Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
O‘ZBEKISTONDA AVTOPORTRET SAN’ATI TARAQQIYOTI VA UNING SAN’AT TA’LIMIDA O‘ZLIKNI ANGLASH VOSITASI SIFATIDAGI AHAMIYATI
Zarifova Dilfuza Omon qizi
Современная наука и исследования · 2 · 2026
Аннотация
This article analyzes the development of self-portrait art in Uzbekistan through historical stages and highlights its role in the process of personal identification and self- understanding within art education. The self-portrait is considered not only as a form of creative expression, but also as a pedagogical tool that helps students to achieve self-awareness, develop creative thinking, and cultivate aesthetic taste. The study, based on historical sources, contemporary practices, and methodological approaches, reveals the importance of the self- portrait in the educational process. Keywords: self-portrait, self-understanding, visual arts, Uzbek art, art education, personal identification. O‘zbek san’ati tarixida portret va avtoportret janrlari alohida o‘rin tutadi. Avtoportret san’ati insoniyatning o‘zini anglash ehtiyoji bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, rassomning shaxsiy qiyofasi orqali uning ruhiy olami, davr madaniyati va ijtimoiy-estetik qarashlari namoyon bo‘ladi. Jahon san’ati tajribasida bu janr shaxsiy falsafa va badiiy tafakkurning ifodasi sifatida qaralsa, O‘zbekistonda ham milliy madaniyat, davr ruhiyati va shaxsiy qarashlarni mujassam etuvchi san’at turiga aylangan. Hozirgi davrda san’at ta’limida avtoportret mashqlari talabalarning o‘zlikni anglash, ijodiy tafakkurni kengaytirish va san’atni chuqurroq his qilish vositasi sifatida muhim ahamiyat kasb etmoqda. 197 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 9 Shuningdek, bu jarayon milliy san’at tarixini o‘rganishda muhim ahamiyatga ega bo‘lishi bilan birga, bugungi kunda san’at ta’limida ijodkorlikni rivojlantirish va shaxsni tarbiyalashda katta imkoniyatlarga ega. O‘zbek san’atida avtoportretning tarixiy taraqqiyoti haqida o‘z borar ekan o‘zbek tasviriy san’ati tarixida XX asr boshlaridan boshlab avtoportret janri faol rivojlandi. Uyg‘onish davridan boshlab o‘zini tasvirlash orqali rassom shaxsiy qiyofasini hujjatlashtirgan. XX asrda, ayniqsa jadid rassomlari va mustaqillikdan keyingi davr ijodkorlari avtoportret orqali milliy o‘zlik va zamon ruhiyatini ifodalashga intilgan. O‘zbekiston rassomlari orasida avtoportret orqali shaxsiy o‘zligini ifodalashga intilgan ijodkorlar talaygina. Jumladan: Chingiz Ahmarov o‘z avtoportretlarida ijodkorlik ruhini, ruhiy uyg‘unlikni aks ettirdi. Raxim Ahmedov va Akmal Ikromjonovlar o‘z shaxsini milliy madaniyat va davr estetik qarashlari bilan uyg‘unlashtirib ko‘rsatdi. Zaynutdin Faxrutdinov esa o‘zining avtoportretlari bilan insonning turli hil emotsiyalarini ko‘rsatib berdi. U har bir asarida o‘zing avtoportretini qaxramonlar siymosida tasvirlaydi. Bu orqali u insonlarning turli yuzlari borligini ifodalashga harakat qilgan. Shuningdek, har bir asariga o‘zining avtoportretini kiritishi uning imzosi vazifasini o‘taydi. Raxim Ahmedov Akmal Ikromjonov Zaynutdin Faxrutdinov Nafaqat rangtasvir balki hozirgi o‘zbеk grafikachi rassomlari ijodida ham ko‘zga tashlanadigan avtoportretlarning qat’iy jo‘shqinligi obrazlarning emotsional hamda rеalistik kеskinligi O‘rta asrlarda Markaziy Osiyo grafikasida bo‘lmagan, dеb ishonch bilan aytish mumkin. Mustaqillik davrida esa avtoportretlar yanada erkinlik, individual izlanish va ichki dunyo ifodasiga yo‘naltirildi. Qolaversa, zamonaviy davrda avtoportret an’anaviy shakllardan tashqari raqamli texnologiyalar, fotografiya va "selfie" madaniyati bilan boyimoqda. Avtoportretning falsafiy va pedagogik ahamiyati esa shundan iboratki, u insonning o‘zini anglash, o‘zini baholash va dunyoga ichki dunyosini namoyon qilish vositasi hisoblanadi. San’at ta’limida bu jarayon o‘quvchilarning shaxsiy identifikatsiya, psixologik muvozanat va badiiy tafakkurini rivojlantirishga xizmat qiladi. Pedagogik jarayonda avtoportret orqali talabalarda ijodiy erkinlik, mustaqil fikrlash va estetik tahlil qilish ko‘nikmalari shakllanadi. Zamonaviylik va an’ana uyg‘unligi esa avtoportretni raqamli texnologiyalar yordamida yaratish orqali ta’lim jarayonida yangi pedagogik metodlar shakllantiriladi. 198 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 9 Taviriy san’atni o‘qitishda quyidagi amaliy metodlarga murijaat etiladi. O‘quv dasturlariga avtoportret mashqlarini kiritish talabalarda o‘z-o‘zini tahlil qilish, individual badiiy ifoda va ijodiy eksperiment qilish qobiliyatini oshiradi. Raqamli texnologiyalar yordamida yaratilgan avtoportretlar an’anaviy san’at bilan uyg‘unlashib, yangi pedagogik imkoniyatlar yaratmoqda. Shaxsiy portret orqali talaba o‘zining ijtimoiy rolini, milliy identitetini va zamonaviy dunyodagi o‘rnini anglaydi. Xulosa ssifatida shuni aytish mumkinki, avtoportret san’ati O‘zbekiston tasviriy san’ati taraqqiyotida milliy o‘zlikni anglash va davr ruhini aks ettiruvchi muhim janrlardan biridir. Bugungi kunda u nafaqat san’atning mustaqil janri, balki san’at ta’limida esa u shaxsiy o‘zlikni kashf etish, ijodiy tafakkurni rivojlantirish va estetik dunyoqarashni shakllantirishning samarali vositasi hisoblanadi. Shuning uchun avtoportret mashqlarini ta’lim jarayoniga
Доказательный фрагмент
«This article analyzes the development of self-portrait art in Uzbekistan through historical stages and highlights its role in the process of personal identification and self- understanding within art education.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article analyzes the development of self-portrait art in Uzbekistan through historical stages and highlights its role in the process of personal identification and self- understanding within art education. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- self-portrait, self-understanding, visual arts, Uzbek art, art education, shaxsiy identifikatsiya., O‘zbekiston san’ati, tasviriy san’at, san’at ta’limi, o‘zlikni anglash, avtoportret
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
МонографииK.J.Murodov2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025