Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ARTERIAL GIPERTONIYA BOR BEMORLARDA KOMORBIDLIK XUSUSIYATLARI
Nurmatov Diyorbek · Tojiev Jasurbek · Ziyadov Nodirbek · Ilmiy rahbar: PhD Azavova Taxmina
Современная наука и исследования · 2025
Аннотация
Arterial gipertoniya (AG) bugungi kunda ham jiddiy ilmiy-amaliy muammolardan biri bo‘lib, uning asoratlari yurak-qon tomir, miya tomirlari va buyrak faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi hamda yuqori o‘lim ko‘rsatkichlari bilan bog‘liq. Tadqiqot maqsadi – AG mavjud bemorlarda komorbid patologiyalar strukturasi va ularning 10 yillik yashash prognozini baholash. Tadqiqot Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Buxoro viloyat filialida 2020–2021 yillarda olib borildi. 135 nafar AG II–III bosqichli bemorlarning kasallik tarixi tahlil qilindi (o‘rtacha yosh 63,4±5,3 yil; 52,6% ayollar, 47,4% erkaklar). Natijalarga ko‘ra, bemorlarning barchasida qo‘shimcha kasalliklar mavjud bo‘lib, ulardan 79,3%ida uch va undan ortiq komorbid patologiya qayd etildi. Eng ko‘p uchraydigan nosologiya – surunkali yurak yetishmovchiligi (85,2%), yurak ishemik kasalligi (60,7%), miokard infarkti (32,6%), yurak aritmiyalari (31,9%) bo‘ldi. Endokrin kasalliklar 21,5%da (asosan, 2-tip qandli diabet), o‘pka kasalliklari 5,9%da, oshqozon-ichak kasalliklari 2,96%da, surunkali buyrak kasalligi 3,7%da qayd etildi. Charlson indeksi bo‘yicha bemorlarning 43,9%ida ≥5 ball, bu esa yuqori xavfli guruhga kirishini ko‘rsatdi. Polikomorbidlik fonida ko‘pchilik bemorlar bir vaqtning o‘zida 6–10 xil dori vositasini qabul qilgani sababli polipragmazya va nojo‘ya ta’sirlar xavfi sezilarli darajada ortishi aniqlandi. Kalit so‘zlar: arterial gipertoniya, komorbid patologiya, yurak yetishmovchiligi, Charlson indeksi, polipragmazya. Dolzarbligi. Hozirgi kunda ham arterial gipertoniya (AG) bilan kasallanish darajasi yuqori bo`lganligi, yurak qon-tomir, bosh miya tomirlari va buyrakdagi asoratlar tez-tez uchrashi sababli o`ta muhim ilmiy-amaliy muammolardan biri bo`lib qolmoqda. AGdagi komorbid ptologiyalar yana ham asoratlar rivojlanishi va o`lim xavfini yuqori darajada oshiradi, hamda bemorlar orasida ishga layoqatsizlik va nogiron-lik darajasi o`sishi, tashxishlash va dalashning qimmatga tushishi tufayli davlat va jamiyat uchun ijtimoyi-iqtisodiy zararlar oshadi Tadqiqot maqsadi: arterial gipertenziyasi bor bemorlarda komorbid patologiyaning ctrukturasini o'rganish. Material va tadqiqot usullari. Tadqiqot ishlari Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi Buxoro viloyat mintaqaviy filialida 2020–2021 yillarda davolangan 135 nafar arterial gipertoniyaning (AG) II-III bosqichlari boʻlgan, tasodifiy tanlab olish yoʻli bilan tanlab olingan bemorlarning kasallik tarixi tahlil qilindi. Bemorlarning o'rtacha yoshi 63,4±5,3 yoshni tashkil etdi. Ularning 52,6% ayollar (71 nafar), 47,4% erkaklar (64 nafar). Tadqiqot arterial gipertoniya bor bemorlarda komorbid kasalliklarni baholashni va bemorlarning komorbid strukturasini va 10 yillik yashash darajasini aniqlash uchun Charlesson indeksini aniqlashni o'z ichiga oldi. Ushbu indeks mavjud ba'zi qo`shimcha kasalliklarni ball 109 Sentabr, 2025-Yil tizimi (0 dan 40 gacha) bo`yicha baholash va o'lim pragnozi uchun foydalinadi. Olingan ma'lumotlarning statistik tahlili Microsoft Office XP va Excel statistik dasturiy ta'minot to'plami yordamida amalga oshirildi. Tadqiqot natijalari. Tadqiqot davomida arterial gipertoniyasi bor bemorlarning 100% da qo'shimcha kasalliklar borligi aniqlandi. Bemorlarning 8,1% da 1 ta, 12,6% da 2 ta, 79,3% da esa 3 ta va undan ko‘p kasallik mavjudligi aniqlandi. Tekshirilgan bemorlarda komorbidlik strukturasini asosan yurak-qon tomir patologiyasi tashkil qildi. Bemorlarning 85,2% da surunkali yurak etishmovchiligi (SYuE) qayd etilgan. Yurak ishemik kasalligidan 82 bemorda (60,7%) zo`riqishdagi stenokardiyaning III funktsional sinfi (51ayol, 62,1%; 31 erkak, 37,8%), 44 bemor (32,6%) anamnezida miokard infarkti (25 ayol, 56,8%; 19 erkak, 43,2%), 31,9% holda (43 bemorda) yurak aritmiyalari borligi aniqlandi (27 ayol, 62,8%; 16 erkak, 37,2%). Endokrin patologiya bemorlarning 21,5% (29 bemorda) qayd etilgan. 27 bemorda (20%) 2-tip qandli diabet (17 ayol, 62,9%; 10 erkak, 37,0%), qalqonsimon bez patologiyasi - 2 bemorda (1,5%) aniqlangan. Nafas olish organlari kasalliklari, 8 nafar bemorda (5,9%) o'pkaning surunkali obstruktiv kasalligi (5 erkak, 62,5%; 3 ayol, 37,5%), oshqozon va o'n ikki barmoqli ichakning yallig'lanish kasalliklari 4 nafar (2,96%) bemorda (2 ayol, 50%; 2 erkak, 50%) kuzatilgan. Pastki muchalarning aterosklerotik zararlanishi 7 bemorda (4,4%) 4 ayol, 57,1%; 3 erkak, 42,9% aniqlangan. Surunkali buyrak kasalligi 5 bemorda (3,7%); 3 ayol, 60%; 2 erkak 40% da qayd etilgan. 9 bemorda (6,7%); 6 ayol, 66,6% va 3 erkak, 33,3% da osteoartrit kuzatildi. Charlson indeksini baholash (10 yillik yashash darajasi) bemorlarning 12,9 foizida 0 dan 2 ballgacha, 43,2% bemorlarda - 3 dan 4 ballgacha va 43,9% bemorlarda - ≥ 5 ballgacha ko'rsatkichlar borligini ko'rsatdi. Har bir nosologiyani davolashda mavjud davo protokollaridan foydalanganda ko`рchilik bemorlarda ko`p komponentli ekanligi aniqlandi. Barcha bemorlar bir vaqtning o`zida 1ta
Доказательный фрагмент
«Arterial gipertoniya (AG) bugungi kunda ham jiddiy ilmiy-amaliy muammolardan biri bo‘lib, uning asoratlari yurak-qon tomir, miya tomirlari va buyrak faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi hamda yuqori o‘lim ko‘rsatkichl…»
Образец извлечения
Демо-превьюArterial gipertoniya (AG) bugungi kunda ham jiddiy ilmiy-amaliy muammolardan biri bo‘lib, uning asoratlari yurak-qon tomir, miya tomirlari va buyrak faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi hamda yuqori o‘lim ko‘rsatkichl… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- komorbid patologiya, Charlson indeksi, polipragmazya., yurak yetishmovchiligi, arterial gipertoniya
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025