Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
TASHQI OMILLARNING INSON RUHIYATIGA TA’SIRI
Tursunova Parizoda Jamshid qizi
Современная наука и исследования · 2 · 2026
Аннотация
The present study examines the impact of external factors-particularly the Internet, social networks, and television-on human psychology. Special attention is given to the phenomenon of “clip thinking,” which has become increasingly prevalent among the younger generation under the influence of rapid media consumption. The paper discusses the psychological risks associated with exposing children to mobile devices at an early age, including reduced attention span and diminished patience. Furthermore, the study substantiates the pedagogical and social importance of fostering media literacy as a key strategy to mitigate these negative effects and to ensure a more sustainable psychological development. Keywords: psychology, external factors, Internet, television, scandal situations, social isolation, sense of loneliness, depression, sleep disorders, clip thinking, manipulative content. Kirish. XXI asrda inson hayoti tashqi omillar: “global kommunikatsiya vositalari”, internet, ijtimoiy tarmoqlar va televideniyedan bevosita ta’sirlanmoqda. Bu ommillar insonning ruhiy holati, hissiyoti, muloqot madaniyati va kognitiv jarayonlariga ta’sir ko‘rsatadi. Xususan, ularda namoyish etilayotgan turli xildagi skandal (shov-shuvli) vaziyatlarga boy materiallar, insonlarda ajablanish va qiziqishni orttirish natijasida ularga nisbatan tobelikni keltirib chiqarmoqda. Ijtimoiy tarmoqlar insonlarga muloqot, qo‘llab-quvvatlash va axbotot olish imkonini beradi. Ular bizning kundalik ishlarimizning ajralmas qismiga aylangan. Biz ular orqali bilim olib va ijodiy o‘sish imkoniyatlarini yaratamiz. Adabiyotlar tahlili va mushohada Tadqiqotlarga ko‘ra odamlar ijtimoiy tarmoqlardan kuniga 2, 3 soat foydalanadilar[1]. Ammo ortiqcha foydalanish insonlarda axborot ortiqchaligi, charchoq, vaqtni yo‘qotish va ruhiy stressni kuchaytiradi. Internetga qaramlikning o‘sishi, o‘z-o‘zini nazorat qila olmaslik, tashvish va ijtimoiy izolyatsiya kabi holatlarni paydo qiladi[2]. Shuningdek, boshqalar bilan o‘zini solishtirish, yolg‘izlik hissi, depressiya va tashvish darajasining ortishiga ham olib kelishi mumkin. 264 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 9 Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (WHO) 2024-yildagi hisobotida ortiqcha ekran va tarmoqlardan foydalanish uyqu buzilishi va yoshlarning o‘zini past baholashiga olib kelishini qayd etgan[3]. Raqamli texnologiyalar va ijtimoiy tarmoqlarning keng tarqalishi zamonaviy yoshlar tafakkurida o‘ziga xos yangicha hodisani yuzaga keltirdi. Bu holat ilmiy adabiyotlarda “клиповое мышление” yoki “klipcha tafakkur” deb ataladi. Klipcha tafakkur- bu inson ongida ma’lumotni qisqa, parcha-parcha ko‘rinishda idrok etish va uni tezkorlik bilan qayta ishlashga asoslangan tafakkur turi. Uchbu jarajon odatda tez almashib turadigan visual axborot - qisqa videolar, reklama roliklari, ijtimoiy tarmoq postlari ta’sirida shakllanadi. Asosiy belgilari: ✓ Axborot qisqa bo‘laklarda idrok qilinadi ✓ Diqqat uzoq vaqt bir mavzuda ushlanmaydi, tez chalg‘iydi ✓ Ko‘proq yuzaki va vizual tarzda qabul qilinadi ✓ Tahliliy va mantiqiy bog‘lanishlar kuchsiz bo‘ladi ✓ O‘quv jarayonida bilimni chuqur o‘zlashhtirishga xalaqit beradi ✓ Yosh avlodda sabr-toqat va e’tiborning pasayishiga olib keladi ✓ Tezkor, ammo yuzaki fikrlashni shakllantiradi Bugungi kunda ko‘plab ota-onalar yosh bolalarni tinchlantirish yoki vaqtincha chalg‘itish maqsadida ularga telefon yoki planshet berib, turli videolarni tomosha qildirishmoqda. Bola qisqa roliklarga o‘rganib qolganida, kitob o‘qish yoki biror mavzuni chuqur tinglashi qiyinlashadi. Psixolog va mutaxasislarning ta’kidlashicha, bu holat bolaning ruhiy rivojlanishi uchun xavfli oqibatlarga olib kelishi mumkin. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti(WHO) tavsiyasiga ko‘ra, 2 yoshgacha bo‘lgan bolalarga ekran (telefon, televizor, planshet) umuman ko‘rsatilmasligi kerak. Chunki, bu davrda bolaning nutqi, hissiy-intellektual rivojlanishi va ijtimoiy ko‘nikmalari asosan, tirik muloqot orqali shakllanadi. Shuning uchun, biz qo‘yib berayotgan so‘zsiz, juda tez harakatlanayotgan videolavhalar, mutfilmlar oqibatida bolalar nutqida buzilishlar paydo bo‘lmoqda. Bolalarda tezkor multfilmlar qisqa muddatli e’tibor pasayishiga sabab bo‘ladi[4] . Telefon orqali ko‘rsatiladigan videolarning rang-barang va tezkor tasvirlari bolaning nerv tizimiga ortiqcha yuklama beradi, bu esa kelajakda diqqatini jamlash qobiliyatini pasaytiradi. Shu sababli, yosh bolalarni tinchlantirish murakkablashadi. Bu jarayonda tinchlantirish vositasi sifatida telefon emas, balki ertak o‘qish yoki o‘yinchoqlar orqali muloqot qilish tavsiya etiladi. Umuman olganda ijtimoiy tarmoqlarni na ijobiy va na salbiy tomonga butkul kiritib bo‘lmaydi. Eng afzali insonlar orasida media savodxonligini keng tadbiq etish. Media savodxonlikni keng yoyish orqali: insonlarning turli axborot manbalaridan oqilona foydalanish, yolg‘on va manipulativ kontentni farqlay olish, shuningdek axborotni tanqidiy tahlil qilish ko‘nikmasini shakllantirishga ega bo‘lami
Доказательный фрагмент
«The present study examines the impact of external factors-particularly the Internet, social networks, and television-on human psychology.»
Образец извлечения
Демо-превьюThe present study examines the impact of external factors-particularly the Internet, social networks, and television-on human psychology. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- psychology, external factors, Internet, television, scandal situations, social, uyqu buzilishi, skandal vaziyatlar, yolg‘izlik hissi, depressiya, televideniye, ijtimoiy izolyatsiya, tashqi omillar, ruhiyat, manipulativ kontent., klipcha tafakkur (клиповое мышление)
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Выпускные квалификационные работыUtegenova Gúlbaxar2015
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026