqa 335 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 9 Qo‘mondonlik punktlari orasida o‘rnatiladi; Signal sifati yuqori, dushman tomonidan tutib olinishi qiyin; Ammo harakatdagi jangovar bo‘linmalar uchun noqulay; Doimiy joylashgan bo‘linmalarda afzal. Vizual aloqa Bayroqlar, ishoralar, chiroqlar, raketalar orqali amalga oshiriladi; Favqulodda hollarda yoki radio aloqasi ishdan chiqqanda ishlatiladi; Masofa va ob-havo holatiga bog‘liq. Signal vositalari Ovozli signal (sirena, qo‘ng‘iroq); Yorug‘lik signallari (raketalar, chiroqcha); Katta masofada bo‘lmasa-da, tezkor buyruq yetkazishda foydali. Sun’iy yo‘ldosh aloqa Uzoq masofadagi qo‘mondonlik markazlari bilan uzluksiz aloqa o‘rnatadi; Zamonaviy urushlarda keng qo‘llaniladi (ayniqsa, NATO va boshqa ilg‘or armiyalarda); Katta texnik bazani talab qiladi. Jang maydonida aloqani tashkil etish prinsiplari: Uzliksiz Aloqa istalgan vaqtda, har qanday sharoitda ishlashi kerak. Aloqa uzilishi boshqaruvning izdan chiqishiga olib keladi. Barqarorlik Aloqa signallari elektromagnit to‘sqinliklarga bardoshli bo‘lishi zarur. Zaxira tizimlari bo‘lishi kerak (bir nechta kanal, shifrlangan signal, boshqa aloqa turlariga o‘tish imkoniyati). Maxfiylik va xavfsizlik Dushmanning signalni tutib olishi yoki soxta axborot uzatishini oldini olish uchun kodlash va shifrlash ishlatiladi. Kriptografik vositalar va xavfsiz kanallar muhim. Tezlik Buyruq va axborot iloji boricha tez yetkazilishi lozim; Bu jang natijasiga bevosita ta’sir qiladi. Moslashuvchanlik Aloqa sharoitga qarab tez moslasha olishi kerak: joylashuv o‘zgarsa, signal usullari ham o‘zgarishi zarur. Aloqa vositalari va texnik ta’minot Quyidagi vositalar keng qo‘llaniladi: Aloqa vositasi Qo‘llanilishi Portativ radiostansiyalar Kichik guruhlar, patrullar Harakatdagi avtomobil Mobil radiostansiyalar bo‘linmalar Statsionar aloqa punktlari Qo‘mondonlik shtablari Kodlovchi qurilmalar Signalni shifrlash uchun Yo‘ldosh aloqa uskunalari Markaziy qo‘mondonlik bilan 336 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 9 Aloqa vositasi Qo‘llanilishi aloqa Signal raketalari, Vizual aloqa bayroqlar Jang maydonida yuzaga keladigan aloqa muammolari: Radioto‘sqinliklar – dushman yoki tabiiy to‘sqinliklar sababli signal sifati pasayadi; Uskunalarning ishdan chiqishi – bombardimon, noto‘g‘ri foydalanish; Signal tutib olinishi va teskari dezinformatsiya; Aloqa uzilishining bo‘linma harakatlariga salbiy ta’siri. Shuning uchun har bir bo‘linmada zaxira aloqa tizimi, qo‘lda yozilgan kodlar, qisqa buyruq formulalari va avariyaviy signal tizimi bo‘lishi zarur. Jang maydonida harbiy aloqani to‘g‘ri tashkil qilish — bu jangning muvaffaqiyatli kechishining eng muhim omillaridan biridir. Aloqa nafaqat boshqaruv, balki xavfsizlik, tezlik va aniq harakatlar asosidir. Harbiy rahbarlar aloqa tizimini doimiy ravishda nazorat qilib borishi, zaxira vositalarini tayyor holda saqlashi, shuningdek, aloqa xodimlarini muntazam tayyorlashi zarur. Shunday ekan, zamonaviy armia aloqa texnologiyalarini rivojlantirishga, signal xavfsizligini ta'minlashga va harbiy mutaxassislarni malakali tayyo
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqola jangda aloqani tashkil qilish usullari aloqa tarmoqlarining asosiy zamonaviy texnologiyalarini samarodorligi rivojlanish bosqichlariga bag‘ishlangan bo‘lib, harbiy aloqani tashkil qilish bilan tanishib ch…»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqola jangda aloqani tashkil qilish usullari aloqa tarmoqlarining asosiy zamonaviy texnologiyalarini samarodorligi rivojlanish bosqichlariga bag‘ishlangan bo‘lib, harbiy aloqani tashkil qilish bilan tanishib ch… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Harbiy aloqa., VHF, HF, Razvetka, UHF, Jang
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026