К содержанию
РецензированоUZ2026

OYXONIM QADIMIY SHAHRI TARIXI

Qo‘chqarov Temirbek Baxromjon o‘g‘li · Abdumutalova Mahliyo Sherzod qizi · Kalit so‘zlar: Oyxonim · Aleksandiya Oksiana · Makedoniyalik Aleksandr

Современная наука и исследования · 2 · 2026

Аннотация

Maqolada qadimgi Yunon-Baqtriya davlatida ellinizm davrida Makedoniyalik Aleksandr vositasida bunyod etilgan, davlatning markaziy shaharlaridan biri bo‘lgan Oyxonim (qadimgi Aleksandiya Oykumeniya) haqida ma’lumot berilgan. Kalit so‘zlar: Oyxonim, Ellinizm, Aleksandiya Oksiana, Makedoniyalik Aleksandr, Greklar. Oyxonim shahri nomi bilan shuhrat qozongan (Oyxonim tepaligi) hozirgi zamonda Moh xonim yoki Oyxonim shahri oti bilan tanilib kelmoqda. Ushbu shahar aslida Yunon-Baqtriyaga qarashli mudofaviy shaharlardan biri qatoriga kiradi. Ushbu qadimiy mintaqa hozirgi Badaxshon va Taxxor viloyatlari hududida oqib turgan Ko‘kcha va Amudaryoning suvlari bir-biriga qo‘shiladigan qismida paydo bo‘lgan. Oyxonim qadimiy yunon-Baqtriya shahri bo‘lib, yunon madaniyati ta’siri ostida, murakkab me’moriy tuzilishga ega bo‘lgan. Uni Aleksandr Makedonskiy asos solgan deya qabul qilishadi — bu olimlarning umumiy mulohazasi. Shuningdek, topilgan tarixiy artefaktlar yunon, hind-yunon arxitekturasi va san’atining boy izlarini saqlagan. Shahar hududida bronza davrida allaqachon aholi punkti mavjud edi. Qazishmalar bu yerda Ahamoniylarning harbiy mavjudligini ko‘rsatadi. Ilgari joylashgan aholi punktlarining yirik shahar markaziga aylanishi Selevk Nikator davriga toʻgʻri keladi va miloddan avvalgi IV-III asrlar boshi bilan bogʻliq. Shaharning gullagan davri miloddan avvalgi III-II asrlarga toʻgʻri keladi, oʻshanda koʻpchilik binolar qurilgan. Shaharning vayron boʻlishi miloddan avvalgi II asr oʻrtalarida (miloddan avvalgi 135-yillarda) eron tilida soʻzlashuvchi koʻchmanchi qabilalar (avval skif-saklar, soʻngra toxarlar, yaʼni yuechjilar nomi bilan ham tanilgan) Baqtriyaga bostirib kirishi bilan bogʻliq. O‘shandan beri shahar qayta tiklanmagan. 1838 yil 18-martda Jon Vud ismli ingliz askar-tadqiqotchisi Sharqiy Hindiston kompaniyasi vakili sifatida Badahshonga sayohat qilgan edi. Unga yo‘lboshchilari bu hududda qadimiy shahar borligi haqida ma’lumot berishgan, mahalliy aholi uni Babarra deb atashgan. Shaharning kashfiyoti va tadqiqi qadimiy narsalarni juda yaxshi ko‘radigan afg‘on shohi Zohirshoh nomi bilan bog‘liq. Podshohning 1961 yilda mamlakat hududlari bo‘ylab sayohatlaridan birida mahalliy ma’muriyat vakillari qirol uchun an’anaviy yo‘lbars ovini uyushtirishdi, ammo Zohirshohning tarixiy sevimli mashg‘ulotlarini bilib, ov yo‘li “...yerdan tosh ustunlar qotib qolgan” hududdan o‘tishi uchun uni tashkil qilishdi. Qirol, tabiiyki, qadimiy binolar qoldiqlarini topdi va bu haqda Afg‘onistondagi Fransiya arxeologik missiyasi direktori lavozimini egallagan Daniel Shlumbergerga xabar berdi. Schlumberger va uning yordamchisi Pol Bernard tarixiy obyektga borishdi. Obyektni tekshirishning o‘zi va qazilgan materialning tabiati bizga Osiyo qarida ellinistik shaharning noyob kashfiyoti haqida gapirishga imkon berdi (1964). Ushbu kashfiyot Osiyodagi ellinistik madaniyatning tabiati va sifat xususiyatlari haqidagi g‘oyalarni sezilarli darajada o‘zgartirdi. Oyxonim - qadimgi shahar xarobasi miloddan avvalgi IV asr oxiridan II asrning ikkinchi yarmida, ellinizm davrida, yunon kolonistlari tomonidan yunon shaharsozligi tamoyillariga 242 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 9 asoslanib qurilgan. Ushbu shahar Makedoniyalik Aleksandr yoki Selikoslar shaxsiy tashabbusida qurilmagan holda ham, lekin o‘sha zamonda yashagan Kaniyos nomli me’mor va banno qo‘lida qurilgani qayd etiladi. Chunki uning qabri Oy Xonim shahri ichida topilganligi ushbu da’vomizga katta hujjat. Mazkur maqbara yonida bir tosh bitik ham topilgan, ushbu tosh bitikni topilishi o‘zidan o‘zi o‘ta qimmatli ma’lumotlarni tarix va arxelogik olimlar ixtiyorida qo‘yadi. Oyxonim yuqori (qal’a) va quyi (shahar), shuningdek, uning shimoliy-Sharqiy tomonida joylashgan shahar atrofidan iborat. Oyxonimning dastlabki 2 qismi qalin mudofaa devorlari bilan o‘rab olingan. Quyi shahar qismida saroy, ibodatxona, yoshlar ta’lim-tarbiya oladigan gimnaziy yoki palestra xarobalari ochilgan; undan Germey va Gerakl sha’niga bitilgan yunoncha ma’rifiy yozuvlar topilgan. Shahar markazida geroyon - shaharga asos slogan kishi yoki uning faxriy fuqarosining maqbarasi joylashgan. Qal’a yaqinidan teatr, shaharning asosiy ko‘chasi, uy xarobasi topilgan. Shahar atrofidan esa maqbara, ibodatxona va turar joy qoldiqlari chiqqan. Oyxonimdan moddiy va badiiy madaniyatning turli xildagi ko‘plab obidalari, tangalar, yunon epigrafikasi yodgorliklari, Geraklning bronza haykali, o‘smir haykali, ibodatxonaga o‘rnatilgan ulkan marmar haykalning 5 Panjali oyoq qismi, ibodatxonadan Salavkiylar, Yunon- Baqtriya, hind-yunon va hind mis va oltin tangalari, temir buyumlar, qimmatbaho toshlar xazinasi topilgan. Oyxonum (Ai-Xanum) faqat siyosiy markaz emas, balki madaniyat va turmush tarzida yunoncha va mahalliy baqtriyona unsurlar uyg‘unlashgan joy bo‘lgan. 1978 yilda ish to‘xtatilgandan so‘ng, mahalliy aholi posyolkada ishlay boshladilar va qadimgi shahar xarobalari ostida ko‘milgan son-sanoqsiz xazinalarni qidir

Доказательный фрагмент

«Maqolada qadimgi Yunon-Baqtriya davlatida ellinizm davrida Makedoniyalik Aleksandr vositasida bunyod etilgan, davlatning markaziy shaharlaridan biri bo‘lgan Oyxonim (qadimgi Aleksandiya Oykumeniya) haqida ma’lumot ber…»

Образец извлечения

Демо-превью

Maqolada qadimgi Yunon-Baqtriya davlatida ellinizm davrida Makedoniyalik Aleksandr vositasida bunyod etilgan, davlatning markaziy shaharlaridan biri bo‘lgan Oyxonim (qadimgi Aleksandiya Oykumeniya) haqida ma’lumot ber… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Greklar., Makedoniyalik Aleksandr, Oyxonim, Ellinizm, Aleksandiya Oksiana
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники