К содержанию
РецензированоUZ2026

JADID ADABIYOTI VA TRANSMILLIY ADABIY TARMOQLAR

Yallaqayev Zoyir Yusupovich

Современная наука и исследования · 2 · 2026

Аннотация

Maqola XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Turkistonda milliy uyg‘onish va ma’rifatparvarlik g‘oyalariga asoslangan jadid adabiyotidagi transmilliy adabiy tarmoqlarning shakllanish jarayonini tahlil qiladi. Turkiston jadidlarining Qozon, Orenburg, Istanbul, Rossiya va Yevropa madaniy markazlari bilan adabiy, ilmiy va matbuot aloqalari o‘rganiladi. “Taraqqiy”, “Vaqt”, “Tarjimon” kabi gazetalarning transmilliy almashinuvdagi roli, tatar, turk va rus adabiyotlari bilan o‘zaro ta’sir ko‘rsatiladi. O‘zbek tadqiqotchilarining asarlari va jadidlarning adabiy jarayon va adabiy aloqalar haqidagi fikrlari asosida transmilliy tarmoqlarning shakllanishi yoritiladi. Kalit so‘zlar; Jadid adabiyoti, transmilliy tarmoqlar, matbuot, milliy uyg‘onish, Qozon, Istanbul, modernizatsiya, o‘zbek adabiyoti. Annotation. This article analyzes the formation of transnational literary networks in Jadid literature during the late 19th to early 20th centuries in Turkestan, rooted in the ideals of national awakening and enlightenment. It examines the literary, intellectual, and media connections of Turkestan Jadids with cultural centers in Kazan, Orenburg, Istanbul, Russia, and Europe. The role of newspapers such as “Taraqqiy,” “Vaqt,” and “Tarjimon” in transnational exchange, as well as interactions with Tatar, Turkish, and Russian literatures, is explored. Drawing on the works of Uzbek scholars and the writings of Jadids, the article illuminates the development of these networks. Keywords: Jadid literature, transnational networks, media, national awakening, Kazan, Istanbul, modernization, Uzbek literature. XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Turkistonda jadidchilik harakati milliy uyg‘onish, ma’rifatparvarlik va ijtimoiy islohotlarning asosiy harakatlantiruvchi kuchi sifatida shakllandi. Jadidlar ta’lim, adabiyot va matbuot orqali jamiyatni modernizatsiya qilishni maqsad qilib, milliy o‘zlikni global ma’rifiy g‘oyalar bilan uyg‘unlashtirdi. Bu jarayonda transmilliy adabiy tarmoqlar muhim rol o‘ynadi. Shu o‘rinda transmilli atamasiga izoh berib o‘tish zarur. Transmilliy adabiy tarmoqlar — bu biror adabiy harakat yoki madaniy oqimning bir nechta millat, hudud va madaniy maydonlarni qamrab olishi, ular bilan o‘zaro aloqada rivojlanishi demakdir. Transmilliy tarmoqlar adabiyotning milliy chegaralarni kesib o‘tib, turli mintaqalar va madaniyatlar o‘rtasida almashinuv va ta’sir o‘rnatishini ta’minladi1. Turkiston jadidlari Qozon, Orenburg, Istanbul, Buxoro va Yevropa bilan adabiy va ilmiy aloqalar o‘rnatdi, bu esa o‘zbek adabiyotidagi modernizatsiya jarayonlarini tezlashdirdi. O‘zbek adabiyotshunosi Begali Qosimov jadid adabiyotini “milliy uyg‘onishning muhim omili” sifatida baholagan bo‘lsa, Dilorom Alimova uning transmilliy aloqalar orqali rivojlanganligini ta’kidlaydi2. Ushbu maqola transmilliy adabiy tarmoqlarning shakllanishi, ularning o‘zbek adabiyotidagi ta’siri va milliy o‘zlikni mustahkamlashdagi ahamiyatini o‘zbek va xalqaro tadqiqotlar, shuningdek, jadidlarning o‘z so‘zlari asosida tahlil qiladi. 1 Adeeb Khalid, The Politics of Muslim Cultural Reform: Jadidism in Central Asia (Berkeley: University of California Press, 1998), 112–120. 2 Dilorom Alimova, Markaziy Osiyoda Jadidchilik. (Toshkent: Fan, 2000), 48. 185 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 9 Jadid adabiyotidagi transmilliy tarmoqlar matbuot, ta’lim tizimi, ziyolilarning xalqaro faoliyati va adabiy almashinuv orqali rivojlandi. Matbuot jadidlar uchun transmilliy adabiy tarmoqlarning asosiy platformasi bo‘ldi. Turkistonda nashr etilgan “Taraqqiy” (1906–1907), “Shuhrat” (1907) va “Sadoyi Turkiston” (1914–1918) gazetalari Qozon, Orenburg va Buxoroda tarqaldi, bu esa mintaqalar o‘rtasida adabiy va g‘oyaviy aloqalarni mustahkamladi3. Qozonda chiqadigan “Vaqt” va Qrimda nashr etilgan Ismail Gasprinskiyning “Tarjimon” gazetalari Turkiston ziyolilari orasida keng o‘qildi. Mahmudxo‘ja Behbudiy “Sadoyi Turkiston” gazetasida shunday yozadi: “Bizning gazeta nafaqat Turkiston xalqiga, balki butun musulmon olamiga xizmat qilmoqda, chunki ma’rifat chegarasizdir”4. O‘zbek tadqiqotchisi Dilorom Alimova ta’kidlaganidek, “Taraqqiy va Sadoyi Turkiston kabi nashrlar Turkistonni Qozon va Istanbul bilan bog‘lovchi adabiy ko‘prik bo‘ldi”5. Jadidlarning “usuli jadid” maktablari transmilliy tarmoqlarning rivojlanishida muhim rol o‘ynadi. Bu maktablar Turkiston, Qozon va Usmonli imperiyasida bir xil maqsadlarga xizmat qildi: zamonaviy bilimlar tarqatish va milliy o‘zlikni mustahkamlash. Turkiston jadidlari Qozonga safar qilib, u yerdagi nashriyotlarda o‘z asarlarini chop ettirdilar. Masalan, Behbudiy Qozonda “O‘zbek xalqining tarbiyasi” nomli risolasini nashr qildi, bu transmilliy adabiy tarmoqlarning amaliy natijasi edi6. O‘zbek jadidlarining Qozon va Istanbul bilan aloqalari o‘zbek adabiyotining she’riyat, nasr, dramaturgiya kabi adabiy turlarini, shu bilan birgalikda, milliy publitsistikani rivojlantirdi. Jadid adabiyoti tatar, turk, rus va fors adabiyotlari bilan o‘zaro ta’sirda ri

Доказательный фрагмент

«Maqola XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Turkistonda milliy uyg‘onish va ma’rifatparvarlik g‘oyalariga asoslangan jadid adabiyotidagi transmilliy adabiy tarmoqlarning shakllanish jarayonini tahlil qiladi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Maqola XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Turkistonda milliy uyg‘onish va ma’rifatparvarlik g‘oyalariga asoslangan jadid adabiyotidagi transmilliy adabiy tarmoqlarning shakllanish jarayonini tahlil qiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Jadid literature, transnational networks, media, national awakening, Kazan, Jadid adabiyoti, transmilliy tarmoqlar, matbuot, milliy uyg‘onish, o‘zbek adabiyoti., Qozon, modernizatsiya, Istanbul
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники