К содержанию
РецензированоRU2026

NOMINATSIYALAR VA BADIIY ASARLARDA "TABU" ISTILOHINING YETAKCHILIK XUSUSIYATLARI VA O'RNI

Ochilova Shahzoda Hamdamovna

Современная наука и исследования · 2 · 2026

Аннотация

В этой статье представлена подробная информация о табу наименованиях и номинациях. В произведениях искусства отражены имена, данные новорожденному ребенку, и имена, данные в разных случаях. Также в связи с присвоением имен приводятся примеры из произведения народного писателя Узбекистана О'ткира Гашимова «Дела мира», из повести «Каракоз Меджнун» мастера острого смеха Саида Ахмеда и из романа «Ота» Улугбека Хамдама. Ключевые слова: имена, номиинация, табу, имена, астропонимика, номинативное значение, переносное значение, cтрах, ономасиология. LEADERSHIP FEATURES AND ROLE OF "TABOO" CONQUEST IN NOMINATIONS AND WORKS OF ART Annotation. This article provides detailed information about naming taboos and nominations. The works of art reflect on the names given to the newborn baby and the names given on different occasions. Also, in connection with giving names, examples are given from the work of the national writer of Uzbekistan O'tkir Hashimov's "World's affairs", from the story "Karakoz Majnun" by the master of sharp laughter Said Ahmed, and from the novel "Ota" by Ulugbek Hamdam. Key words: names, namination, taboo, names, astroponymics, nominative meaning, figurative meaning, fear, onomasiology. O'zbek tilidagi ismlarning aksariyatida dunyoga kelgan go‘dakni turli xavflardan himoya qilish g‘oyasi, niyati mujassamlashgan bo'ladi. Chaqaloqqa ismni ota-onasi, qarindoshlari yoki oiladagi keksa kishilar tanlaydilar. Qanday ism qo‘yilishi estetik va etik tamoyillarga, ism qo‘yuvchining orzu-istaklari, tasavvur va dunyoqashi va milliy xususiyat bilan o'zaro bog'liqdir. Qadim-qadimdan ism qo'yishning turli rasm-rusum udumlari saqlanib qolgan, chunki bolaning sog‘- omon bo'lishi, yashab ketishi, kelajakdagii baxti unga qo'yiladigan ism bilan bog‘liq deb o'ylashgan. Hadislarda ham bolaga chiroyli ism qo'yish ota-onaning muhim vazifasi hisoblangan. Abu Dardo roziyallohu anhu Rasululloh sollallohu alayhi va- sallamdan rivoyat qiladi: “Albatta sizlar Qiyomat kuni o‘z ismlaringiz va otalaringiz ismi bilan chaqirilasizlar. 272 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 9 Bas (shunday ekan), ismlaringizni chiroyli qilinglar!” (Abu Dovud, Imom Ahmad, Dorimiy, Ibn Hibbon “Sahih”da,Bayhaqiy “Shu’abul iymon”da rivoyat qilgan).Ushbu hadisda bandalar Qiyomat kunida o‘z ismlari va otalari ismi bilan chaqirilishi ta’kidlanib, ularni chiroyli va ma’nodor ismlar qo‘yishga targ‘ib qilinmoqda. Kishiga muvaffaqiyatli tanlangan ism uning taqdiri, hayotiga ta'sir ko'rsatadi, kishi o‘z ismiga o'xshaydi, deb ishonishadi. Bu soha astroponimika deb ataladi. Bundan tashqari onomasiologiya ham shu terminni ifodalaydi. Onomasiologiya – leksik birliklarni nomlash va tushuncha anglatish prinsiplari hamda qonuniyatlari haqida ma’lumot beruvchi soha Nominativ ma'no – biror narsa, belgi yoki harakatning nomi bo‘lib xizmat qiluvchi ma'no hisoblanadi. Nominativ ma'no voqelik bilan bevosita bog‘lanadi. Masalan, gul- leksemasining nominativ ma'nosi o‘simlik turlaridan birini anglatadi (Bu nominativ ma'no – shu leksemaning bosh to‘g‘ri ma'nosi hisoblanad)i. Shu leksema yigitlarning guli- kabi bog‘lanishda sara , noyob kabi ma'noni anglatadi. Bu ma'no – figural ma'no, chunki bunday ma'no shu hodisaning nomiga aylangan emas. Bunday ma'no obrazlilik, majoz hosil etish uchun xizmat qiladi. Gul – o‘simlik nomi – bevosita voqelik bilan bog‘lanadi, gul-sara , noyob ma'nosi figural ma'no bo‘lib, voqelik bilan bu leksemaning nominativ ma'nosi orqali bog‘lanadi. Buyuk mutafakkir Alisher Navoiy she’rlarini yig‘ib, “Devoni Foniy” nomi bilan alohida kitob tuzgan. Ushbu maqolada mazkur devon tarkibiga kirgan “Sittai zaruriya” qasidalar turkumidagi gul timsollari xususida so‘z yuritiladi. “Sittai zaruriya”da rayhon, sunbul, nargis, lola, yosmin kabi gul timsollari orqali oshiq ahlining ko‘nglida porlagan ilohiy nur va uning turli shakllarda jilva qilishiga ishora qilinadi. Jumladan, gul ma’shuqa jamoli, Haq tajalliysi timsoli sifatida ishlatiladi. Badiiy asarlarda ham biz ism qo‘yilishi bilan bog‘liq holatlarni uchratamiz. Bu yozuvchi tomonidan alohida ochib berilgan. Jumladan, O'tkir Hoshimovning " Dunyoning ishlari " asarida Ermon buvaning o‘g‘li Oltmishtvoy haqida shunday deyilgan: - Avvaliga Habiba buvi oltmishta tuqqani uchun oti shunaqa deb o‘ylagan edim. Yo'q, keyin tushundim. Oltmishtvoy Ermon buva oltmishga kirganda tug'ilgan ekan. Matndan xulosa qilishimiz mumkinki, ota-ona o‘z yoshiga moslab ham ism qo'yishi mumkin ekan. Bunda Ermon buvaning avvalgi farzandlari yosh vaqti vafot etganligi sababli o'zgacha ism qo'yilishi bilan bog‘lasak ham bo‘ladi. Agar oilada birin-ketin yosh farzandlar vafot etsa, keyingi farzandlarga Turg'un, O'lmas, Turdi kabi ismlarni qo'yishgan. Yana bir misol tariqasida Said Ahmadning " Qorako'z majnun" asaridagi Bo‘rixonni keltiraylik: - Saodat aya shu bolasiga to‘lg‘oq tutayotganda oftob charaqlab turardi- yu, yomg‘ir sharros qo'yayotgan edi.Derazadan hovliga qarab turgan doya xotin: " Bo‘ri bolalayapti", degandi. Shuning

Доказательный фрагмент

«В этой статье представлена подробная информация о табу наименованиях и номинациях.»

Образец извлечения

Демо-превью

В этой статье представлена подробная информация о табу наименованиях и номинациях. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
names, namination, taboo, names, astroponymics, nominative meaning, ismlar, naminatsiya, qo'rquv, figural ma'no, onomosiologiya., astroponimika, nomlar, nominativ ma'no, tabu
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники