К содержанию
РецензированоUZ2026

O‘ZBEK ADABIYOTIDA AYOL OBRAZI TALQINLARI

Jabborova Munisa Shuhratovna · Norkulova Shaxnoza Tulkinovna

Современная наука и исследования · 2 · 2026

Аннотация

Ushbu maqola o‘zbek adabiyotida ayol obrazining badiiy talqinlariga bag‘ishlanadi. Adabiyot xalq ma’naviyatining oynasi bo‘lib, unda insoniy qadriyatlar, ijtimoiy hayot va ruhiy jarayonlar o‘z aksini topadi. Ayol mehr-muhabbat, sadoqat va fidoyilik timsoli sifatida badiiy ijodda alohida o‘rin egallashi kabi masalalar Oybek, Zulfiya Isroilova, Saida Zunnunova, Cho‘lpon, Abdulla Qodiriy, Abdulla Qahhor va boshqa ijodkorlar asarlari misolida yoritilib berilgan. Kalit so`zlar: Ayol obrazi, “Navoiy” romani, ma’naviy va ruhiy jarayonlar, milliy qadriyatlar, fidoyilik, millatni ulug`lash, sabr-toqat. Oybek o‘z asarlarida ayol obraziga yuksak baho berib, uni jamiyat taraqqiyotidagi faol ishtirokchi sifatida tasvirlaydi. Xususan, “Navoiy” romanida Gavharshod begim obrazi donishmand, zukko va davlat ishlarida faol ayol sifatida gavdalanadi. Bu obraz orqali Oybek ayolning siyosiy, ma’naviy va madaniy hayotdagi o‘rnini ko‘rsatadi. Bundan tashqari, Oybekning “Qutlug‘ qon” romanida Dilbar obrazi o‘zbek qizining sof muhabbati, sadoqati va ijtimoiy tengsizlik qurboni sifatida gavdalanadi. U orqali yozuvchi o‘z davridagi ijtimoiy illatlar — jaholat, xurofot va adolatsizlikni fosh etadi. Oybek she’riyatida esa ayol ko‘proq ona va yor sifatida ulug‘lanadi. Shoir ayolni mehr, go‘zallik va ilohiy poklik ramzi sifatida tasvirlaydi. Adabiyotshunos olim Q. Yo‘ldoshev aytganidek, “Ayol obrazi o‘zbek adabiyotida faqatgina oilaviy hayot timsoli emas, balki millat ma’naviy qudratining ramzidir.”1 Bu fikr ayolning adabiyotdagi o‘rni keng qamrovli ekanini ko‘rsatadi. O‘zbek adabiyotida ayol obrazi davr va ijtimoiy hayot talablariga qarab turlicha talqin qilingan. Sovet davrida u ko‘proq mehnatsevarlik va ijtimoiy faollik timsoli sifatida ko‘rsatilgan bo‘lsa, mustaqillik davri adabiyotida ayolning ma’naviy dunyosi, shaxsiy kechinmalari va baxti asosiy mavzuga aylangan. Tadqiqotchilar ta’kidlaganidek, Zulfiya Isroilova va Saida Zunnunova lirikasida ayol siymosi xalqning quvonch va iztiroblari bilan uyg‘un holda tasvirlanadi hamda vatanparvarlik g‘oyalari bilan bog‘lanadi. Shoiralar lirikasida ham ayol obrazi jamiyat taqdiriga bevosita daxldor, xalqning og‘riq va quvonchlari bilan uyg‘un holda tasvirlanadi. Shoira Zulfiya o‘z she’riyatida ayol obrazini, eng avvalo, ona, yor va vatanparvar inson sifatida talqin qiladi. Uning “Ona” she’rida ona siymosi beqiyos mehr-muhabbat, sabr-toqat va fidoyilik timsoli sifatida yuksak badiiy ifodasini topadi. Zulfiya ijodida ayol faqatgina oiladagi mehribon ona yoki sadoqatli yor emas, balki xalq taqdiriga befarq bo‘lmagan, jamiyat oldida mas’uliyatli inson sifatida ham gavdalanadi. Shoiraning lirik qahramonlari mehribon, sadoqatli, ammo ayni paytda kurashchan, orzu-armonlari keng ayollardir. Saida Zunnunova asarlarida ayol obrazi kuchli iroda, qat’iyat va ijtimoiy faollik bilan ajralib turadi. 1 Q.Yo`ldoshboyev “Adabiyot nazariyasi asoslari” (Toshkent: Fan va texnologiya, 2011) 322 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 9 Adiba o‘z asarlarida ayollarning jamiyatdagi o‘rni, erkaklar bilan teng huquqli bo‘lishi masalasini ko‘taradi. Uning she’rlarida ayol qahramonlar hayotdagi qiyinchiliklarga bardoshli, oilasi va jamiyati oldida mas’uliyatni his qiluvchi inson sifatida gavdalanadi. Zunnunova ijodidagi ayol obrazi — bu faqatgina oila doirasidagi ayol emas, balki millat kelajagini tarbiyalovchi, ijtimoiy hayotda faol ishtirok etuvchi shaxsdir. O‘zbek adabiyotida erkak adiblar ham ayol obrazini yuksak darajada badiiy talqin qilganlar. Cho‘lponning “Kecha va kunduz” romanida Zaynab obrazi o‘zbek ayolining og‘ir taqdiri, ijtimoiy tengsizlik va jaholat qurboni sifatida tasvirlanadi. Shu bilan birga, Zaynab siymosida ayolning ma’sumligi, sadoqati va ezgu orzulari ifodalanadi. Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar” romanidagi Kumush obrazi milliy adabiyotimiz tarixida o‘chmas iz qoldirgan. Kumush — sadoqat, vafodorlik, go‘zallik va poklik timsoli. U bilan bir qatorda Otabek va Kumush muhabbati orqali Qodiriy o‘zbek adabiyotida birinchi milliy roman janrini yaratdi. Abdulla Qahhor asarlarida ayol obrazi ko‘proq oddiy xalq vakili sifatida, hayotiy qiyinchiliklarga bardosh beruvchi inson qiyofasida gavdalanadi. Masalan, uning “Sinchalak”, “O‘g‘ri” kabi asarlarida oddiy o‘zbek ayolining sabr-toqati, qanoati va mehnatkashligi ifodalanadi. O‘tkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari” romanida ona siymosi butun asarning ma’naviy asosini tashkil etadi. Bu romandagi ona obrazi o‘zbek xalqining mehribon, sabrli va dono ayoli timsolida gavdalanadi. Ayol dunyoni tebratuvchi, naslni yaratuvchi, go`zallik, aql va donishmandlik timsoli sifatida qadim zamonlardan beri o`rganib kelinadi. Hozirgi o`zbek nasridagi ayollar mavzusi bilan bog'liq jarayonlar aslida xalq ijodi bilan ham bog'lanadi. Hozirgi o`zbek nasrida yaratilgan Ayollar obrazi va uning inja ruhiyatini tadqiq etish va o`zbek ayolining turfa qiyofalari turli davrlarda turlicha tasvirlandi. Masalan, ezilgan, haq-huquqsiz ayollar, mafkuralashgan jamoatchi ayol,

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqola o‘zbek adabiyotida ayol obrazining badiiy talqinlariga bag‘ishlanadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqola o‘zbek adabiyotida ayol obrazining badiiy talqinlariga bag‘ishlanadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Ayol obrazi, millatni ulug`lash, fidoyilik, ma’naviy va ruhiy jarayonlar, sabr-toqat., “Navoiy” romani, milliy qadriyatlar
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники