Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
YANGI MEHNAT QONUNCHILIGINING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI VA XALQARO TAJRIBA
XALQARO TAJRIBA · Fayzulloyeva Nigina Sherali qizi · МЕЖДУНАРОДНОГО ОПЫТА
Современная наука и исследования · 4 · 2025
Аннотация
This article discusses the specific features of the new Labor Code, the importance of introducing the "Unified National Labor System" interdepartmental software and hardware complex, as well as the results of studying international experience in regulating labor relations and establishing effective social protection for workers in Uzbekistan. Key words: “Unified national labor system” interdepartmental software-hardware complex, international labor organization, social partnership, public control, mediator, international experience and standards, gender equality, non-resident. Har qanday jamiyat boyligining manbai, insoniyat tomonidan moddiy va ma’naviy boylik yaratishning asosiy omili mehnatdir. Jamiyatning ijtimoiy shakli qanday bo’lishidan qat’i nazar, mehnat moddiy va nomoddiy ne’matlar ishlab chiqarishda zarur faoliyat bo‘lib qolaveradi. Davlatimiz rahbari ta’kidlaganidek, iqtisodiy islohotlar va ijtimoiy o‘zgarishlarning samarasi, birinchi navbatda, aholining moddiy ahvoli va farovonligiga, uning hayot darajasi va sifatiga qay darajada ta’sir ko‘rsatayotgani bilan o‘lchanadi. Bu o‘zgarishlar, umuman, aholi bandligini ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish, tadbirkorlikni rivojlantirish jarayonida dastlab 3 13 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ mehnat munosabatlarini tartibga soluvchi milliy qonun va qonunosti hujjatlarni zamon talabi asosida takomillashtirish, ularda umume’tirof etilgan tamoyillarni qamrab olishni taqozo etadi. Yangi tahrirdagi Mehnat kodeksda mehnat huquqlarining tengligi, mehnat va mashg‘ulotlar sohasida kamsitishni, mehnat erkinligi va majburiy mehnatni taqiqlash, mehnat sohasidagi ijtimoiy sheriklik, mehnat huquqlari ta’minlanishi va mehnat majburiyatlari bajarilishining kafolatlangani hamda xodimning huquqiy holati yomonlashishiga yo‘l qo‘yilmasligi yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlar va ular bilan bevosita bog‘liq ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solishning asosiy prinsiplari sifatida belgilangani uning o‘ziga xos xususiyatlaridan biri hisoblanadi. Bundan tashqari, kodeks bandlik, individual mehnat munosabatlari, xodimlarni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish, ayrim toifadagi xodimlar mehnatini tartibga solish xususiyatlari, xodimlarning mehnat huquqlarini himoya qilish, mehnat nizolarini ko‘rib chiqish kabi normalarni o‘z ichiga olgan. Hujjatning 175-moddasiga xodimning shaxsga doir ma’lumotlariga oid yangi normalar kiritildi. Prezidentimizning 2019-yil 31-oktyabrdagi “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori1ga muvofiq, mehnat shartnomasini tuzish va bekor qilish, shuningdek, unga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksida ro‘yxatdan o‘tkazilishi shartligi xodimning shaxsga doir ma’lumotlarini himoya qilishga xizmat qilmoqda. Muhimi, mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusiga ko‘ra yoki xodimning pensiya yoshiga to‘lishi munosabati bilan bekor qilishni taqiqlash nazarda tutildi. Zotan, amaldagi kodeksda mavjud bu boradagi bo‘shliqlar Xalqaro mehnat tashkilotining Mehnat va bandlik sohasidagi kamsitishlarni bartaraf etish to‘g‘risidagi konvensiyasiga mos kelmaydi. Yangi tahrirdagi Mehnat kodeksida ijtimoiy va huquqiy himoyaga muhtoj ishchilarning ayrim toifalari – ayollar va oilaviy majburiyatlarni bajarish bilan shug‘ullanadigan shaxslar, 18 yoshga to‘lmagan ishchilar, nogironlar, o‘rindoshlik asosida ishlovchilar, yakka tartibdagi tadbirkorlar mehnatini tartibga solishning o‘ziga xos xususiyatlari aks etgan. Masalan, ish beruvchi homilador ayollarga birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarida antenatal (tug‘ruqqacha) parvarishlash (perinatal skrining va tashxis, majburiy tibbiy ko‘rik va boshqa majburiy tibbiy muolajalar) uchun o‘rtacha ish haqi saqlangan holda qo‘shimcha bo‘sh kunlarni berishi lozim bo‘ladi. Xodimning ish stajiga qarab ishdan bo‘shatish nafaqasini tabaqalashtirish va bunda aynan ushbu tashkilotda ishlagan muddatini inobatga olish nazarda tutilgan. Deylik, 3 yilgacha ish stajiga ega xodimlarga beriladigan ishdan bo‘shatish nafaqasi o‘rtacha oylik ish haqining 50 foizidan, 15 yildan ortiq ish stajiga ega xodimlarga ajratiladigan ishdan bo‘shatish nafaqasi esa o‘rtacha oylik ish haqining 200 foizidan kam bo‘lishi mumkin emasligi belgilangan. Ish beruvchiga esa xodimlar bilan muddatsiz mehnat shartnomasi tuzish, shuningdek, muddatli mehnat shartnomasi tuzilishi mumkin bo‘lgan maksimal muddatni 5 yildan 3 yilgacha kamaytirish huquqi beriladi. 1 Qarang. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 31-oktabrdagi “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4502-son Qarori. Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.04.2022 y., 06/22/112/0326-son. 3 14 International scientific journal ISSN: 2181-
Доказательный фрагмент
«This article discusses the specific features of the new Labor Code, the importance of introducing the "Unified National Labor System" interdepartmental software and hardware complex, as well as the results of studying…»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article discusses the specific features of the new Labor Code, the importance of introducing the "Unified National Labor System" interdepartmental software and hardware complex, as well as the results of studying… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- “Unified national labor system” interdepartmental software-hardware, xalqaro tajriba va standartlar, jamoatchilik nazorati, mediator, xalqaro mehnat tashkiloti, norezident., gender tenglik, “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksi, ijtimoiy sheriklik
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024