Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
RUMIY SHE’RIYATIDA ILOHIY ISHQNING BADIIY IFODASI
Ozodaxon Choriyeva
Современная наука и исследования · 4 · 2025
Аннотация
Ushbu maqolada Jaloliddin Rumiy she’riyatida ilohiy ishqning tasavvufiy va falsafiy mohiyati hamda uning badiiy ifodalanish xususiyatlari tahlil qilinadi. Rumiyning ishq haqidagi qarashlari orqali inson qalbining poklanishi, ruhiy komillikka erishishi va Yaratuvchiga bo‘lgan muhabbatning san’at darajasida yuksak tasviri ochib beriladi. Xususan, “Masnaviy” va boshqa she’riy namunalardagi ramziy obrazlar, majoz va timsollar asosida ilohiy ishqning manbalari va uning inson ma’naviy hayotidagi o‘rni ilmiy jihatdan sharhlanadi. Maqola Rumiy merosining badiiy-estetik qimmati hamda tasavvuf adabiyotidagi o‘rni haqida yangi ilmiy xulosalar beradi. Kalit so‘zlar: Jaloliddin Rumiy, tasavvuf, ilohiy ishq, ruhiy komillik, majoz, ramz, badiiy ifoda. Annotation. This article examines the mystical and philosophical essence of divine love in the poetry of Jalaluddin Rumi, focusing on its artistic expression and symbolic representation. Through Rumi’s reflections on love, the processes of spiritual purification, the attainment of inner perfection, and the devotion to the Creator are presented as central themes of his poetic worldview. Special attention is given to the “Masnavi” and other poetic works, where metaphor, symbolism, and allegory are employed to reveal the divine origin of love. The study highlights the spiritual, aesthetic, and cultural significance of Rumi’s legacy, providing new scholarly insights into the role of divine love in Sufi literature and human spirituality. Keywords: Jalaluddin Rumi, Sufism, divine love, spiritual perfection, metaphor, symbolism, artistic expression. Rumiy ijodini o‘rganar ekanmiz, ishqqa berilgan yana bir yuksak ta’rifga diqqat qilmoqni joiz deb topdik. Mavlononing fikriga ko‘ra ishq bu – hayot manbai siz-biz bilgan va yashayotgan bu qisqa va aldamchi, nafsoniy xohish va istaklar tugamaydigan, ammo inson hech qoniqish bilmaydigan hayot emas, abadiy va barcha nafs istaklaridan holi haqiqiy hayotning boshlanishidir. Tafakkur qiladigan insonlar bilishadiki, uzog‘i 60-70 yildan iborat bo‘lgan qisqa bu hayot doimo adolatli va farovonlikka asoslangan haqiqiy hayot emasligini, aksincha sinovlar uchun beriladigan qisqa bir davr bo‘lib faqat fikr yuritmaydigan qavmlargina uning aldamchi va yaltiroq vasvasasiga uchub besh kunlik umrini rohat farog‘at uchun,yolg‘on,riyo va fasod ishlar bilan sarf qiladilar. Zero Muhammad s.a.v aytganidek “dunyo mo‘minga zindon,kofirning jannatidir”dir(muslim rivoyati) Haqiqiy hayot intihodan boshlanadi, bu hayot esa ana o‘sha ibtido uchun qiyinchlik va mashaqqatlar bilan bo‘lsada sabr va qanoat bilan bosib o‘tiladigan yo‘ldir. Rumiy ham aytmoqdaki, oshiqlar talpinayotgan ishq haqiqiy hayot bo‘lsa bu hayotda qanday qilib shod va xurram bo‘lish mumkin. Bu tarz mazmunning go‘zal ifodasini biz “Masnaviy” asari 1-jild nay hikoyasining dastlabki baytlarida ko‘rishimiz mumkin. Tingla naydin, chun hikoyat aylagay, Ayriliqlardin shikoyat aylagay. 2 75 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Men qamish erdim, kesib keltirdilar Nola cheksam, el hama oh urdilar. Siyna istarmen to‘lo dard-u firoq, Toki so‘ylay sharhi dard-u ishtiyoq. Kim yiroq tushsa, yo‘qotsa aslini, Boz izlar ro‘zgori vaslini. Baytlar mazmunidan kelib chiqqan holda nayga oshiq obrazidagi majoziy ibraz deb qarasak, shoir nayni tinglasak u go‘yo bizga o‘z ayriliqlari haqida shikoyat qilayotgandek nola qilishi haqida yozadi. Asar uchun bejizga nay obrazi tanlanmagan. Ma’lumki, nay ko‘plab cholg‘u asboblari orasida o‘zining mungli, dardli, qalblarning eng chuqur yerlariga borib yetuvchi Hasrat to‘la ohanglar taratadi. Ayriliqlartdan nola qiluvchi bir obraz uchun aynan nay ayni muddao. Keyingi baytlarda esa bevosita nay tilidan aytilgan, mungli shikoyat sabablarini ko‘rishimiz mumkin. Nay o‘zining dastlab bir qamish bo‘lganligini, uni o‘zi oid bo‘lgan yer va o‘zi kabi qamishlar orasidan kesib olib kelishganini shu boisdan ham shunday dardli kuy taratishini va bu shikoyatning ta’siridan el – insonlar ko‘zlariga yosh olishlarini ta’kidlaydi. Keyingi baytda nay o‘zining bu mungli shikoyatlar orqali nima istashi, unga nima kerakligi haqida ma’lumot berib, men dard va firoqqa (uning o‘zi kabi dard va ayriliqqa) to‘la qalb istashini, toki unga dard va ishtiyoqini so‘ylay olsin. Qo‘lidan ayrilgan bir insonning jismidagi og‘riqni-yu, qalbidagi iztirobni ikki qo‘li soppa-sog‘lom bir inson hech bir zamon his qila olmaydi, uning mashaqqatlariga faqatgina u kabi qo‘lidan ajragan insongina haqiqiy Hamdard bo‘lishi mumkin bo‘lganidek naydan chiqayotgan dardni, ayriliq azobining navosini anglamoq uchun ayriliq dardi mashaqqatidan bohabar tinglovchi kerak nayga. Ruh o‘ziga o‘xshash ruhga talpingani kabi nay ham ya’ni oshiqlar ham o‘zlari kabi ishq mohiyatini anglab unga qarab talpinayotgan insonlar davrasida, suhbatida bo‘lishni xohlaydi, shunga intiladi. Rumiy nazarida, nayning nidosi — ruhning nidosidir. Inson qalbida tug‘iladigan
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada Jaloliddin Rumiy she’riyatida ilohiy ishqning tasavvufiy va falsafiy mohiyati hamda uning badiiy ifodalanish xususiyatlari tahlil qilinadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada Jaloliddin Rumiy she’riyatida ilohiy ishqning tasavvufiy va falsafiy mohiyati hamda uning badiiy ifodalanish xususiyatlari tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Jalaluddin Rumi, Sufism, divine love, spiritual perfection, metaphor, ruhiy komillik, tasavvuf, Jaloliddin Rumiy, badiiy ifoda., majoz, ramz, ilohiy ishq
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025