К содержанию
РецензированоUZ2025

TEXNOLOGIYA FANIDA AMALIY MASHG‘ULOTLARNI TASHKIL ETISHNING METODIK XUSUSIYATLARI

METODIK XUSUSIYATLARI · Ibodov Alohidin Anvar o'g'li

Современная наука и исследования · 2025

Аннотация

Mazkur ishda umumta’lim maktablarida texnologiya fanini o‘qitishda amaliy mashg‘ulotlarni samarali tashkil etishning metodik asoslari yoritilgan. Amaliy mashg‘ulotlarning o‘quvchilar bilimini mustahkamlashdagi o‘rni, ta’lim jarayonida innovatsion yondashuvlar, mehnat ko‘nikmalarini shakllantirish mexanizmlari tahlil qilingan. Shuningdek, zamonaviy pedagogik texnologiyalarni amaliy mashg‘ulotlarga integratsiya qilish yo‘llari ham ochib berilgan. Kalit so‘zlar: texnologiya fani, amaliy mashg‘ulot, metodika, innovatsion yondashuv, ko‘nikma, metodik xususiyatlar, ta’lim sifati. Kirish: Mamlakatimiz ta’lim tizimida zamonaviy islohotlar amalga oshirilayotgani, har bir fanning mazmuni qayta ko‘rib chiqilayotgani ta’lim samaradorligini oshirishda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda. Texnologiya fani ham shular jumlasidan bo‘lib, uning amaliy yo‘nalishga egaligi sababli dars jarayonini tashkil etishda o‘ziga xos metodik yondashuvlarni talab etadi. Texnologiya darsi – bu nafaqat nazariy bilimlarni berish, balki o‘quvchilarda amaliy faoliyatni shakllantirish, kasbiy yo‘nalishga tayyorlash, ijodkorlik va tashabbuskorlikni rivojlantirish maydonidir. Shu sababli texnologiya fanining o‘quv jarayonidagi o‘rni boshqa fanlardan tubdan farq qiladi. Bugungi kunda dunyo tajribasi shuni ko‘rsatmoqdaki, ta’lim jarayonida amaliy mashg‘ulotlarga ustuvor o‘rin berish o‘quvchilarning nafaqat bilim darajasini, balki mustaqil fikrlashini, hayotiy vaziyatlarda qaror qabul qilish malakasini kuchaytiradi. Texnologiya fanida aynan amaliy mashg‘ulotlar o‘quvchilarning darsdagi ishtirokini faollashtirib, ularda kasbiy qiziqishni uyg‘otadi. Ta’lim samaradorligiga ta’sir qiluvchi asosiy omillar sifatida: metodik yondashuvlar xilma-xilligi, fanlararo integratsiya imkoniyatlari, zamonaviy texnologik vositalardan foydalanish, ijodiy muhit yaratish kabi jihatlar alohida ta’kidlanadi. Shuningdek, ushbu bobda amaliy mashg‘ulotlarning nazariy asoslari, ularni tashkil etishda pedagog oldida turgan vazifalar va amaliy metodlarning afzalliklari yoritiladi. Bugungi globallashuv sharoitida ta’lim tizimi oldida turgan asosiy vazifalardan biri – o‘quvchilarning nazariy bilimlarini amaliy faoliyat bilan uyg‘unlashtirish, ularni hayotga tayyorlash va mehnat ko‘nikmalarini shakllantirishdir. Shu maqsadda umumta’lim maktablarida o‘qitiladigan Texnologiya fani alohida o‘rin egallaydi. Texnologiya fani o‘quvchilarga turli kasb-hunar asoslarini o‘rgatish, ijodiy tafakkurini rivojlantirish, iqtisodiy savodxonlikni oshirish va kelajak kasbini ongli tanlashga yordam beradi. Ushbu bobda texnologiya fanini o‘qitishning maqsad va vazifalari, metodlari hamda innovatsion yondashuvlari yoritiladi. Texnologiya fanini o‘qitishning maqsad va vazifalari 115 Sentabr, 2025-Yil Asosiy maqsad: o‘quvchilarni mehnat faoliyatiga tayyorlash, texnik va ijodiy tafakkurni rivojlantirish, ularda kasb-hunarga qiziqish uyg‘otish. Vazifalari:  texnika va texnologiyaga oid bilimlarni berish;  amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish;  xavfsizlik qoidalariga rioya qilishni o‘rgatish;  iqtisodiy va ekologik savodxonlikni rivojlantirish;  o‘quvchilarni kelajak kasbini ongli tanlashga yo‘naltirish. Ta’lim samaradorligiga ta’sir qiluvchi asosiy omillar sifatida:  metodik yondashuvlar xilma-xilligi,  fanlararo integratsiya imkoniyatlari,  zamonaviy texnologik vositalardan foydalanish,  ijodiy muhit yaratish kabi jihatlar alohida ta’kidlanadi. Shuningdek, ushbu bobda amaliy mashg‘ulotlarning nazariy asoslari, ularni tashkil etishda pedagog oldida turgan vazifalar va amaliy metodlarning afzalliklari yoritiladi Asosiy qism: 1. Amaliy mashg‘ulotlarning pedagogik mohiyati Texnologiya fanidagi amaliy mashg‘ulotlar o‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash, mehnat faoliyatiga qiziqish uyg‘otish hamda kasb-hunarga yo‘naltirishda asosiy vosita hisoblanadi. O‘quvchilar amaliyot davomida materiallar bilan ishlash, qurilish, tikuvchilik, elektr jihozlari, pazandachilik, qishloq xo‘jaligi kabi yo‘nalishlarda ko‘nikma hosil qiladi. 2. Metodik yondashuvlarning xususiyatlari. Amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etishda quyidagi metodik yondashuvlar samarali hisoblanadi: Ko‘rsatib berish va tushuntirish: o‘qituvchi avvalo ish jarayonini namoyish qiladi, keyin o‘quvchilar uni mustaqil bajaradi. Bosqichma-bosqich o‘qitish: murakkab ishlarni kichik qismlarga bo‘lib o‘rgatish samarali natija beradi. Mustaqil ijodiy faoliyat: o‘quvchilar o‘z loyihalarini ishlab chiqadi va amalda bajaradi. Muammoli vaziyat yaratish: o‘quvchilarni muayyan masalani hal qilishga undash orqali ularning fikrlashini rivojlantirish. 3. Amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etish bosqichlari. Amaliy mashg‘ulotlar uch bosqichda tashkil etiladi: tayyorgarlik bosqichi – o‘quvchilarga maqsad va vazifalar tushuntiriladi; asosiy bosqich – bevosita amaliy ish bajariladi; yakuniy bosqich – natijalar tahlil qilinadi, xatolar ko‘rib chiqiladi va umumlashtirish amalga oshiriladi. 4. Innovatsion texnologiyalarning qo‘llanilishi. Bugungi ta’limda AKT vosit

Доказательный фрагмент

«Mazkur ishda umumta’lim maktablarida texnologiya fanini o‘qitishda amaliy mashg‘ulotlarni samarali tashkil etishning metodik asoslari yoritilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur ishda umumta’lim maktablarida texnologiya fanini o‘qitishda amaliy mashg‘ulotlarni samarali tashkil etishning metodik asoslari yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
innovatsion yondashuv, metodik xususiyatlar, amaliy mashg‘ulot, ko‘nikma, metodika, texnologiya fani, ta’lim sifati.
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники