Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
FUQAROLIK HUQUQIY MUNOSABATLARDA ASHYOVIY HUQUQLAR
Yaxshiboyev Mirvohid Gulboy o’g’li
Современная наука и исследования · 2 · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada mulk huquqini himoya qilishning nazariy va amaliy asoslari, ularni tartibga soluvchi milliy qonunchilik normalari hamda xalqaro huquqiy tajriba tahlil qilinadi. Mulk huquqi buzilganda uni tiklash, to‘xtatish va kelgusida oldini olishning samarali mexanizmlari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, sud va sudgacha bo‘lgan tartibda himoya qilish usullari, shaxsiy va mulkiy manfaatlarning huquqiy kafolatlari yoritiladi. Kalit so’zlar: Mulk huquqi, himoya qilish usullari, vindikatsion da’vo, negator da’vo, mulkni qaytarish, huquqbuzarlikni bartaraf etish, sud amaliyoti. O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq, mulkdor mulkiga o’z xohishicha egalik qiladi, undan foydalanadi va uni tasarruf etadi. Mulkdor faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibdagina mulkidan mahrum etilishi mumkin. Uning bu huquqini mahrum etishga hech kim haqli emas. Ammo ijtimoiy turmushda, hayotda shunday holatlar bo’ladiki, mulkdorning bu huquqiga daxl qilinadi, tajovuz qilinadi. Bu holatda mulkdor yoki mulkdor bo’lmagan ega mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlarni himoya qiluvchi usullardan foydalangan holda o’z buzilgan huquqlarini tiklashga harakat qiladi. Mulk huquqi himoya etilmas ekan, mulkiy munosabatlar normal tarzda rivojlana olmaydi. Shu sababli davlat turli huquq normalari orqali mulkdorning mulkka bo’lgan huquqini himoya etilishini kafolatlaydi. Mulkdor faqat qonun hujjatlarida nazarda tutilgan asoslar va tartibdagina mulkidan mahrum etilishi mumkin. Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlarni fuqarolik - huquqiy himoya qilish deganda – bu huquqlarga qarshi qilingan buzilishlarni bartaraf etish, mulkdorning mulkiy manfaatlarini tiklash va himoya qilishga qaratilgan fuqarolik qonunchiligida belgilangan vositalar yig’indisi tushuniladi. O’zbekiston Respublikasining “Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari to’g’risida”gi Qonunning 8-moddasiga asosan xususiy mulk huquqini himoya qilish quyidagi yo’llar bilan amalga oshiriladi: Xususiy mulk huquqini himoya qilish quyidagi yo‘llar bilan amalga oshiriladi: xususiy mulk huquqini tan olish; xususiy mulk huquqi buzilishidan oldingi holatni tiklash va xususiy mulk huquqini buzadigan yoki uning buzilishi xavfini tug‘diradigan harakatlarning oldini olish; bitimni haqiqiy emas deb topish va uning haqiqiy emasligi oqibatlarini qo‘llash; davlat organining va boshqa organning yoki fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organining hujjatini haqiqiy emas deb topish; xususiy mulk huquqini mulkdorning o‘zi himoya qilishi; burchni aslicha (natura) bajarishga majbur qilish; zararning o‘rnini qoplash; neustoyka undirish; ma’naviy ziyonni qoplash; 221 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 9 xususiy mulk huquqi munosabatlarini tartibga solishda qonunchilik barqarorligini ta’minlash; davlat organining va boshqa organning yoki fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organining qonunga zid bo‘lgan hujjatining sud tomonidan qo‘llanilmasligi; mol-mulkning ayrim turlariga bo‘lgan xususiy mulk huquqining vujudga kelganligini, o‘zgarganligini va bekor qilinganligini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish. Xususiy mulk huquqini himoya qilish boshqa usullar bilan ham muhofaza qilinishi mumkin.1 “Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari to'g'risida”gi Qonunning 3-bobi mulkdorlar huquqlarining kafolatlariga bag'ishlangan bo'lib, unda undiruvni mol-mulkka qaratish yo'li bilan mol-mulk olib qo'yilayotganda mulkdor huquqlarining kafolatlari, mulkdorning mol-mulki natsionalizatsiya, musodara va rekvizitsiya qilinayotganda uning huquqlari kafolatlari, qonunga muvofiq o'ziga tegishli bo'lolmaydigan mol-mulkka bo'lgan mulk huqugi bekor qilinganda mulkdor huquqlarining kafolatlari, mulk huquqi mulkdorning mol-mulkini bevosita olib qo'yishga qaratilmagan holda bekor qilinganda uning huquglari kafolatlari, mol-mulkni boshqa shaxsning qonunga xilof egaligidan talab qilib olish, mulkdorning huquglarini egalik gilishdan mahrum etish bilan bog'liq bo'lmagan huquqbuzarliklardan himoya qilish, xususiy mulk huquqining qonunga muvofiq bekor bo’lishi oqibatlari, xususiy mulk munosabatlarini tartib ga soluvchi qonun hujjati qabul qilingandagi kafolatlar, mol-mulkni xususiylashtirish natijalarining qayta ko'rib chiqilishi va bekor qilinishiga yo'l qo'yilmasligi, O’zbekiston Respublikasi hududida chet el fuqarolarining va fuqaroligi bo'lmagan shaxslarning mulk huquqi kafolatlari belgilab qo'yilgan. FKning 164-moddasida mulk huquqi, xususan, xususiy mulkni himoya qilishga qaratilgan eng muhim qoidalar belgilangan. Mazkur normaga muvofiq, mulk huquqi shaxsning o'ziga qarashli mol-mulkka o'z xohishi bilan va o'z manfaatlarini ko'zlab egalik qilishi, undan foydalanish va uni tasarruf etish, shuningdek, o'zining mulk huquqini, kim tomonidan bo'lmasin, har qanday buzishni bartaraf etishni talab qilish huquqidan iboratdir. Mulk huquqi muddatsizdir. Mazkur normadagi “o’zining mulk huquqini, kim tomonidan bo'lmasin, har qanday buzishni bartaraf etishni talab qilish h
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada mulk huquqini himoya qilishning nazariy va amaliy asoslari, ularni tartibga soluvchi milliy qonunchilik normalari hamda xalqaro huquqiy tajriba tahlil qilinadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada mulk huquqini himoya qilishning nazariy va amaliy asoslari, ularni tartibga soluvchi milliy qonunchilik normalari hamda xalqaro huquqiy tajriba tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- foydalanish, fuqarolik muomalasi., egalik, majburiy huquqlar, tasarruf, Fuqarolik huquqi, mulk huquqi, ashyoviy huquqlar
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025