Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
QANDLI DIABETGA CHALINGAN BEMORLARDA KUZATILADIGAN POLINEYROPATIK ASORATLARNING OʻZIGA XOS XUSUSIYATLARI
Nurmatov Diyorbek · Tojiev Jasurbek · Ziyadov Nodirbek · Ilmiy rahbar: PhD Azavova Taxmina
Современная наука и исследования · 2025
Аннотация
Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti maʼlumotlariga koʻra, dunyoda qandli diabet bilan kasallanganlar soni 350 milliondan oshgan boʻlib, ularning 85–95%ini 2-tur qandli diabet tashkil etadi. Diabetik polineyropatiya esa ushbu kasallikning eng jiddiy va keng tarqalgan asoratlaridan biridir. Tadqiqotning maqsadi – qandli diabet bilan kasallangan bemorlarda polineyropatiya asoratlarining uchrash xususiyatlarini aniqlash, yosh va jins omillari bilan bogʻliqligini oʻrganish. Tadqiqot Andijon shahar markaziy poliklinikasida olib borilib, 360 nafar qandli diabet bilan ogʻrigan bemor kuzatildi. Shulardan 334 nafari 2-tur qandli diabetga chalingan boʻlib, 270 nafarida (80,8%) polineyropatiya asoratlari aniqlangan. 40–60 yosh oraligʻidagi bemorlar 38%, 60 yoshdan yuqorilar 52%ni tashkil etdi. Ayollarda polineyropatiya erkaklarga nisbatan ikki barobar koʻp uchradi (68% ga 32%). Klinik jihatdan kombinirlangan turdagi polineyropatiya eng koʻp uchraydigan shakl ekanligi aniqlandi. Shuningdek, bemorlarda surunkali xolesistit (25%), pielonefrit (15%), kamqonlik (10%), gipertoniya (15%), Covid-19dan keyingi asoratlar (18%) va boshqa yondosh kasalliklar kuzatildi. Natijalar diabetik polineyropatiya bemorlarning hayot sifatiga keskin taʼsir etishini koʻrsatadi. Oʻz vaqtida tashxis qoʻyish va shifokor tavsiyalariga rioya qilish asoratlarning oldini olishda muhim ahamiyatga ega. Kalit so‘zlar: qandli diabet, 2-tur diabet, diabetik polineyropatiya, kombinirlangan turi, asoratlar, yosh omili, jins omili. Tadqiqotning dolzarbligi: Jahon Sogʻliqni saqlash tashkiloti maʼlumotlariga koʻra, qandli diabet bilan kasallanishlar soni bugungi kungacha 350 milliondan ortiq insonlarda aniqlangan. Shu koʻrsatkichlarning, taxminan, 85% dan 95% gacha boʻlgan qismi qandli diabetning 2-turiga tegishli. Diabetik polineyropatiya esa 2-tur qandli diabetning global va jiddiy asorati hisoblanadi. Tadqiqotning maqsadi. Ushbu tadqiqotdan maqsad shuki, poliklinikaga qandli diabet kasalligi bilan murojaat qilgan va " D" nazoratda turgan bemorlardagi 2- toifa qandli diabet va uning natijasida kelib chiquvchi polineyropatiya asoratini kelib chiqish sabablarini oʻrganish. 30- 35 yoshdan yuqori ayollar va erkaklarda polineyropatiyaning uchrash nisbatini tadqiq qilish. Material va uslublar. Shu vaqtgacha Andijon shahar markaziy poliklinikasiga 360 nafar qandli diabet bilan ogʻrigan bemorlar " D" nazoratga qoʻyilgan. Qandli diabet diagnostikasida nevrologik holat, diagnostik test ma'lumotlari, oftalmologik tekshiruv, qonning gemoreologik xususiyatlarini o'rganish va qondagi glukoza-lipidlar almashinuvi holati asosida belgilanadi. Bunda bemorlarning barchasida umumiy qon tahlili, umumiy siydik tahlili, qonning bioximik tahlili oʼtkazildi. Bemorlar UTT, kardiolog koʻrigida EKG, nevropatolog, oftalmolog, xirurg umumiy koʻrigidan oʻtkazildi. Bundan tashqari, bemorlar rentgenologik tekshiruvdan ham oʻtdi, 107 Sentabr, 2025-Yil Covid-19 ni boshidan oʻtkazganmi yoki yoʻqligi tadqiqot uchun eng muhim qismlaridan biri boʻlib xizmat qiladi. Natijalar. Tadqiqot natijalari shuni koʻrsatdiki, 360 ta qandli diabet bilan kasallangan bemorlardan 334 tasi 2-tur qandli diabet bilan kasallangan. Shu kasallanishlardan 270 tasida diabetik polineyropatiya asoratlari uchraganligi koʻrildi. 30-40 yosh oralig’idagi bemorlar umumiy bemorlarning 10%ini, 40-60 yosh oralig’idagi bemorlar 38%ini, 60 va undan yuqori yosh oralig’idagi bemorlar 52%ini tashkil etdi. Ushbu bemorlardan 86 (32%) tasini erkaklar, 184 (68%) tasini ayollar tashkil qilyapti. Asosan, kuchli depressiya va qoʻrquvdan keyingi holatlar ayollarda koʻp uchrayapti. Polineyropatiyaning klinik kechishiga ko’ra sensor va vegetativ turlariga nisbatan kombinirlangan turi ko’p uchrashi aniqlandi. Bundan tashqari, bemorlarda polineyropatiya asoratidan tashqari yondosh kasalliklari ham mavjudligi aniqlandi. Bemorlarning 25%i (67 ta) surunkali xolesistit, 15%i (41 ta) surunkali pielonefrit, 10%i (27 ta) surunkali kamqonlikning turli darajalari, 4%i (10 ta) stenokardiya, 18%i (49 ta) Coviddan keyingi asoratlar va OʻSOK, 15%i (41 ta) gipertoniyaning turli darajalari, 13%i (35 ta) aralash semizlik bilan kasallangan. Keltirilgan maʼlumotlarga koʻra, qandli diabet va uning natijasida kelib chiquvchi polineyropatiya asorati ayollarda erkaklarga nisbatan 2 barobarga koʻp uchrashi aniqlandi. Xulosa. Xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki, qandli diabetdan keyingi polineyropatiya eng koʻp, yaʼni 70-75% holatlarda uchrayapti. Tadqiqot natijalaridan ko’rinib turibdiki, diabetik polineyropatiyaning kombinirlangan turi aholi o’rtasida ko’p uchramoqda. Diabetik polineyropatiya natijasida, oyoq va qoʻllar ogʻriqni sezmay qolishi, koʻzlar koʻr boʻlib qolishi, buyraklar funksiyasining ishdan chiqishi kabi alomatlar kuzatilmoqda. Bunday asoratlarning oldini olish uchun bemorda kasallik alomatlari paydo boʻlgandayoq shifokorni xabardor etishi va shu bilan birga shifokor tavsiya etgan muolajalarni o’z vaqtida olishi kerak Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Азимов
Доказательный фрагмент
«Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti maʼlumotlariga koʻra, dunyoda qandli diabet bilan kasallanganlar soni 350 milliondan oshgan boʻlib, ularning 85–95%ini 2-tur qandli diabet tashkil etadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюJahon sogʻliqni saqlash tashkiloti maʼlumotlariga koʻra, dunyoda qandli diabet bilan kasallanganlar soni 350 milliondan oshgan boʻlib, ularning 85–95%ini 2-tur qandli diabet tashkil etadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- kombinirlangan turi, diabetik polineyropatiya, asoratlar, qandli diabet, yosh omili, jins omili., 2-tur diabet
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
МонографииK.J.Murodov2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025