К содержанию
РецензированоUZ2025

UMUMTA’LIM MAKTABLARIDA TEXNOLOGIYA FANINI O‘QITISHNING NAZARIY-METODIK ASOSLARI

NAZARIY-METODIK ASOSLARI · Ibodov Alohidin Anvar o'g'li

Современная наука и исследования · 4 · 2025

Аннотация

Mazkur maqolada umumta’lim maktablarida texnologiya fanini o‘qitishning nazariy-metodik asoslari keng yoritilgan. Hozirgi zamon ta’lim tizimida texnologiya fanining tutgan o‘rni, uning ta’lim-tarbiya jarayonidagi ahamiyati hamda o‘quvchilarda amaliy va nazariy bilimlarni shakllantirishdagi roli tahlil qilinadi. Shuningdek, texnologiya fanini samarali o‘qitishda metodik yondashuvlar, interfaol usullar, innovatsion texnologiyalardan foydalanish imkoniyatlari chuqur o‘rganilgan. Maqolada milliy va umuminsoniy qadriyatlarga asoslangan metodik ishlanmalar ham o‘z aksini topgan. Tadqiqotda umumta’lim maktablari uchun texnologiya fanini o‘qitish jarayonida yuzaga keladigan muammolar va ularning yechimlari haqida fikr yuritilgan. Muallif texnologiya darslarini o‘quvchilarda mehnatsevarlik, kasbiy qiziqish va mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirishda muhim vosita sifatida baholaydi. Ushbu maqola ta’lim jarayonini yanada samarali tashkil etish, metodik ta’minotni kuchaytirish va o‘qituvchilar faoliyatida yangi yondashuvlarni tatbiq etishda ilmiy-amaliy ahamiyat kasb etadi. Umumiy xulosalarga ko‘ra, texnologiya fanini o‘qitishning nazariy-metodik asoslari ta’lim jarayonida o‘quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, ularni kasbiy faoliyatga tayyorlash va mustaqil hayot uchun zarur bo‘lgan ko‘nikmalarni shakllantirishga xizmat qiladi. Shuningdek, maqolada xorijiy tajribalarni o‘rganish orqali texnologiya fanini o‘qitishda zamonaviy yondashuvlarni qo‘llash masalalariga ham e’tibor qaratilgan. Kalit so‘zlar: Texnologiya fani, metodika, umumta’lim maktabi, ta’lim jarayoni, interfaol usullar, nazariy asoslar, innovatsion pedagogika, amaliy ko‘nikmalar, kasbiy tayyorgarlik, ta’lim sifati. Kirish: Bugungi globallashuv jarayonida ta’lim tizimining barcha bo‘g‘inlarini yangilash, uni zamonaviy talablar asosida qayta tashkil etish masalasi alohida dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Zero, XXI asr bilim, texnologiya va innovatsiyalar asri sifatida butun insoniyat taraqqiyotini belgilab bermoqda. Shu nuqtai nazardan, umumta’lim maktablarida o‘quvchilarga nafaqat nazariy bilim berish, balki ularning hayotiy amaliy ko‘nikmalarini shakllantirish, mustaqil fikrlash va ijodkorlik qobiliyatlarini rivojlantirish bugungi ta’lim siyosatining asosiy yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Umumta’lim maktablarida o‘qitiladigan barcha fanlar qatorida texnologiya fani o‘zining alohida o‘rni bilan ajralib turadi. Ushbu fan o‘quvchilarga nazariy bilimlar bilan bir qatorda, bevosita amaliy mashg‘ulotlar orqali hayotiy tajriba orttirish, turli kasblar haqida dastlabki tasavvurga ega bo‘lish imkonini beradi. Shuningdek, texnologiya fanining o‘qitilishi orqali o‘quvchilar mehnatga muhabbat, kasb-hunarga qiziqish, vatanparvarlik va ijtimoiy faollik kabi sifatlarni o‘zlashtiradilar. Hozirgi kunda texnologiya fanining dolzarbligi davlat ta’lim siyosatida ham alohida ta’kidlanmoqda. 2 58 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Jumladan, “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun va Davlat ta’lim standartlarida ushbu fan orqali o‘quvchilarda kompetensiyalarni shakllantirish, ularda ijodiy fikrlashni rivojlantirish, zamonaviy ishlab chiqarish jarayonlari haqida dastlabki bilimlarni berish masalalariga katta e’tibor qaratilgan. Bu esa texnologiya fanini o‘qitishda metodik yondashuvlarni takomillashtirishni taqozo etadi. Texnologiya fanining nazariy-metodik asoslarini chuqur o‘rganish orqali ta’lim jarayonida bir qator muhim vazifalar hal etiladi. Birinchidan, o‘quvchilarni mehnat jarayoniga tayyorlash, ularning kundalik hayotda foydali bo‘ladigan ko‘nikmalarini shakllantirish. Ikkinchidan, ularni kasbiy faoliyatga yo‘naltirish, turli kasblar haqida boshlang‘ich ma’lumot berish. Uchinchidan, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, mehnatsevarlik, mas’uliyat va jamoada ishlash kabi fazilatlarni singdirish. Metodik yondashuvlarning samarali qo‘llanilishi texnologiya fanini o‘qitishda muhim ahamiyatga ega. O‘qituvchi faqat bilim beruvchi emas, balki o‘quvchini hayotga tayyorlovchi murabbiy sifatida faoliyat yuritadi. Shu boisdan, metodika o‘quvchilarning yosh xususiyatlari, qiziqishlari va iqtidorlarini hisobga olgan holda ishlab chiqilishi zarur. Bu jarayonda interfaol usullardan foydalanish, amaliy mashg‘ulotlarni ko‘proq tashkil etish, zamonaviy axborot texnologiyalarini tatbiq etish samaradorlikni oshiradi. Shu o‘rinda, texnologiya fanining o‘qitilishida xalqaro tajribalarni o‘rganish ham muhimdir. Masalan, rivojlangan davlatlarda texnologiya fani STEM (Science, Technology, Engineering, Mathematics) ta’lim konsepsiyasi asosida tashkil etilmoqda. Bu yondashuv o‘quvchilarda ilm-fan, texnologiya, muhandislik va matematika fanlariga qiziqishni oshirish, ularni innovatsion fikrlashga o‘rgatishga xizmat qiladi. Mamlakatimiz ta’lim tizimida ham bunday yondashuvlarni bosqichma-bosqich joriy etish bugungi kun talabi hisoblanadi. Yuqoridagilardan kelib chiq

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada umumta’lim maktablarida texnologiya fanini o‘qitishning nazariy-metodik asoslari keng yoritilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada umumta’lim maktablarida texnologiya fanini o‘qitishning nazariy-metodik asoslari keng yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Texnologiya fani, metodika, innovatsion pedagogika, interfaol usullar, amaliy ko‘nikmalar, ta’lim jarayoni, kasbiy tayyorgarlik, umumta’lim maktabi, ta’lim sifati., nazariy asoslar
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники