К содержанию
РецензированоUZ1936

ABDULLA QAHHORNING “O‘G‘RI” HIKOYASI TAHLILI

Abdullayeva Tursunoy Bahrom qizi

Современная наука и исследования · 2 · 1936

Аннотация

Ushbu maqolada Abdulla Qahhorning “O‘g‘ri” hikoyasidagi ijtimoiy- tanqidiy mazmun ochib berilgan. Asar qahramoni Qobil bobo timsolida o‘sha davr xalqining oddiy, soddadil va ishonuvchan qiyofasi tasvirlanadi. Kalit so‘zlar: Qobil bobo, amaldorlar, xalq, tanqid, realistik tasvir, ijtimoiy adolatsizlik. Abdulla Qahhor — o‘zining teran kuzatuvchanligi, o‘tkir satirik qalamiga ega bo‘lgan adib. U o‘z asarlarida jamiyatdagi illatlarni, ijtimoiy adolatsizliklarni, xalq hayotidagi og‘riqli nuqtalarni aniq va ta’sirchan tarzda ifodalagan. “O‘g‘ri” hikoyasi ham shunday asarlardan biridir. Hikoya 1936-yilda yozilgan bo‘lishiga qaramay, undagi ijtimoiy muammolar hozirgi kunimizda ham o‘z dolzarbligini yo‘qotmagan. Hikoya bir qarashda oddiy voqeadan — Qobil boboning ho‘kizi o‘g‘irlanishi bilan boshlanadi. Ammo bu sodda syujet ortida o‘sha davr jamiyatining mohiyati, oddiy xalq va mansabdorlar o‘rtasidagi chuqur tafovut, muammolarga befarqlik, poraxo‘rlik, amalparastlik kabi illatlar yotadi. Qobil bobo halol dehqon, hayotini ho‘kizi bilan bog‘lagan. Unga ho‘kiz nafaqat moliyaviy manba, balki hayotning o‘zi, orzu-umidi, kuch-qudratining timsoli. Shu sababli ho‘kizning yo‘qolishi – Qobil bobo uchun hayotiy fojiadir. Lekin uning dardini tushunish o‘rniga, amaldorlar bu holatdan foyda ko‘rishga urinadi. Ellikboshi, amin, pristav va boshqa arboblar o‘zlarini yelkadoshdek ko‘rsatib, go‘yoki yordam bermoqchidek tutinishadi, ammo bularning barchasi faqat Qobil bobodan pul, sovg‘a va duo olish uchun qilinadi. Har bir amaldor unga umid bag‘ishlaydi, ammo bu yolg‘on umid bo‘lib chiqadi. Ular o‘z vazifasini bajarayotgandek ko‘rinadi, lekin aslida hech kim hech narsa qilmaydi. Bu yerda muallif o‘quvchiga chuqur fikr berib ketadi — haqiqiy “o‘g‘ri” kim? Ho‘kizni devor teshib olib ketgan kishi emas, balki xalqning og‘ir holatidan, muammosidan foydalanib, undan foyda ko‘radigan amaldorlar haqiqiy o‘g‘ridir. Demak, “O‘g‘ri” nomi ramziy ma’no kasb etadi. U biz kutgan voqea o‘g‘risiga emas, balki hayotni o‘g‘irlaydigan, xalq ishonchini o‘maradigan mansabdor shaxslarga ishora qiladi.nYana bir e’tiborli jihati — hikoyada xalqning ishonuvchanligi, og‘ir holatga tushganda baribir umid bilan yuqori tizimga yuz tutishi, haqiqatni ulardan kutishi tasvirlanadi. Qobil boboning kampiri azayimxonga qatnashi, duo qilishlari, sovg‘alar berishlari — bular xalqning chorasizligini, najotni faqat boshqalardan kutishini ko‘rsatadi. Muallif bu orqali xalqni ham uyg‘onishga, o‘z haqiqatini o‘zi talab qilishga undayotgandek tuyuladi. Asarda ishlatilgan maqollar, iboralar ham hikoyaning mazmunini yanada chuqurlashtiradi. Masalan, “Otning o‘limi – itning bayrami” degan epigraf butun hikoyaning asosiy g‘oyasini mujassamlashtiradi. “Ot” — halol, mehnatkash xalq bo‘lsa, “it” — ularning boshiga kulfat tushgan paytda undan foyda ko‘radigan amaldorlardir. Yoki “Dehqonning uyi kuysa kuysin, ho‘kizi yo‘qolmasin” degan jumla orqali ho‘kizning ahamiyati, xalq hayotidagi o‘rni chuqurroq ochib beriladi. Qobil boboga oxir-oqibat bir emas, ikki ho‘kiz beriladi. Ammo bu “muruvvat” orqasida ham yana bir shart, manfaat yashiringan. 276 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 9 Bu shart “kuzda ma’lum bo‘ladi” degan jumla orqali muallif tomonidan mahorat bilan ochiq qoldiriladi. Ya’ni hech bir yordam bepul emas, hatto shafqat ortida ham shaxsiy foyda yotadi. Hikoya bizga shuni o‘rgatadiki, hayotdagi haqiqiy “o‘g‘ri” — bu nafaqat mol-mulkni o‘g‘irlovchi kimsalar, balki odamlarga yolg‘on umid berib, ulardan moddiy yoki ma’naviy foyda ko‘ruvchilardir. Bu esa bizni jamiyatning tub masalalari — adolat, halollik, halol mehnat qadri, insoniy munosabatlar haqida chuqurroq fikr yuritishga undaydi. Qobil boboning ho‘kizi oddiy bir hayvon emas — u xalqning umr umidi, mehnat qudrati, hayotining ma’naviy asosidir. Uning yo‘qolishi bir insonning butun dunyosining qulashi bilan barobar. Ammo eng achinarlisi — bu yo‘qotishga hech kim chin dildan hamdard emas. Yordam va’da qilganlarning har biri aslida faqat o‘z foydasini ko‘zlaydi. Yordam va'dalari orqasida manfaat, pora, “sovg‘a” turgani har bir sahnada ayon bo‘ladi. Adib bu holatni juda chuqur va badiiylashtirilgan uslubda ko‘rsatadi. Har bir obraz orqasida hayotiy timsollar yashiringan. Amin, ellikboshi, pristav kabi obrazlar orqali o‘sha davr jamiyatining ijtimoiy tuzilmasi tanqid ostiga olinadi. Qobil bobo esa xalqning ramzidir — u zo‘ravonlik, befarqlik va ustidan kulishga dosh berayotgan, hayotda haqiqat istab yashayotgan mehnatkash odamdadir. Bugungi o‘quvchi bu hikoyani faqat o‘tmish yodnomasi sifatida emas, balki hozirgi hayotdagi ba’zi muammolarning ildiziga nazar solish uchun ham o‘qishi lozim. Chunki Qobil bobo kabi xalq vakillari hanuz mavjud, va ular hanuz haqiqat izlab, ba’zan yolg‘on umid bilan aldanyapti. Bu asar adabiyot orqali hayotdagi adolatsizliklarga e’tibor qaratishning kuchli vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Shunday ekan, “O‘g‘ri” hikoyasi bizga adolatli jamiyat sari intilish, mansabdorlarning mas’uliyatin

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada Abdulla Qahhorning “O‘g‘ri” hikoyasidagi ijtimoiy- tanqidiy mazmun ochib berilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada Abdulla Qahhorning “O‘g‘ri” hikoyasidagi ijtimoiy- tanqidiy mazmun ochib berilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
xalq, ijtimoiy adolatsizlik., realistik tasvir, amaldorlar, Qobil bobo, tanqid
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники