Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
TASAVVUFDA ISHQ – ILOHIY MUHABBAT VA MA’RIFAT MANBAI
Ozodaxon Choriyeva
Современная наука и исследования · 2 · 2026
Аннотация
Maqolada tasavvuf falsafasida “ishq” tushunchasining mohiyati va mazmuni keng yoritiladi. So‘fiylik ta’limotida ishq nafaqat Allohga bo‘lgan muhabbatning yuksak ifodasi, balki ma’rifat sari eltuvchi, ruhiy poklanish va komillikka yetaklovchi eng asosiy vosita sifatida talqin qilinadi. Xususan, Jaloliddin Rumiy, Alisher Navoiy va boshqa mutafakkirlarning asarlarida ishq inson qalbini ilohiy haqiqatga yaqinlashtiruvchi, ruhiyatni tarbiyalovchi kuch sifatida namoyon bo‘lishi tahlil qilingan. Shuningdek, ishqning tasavvufiy adabiyotdagi ramziy talqinlari, uning poetik obrazlar orqali ifodalanishi ham ilmiy izohlanadi. Kalit so‘zlar: tasavvuf, ishq, ilohiy muhabbat, ma’rifat, ruhiy komillik, so‘fiy mutafakkirlar, tasavvufiy adabiyot. Annotation. The article provides a comprehensive analysis of the concept of “Ishq” in Sufi philosophy. Within Sufi teachings, ishq is understood not only as the highest expression of love for God but also as a key path leading towards knowledge, spiritual purification, and inner perfection. Particular attention is given to the works of Jalal al-Din Rumi, Alisher Navoi, and other thinkers, in which ishq is presented as a transformative force that elevates the human soul towards divine truth. Furthermore, the study explores the symbolic interpretations of ishq in Sufi literature and the ways in which it is expressed through poetic imagery. Keywords: Sufism, Ishq, divine love, ma‘rifa, spiritual purification, inner perfection, Sufi thinkers, mystical literature. Tasavvufda ishq falsafasi Haqqa bo‘lgan chuqur taslimiyat va mukammal itoatning o‘ziga xos ko‘rinishi hisoblanadi. Bundan kelib chiqadiki muhabbatning asl manbasini avvalo Mahbub Zotning O‘z Kalomidan so‘ngrada Alloh barcha mavjudotlardan avval Uning Ruhini va uning haqqi hurmati o‘n sakkizming olamni yaratgan,o‘z ko‘rsatma va buyruqlarini U orqali bandalariga yuborgan, Allohning eng mahbubi Payg‘ambarimiz s.a.v hadislaridan izlashimiz lozim. Ishq kalimasi sevgi, muhabbat ma’nosini chuqur va o‘ziga xos tarzda ifoda etish yo‘lida tasavvuf ta’limoti uchun maxsus tanlab olingan, so‘z bo‘lib Qur’onda ayni nom bilan ifoda etilmasada, tasavvufiy asarlarga asos va iqtibos sifatida olingan oyatlarda “muhabbat”, “taqvo”, “uns”, “rahmonlik”, “ulfat” kabi so‘zlarda o‘z ruhini sezdirib turadi. “Albatta, iymon keltirgan va yaxshi amallarni qilganlarga Rohman muhabbat paydo qilur.” Maryam surasining yuqoridagi 96-oyatida Alloh sevgisiga sazavor bo‘luvchi insonlar toifasi haqida so‘z yuritilganda, “muhabbat” kalimasidan foydalanilgan. Muhabbat so‘zi arabcha “hubb” so‘zining o‘zagidan olingan bo‘lib “lozim tutish” va “sabot” ma’nolarini anglatadi. Chin ma’noda, Allohga oshiqlik da’vosini qilayotgan bir banda sabotni ya’ni qat’iyat va mustahkam irodani lozim tutishi kerakki, ishq da’vosi munofiqlik balosiga aylanmasin. Tarixdan payg‘ambarlar, sahoba-yu avliyo zotlar shuningdek tasavvuf namoyondalari hayotiga nazar tashlasak, ularning bari qadarga rizoligi, musibatlarga bardoshi,o‘zida boriga shukri va o‘zida yo‘g‘iga sabri bilan, farzlardagi qatiyat, nafllarga muhabbat va o‘zlarini Yaratgan Zotga nisbatan go‘zal itoati va muhabbati bilan butun islom ahliga o‘rnak va ibrat bo‘lganlar. 229 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 9 Payg‘ambarimiz Muhammad s.a.v Haqqa bo‘lgan muhabbatning belgilari va bu muhabbatga sazavorlik haqida ummatlariga bir qancha go‘zal hadislar qoldirgan, xususan, “Kim Alloh uchun sevsa, Alloh uchun adovat qilsa, Alloh uchun bersa va Alloh uchun qaytarsa, uning iymoni mukammal bo‘ladi”1 Yuqoridagi hadisda nafaqat Alloh yo‘lidagi muhabbat balki, Haq yo‘lida bir zolimga,zulm qiluvchi qavmga va boshqa yomonlikning har turli ko‘rinishiga qilingan nafrat ham Allohga bo‘lgan muhabbatning komilligidan ekanligi izohlansa, keyingi “Bandam Menga farz amallar bilan yaqinlashadi. Nafl ibodatlar bilan Menga yaqinlashishda davom etadi. Nihoyat, Men uni sevib qolaman. Uni sevganimda, u orqali eshitadigan qulog‘i, ko‘radigan ko‘zi, ushlaydigan qo‘li va yuradigan oyog‘i bo‘laman…”2 Ushbu hadisda bandalar qanday qilib Rahmon muhabbatiga munosib bo‘lishlari bosqichi ta’lim berilgan. Yirik tasavvuf namoyondasi hisoblangan Jaloliddin Rumiy ham muhabbatga bergan ta’rifida “To‘g‘ri, muhabbat olam gardishini aylantirmaydi. Muhabbat shu gardish aylanishiga ma’no bag‘ishlaydi”, deydi. Ya’ni Inson muhabbasiz ham yashashi mumkin, ammo yashamoqning mohiyati muhabbat bo‘lgandan keyin usiz yashamoq mazmunsiz hayot kechirmoqdir deya har bir ongli mavjudot uchun Uni yaratgan Zotga itoat va muhabbat Uning rizoligiga intilish hayot mazmuni kabidir demoqchidek,go‘yo. Yana muhabbatning asl manbasi bo‘lgan Qur’oni Karimga qaytadigan bo‘lsak, Alloh Taolo O‘z sevgisiga yo‘l ko‘rsatar ekan Oli Imron surasining 31-oyatida Sen: “Agar Allohga muhabbat qilsangiz, bas, menga ergashing. Alloh sizga muhabbat qiladi va sizlarni gunohlaringizni mag‘firat qiladi”, deb ayt”- deya nabiysi orqali bandalariga yo‘l yo‘riq ko‘rsatadi. Bundan kelib chiqadiki, All
Доказательный фрагмент
«Maqolada tasavvuf falsafasida “ishq” tushunchasining mohiyati va mazmuni keng yoritiladi.»
Образец извлечения
Демо-превьюMaqolada tasavvuf falsafasida “ishq” tushunchasining mohiyati va mazmuni keng yoritiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Sufism, Ishq, divine love, ma‘rifa, spiritual purification, inner perfection, Sufi, ruhiy komillik, tasavvuf, ilohiy muhabbat, tasavvufiy adabiyot., so‘fiy mutafakkirlar, ma’rifat
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025