К содержанию
РецензированоUZ2025

MATN TAHLILI VA TALQIN MASALALARI

NEW RENAISSANCE · Otanazarova Sayyora Otanazar qizi

Современная наука и исследования · 2 · 2025

Аннотация

Maqolada matnshunoslik fanining ilmiy va nazariy ahamiyati, uning yozma manbalarni o‘rganish, qo‘lyozmalarni ilmiy asosda nashrga tayyorlash, matnning badiiy va estetik qimmatini tiklashdagi o‘rni yoritiladi. Shuningdek, matn tahlili va talqin masalalari chuqur tahlil qilinib, matnning tashqi va ichki qatlamlari, til va uslub xususiyatlari, muallif ijodiy laboratoriyasi hamda davr konteksti bilan bog‘liq ilmiy qarashlar keng izohlanadi. Maqolada matnni to‘g‘ri tahlil qilish va uni ilmiy talqin etishning nazariy ahamiyati, bu jarayonlarning adabiyotshunoslik, tarixshunoslik, tilshunoslik va madaniyatshunoslik bilan uzviy bog‘liqligi asoslab berilgan. Shuningdek, zamonaviy globallashuv va raqamli muhitda matn tahlili va talqinining yangi metodlari – diskursiv, semiotik, hermenevtik va kognitiv yondashuvlar muhim ilmiy vosita sifatida ko‘rsatib o‘tiladi. Kalit so‘zlar: matnshunoslik, ilmiy ahamiyat, nazariy ahamiyat, matn tahlili, talqin, qo‘lyozmalar, muallif uslubi, badiiy jarayon, milliy identitet, madaniy meros, manbashunoslik, globallashuv, elektron matn, diskurs, hermenevtika, semiotika. Matnshunoslik (tekstologiya) bugungi adabiyotshunoslik fanining eng muhim tarmoqlaridan biri sifatida nafaqat matnlarni ilmiy asosda o‘rganish va nashrga tayyorlashni, balki ular orqali milliy va jahon adabiy merosini izchil tadqiq etishni ham ta’minlaydi. Har bir matn – u badiiy asar, ilmiy risola yoki publitsistik yozuv bo‘lishidan qat’i nazar – muayyan davrning madaniy, ijtimoiy va estetik tafakkurini mujassamlashtiradi. Shu bois matnshunoslik matnni filologik jihatdan tahlil qilish bilan birga, uni tarixiy va madaniy kontekstda ham yoritishga xizmat qiladi. Sharq olamida matnshunoslik qadimdan shakllanib kelgan bo‘lib, qo‘lyozmalarni yig‘ish, ko‘chirish, ularni tahrir qilish va sharhlash amaliyoti o‘ziga xos ilmiy maktabni yaratgan. Forobiy, Ibn Sino, Beruniy, Jomiy, Alisher Navoiy kabi buyuk mutafakkirlarning asarlarining bizgacha yetib kelishi, ularning mazmun va mohiyatining o‘zgarmasdan avlodlarga yetkazilishi ana shu matnshunoslik an’analarining natijasidir. G‘arb ilmiy maktablarida esa tekstologiya alohida nazariy yo‘nalish sifatida shakllanib, yozma merosni o‘rganishda filologik tahlil, qiyosiy metod, hermenevtik yondashuvlar asosida rivojlandi. Bugungi kunda matnshunoslik sohasi yanada keng qamrovli bo‘lib, u faqat qo‘lyozmalar va qadimiy asarlar bilan cheklanmaydi. Zamon taraqqiyoti, raqamlashtirish va globallashuv jarayonlari natijasida elektron matnlar, internet diskursi, raqamli nashrlar ham matnshunoslik tadqiqotlarining muhim ob’ektiga aylandi. Shunday ekan, matnshunoslik bir tomondan an’anaviy qo‘lyozmalarni ilmiy nashrga tayyorlash, izoh va sharhlar berish, boshqa tomondan esa zamonaviy axborot muhitidagi matnlarni lingvopoetik va diskursiv tahlil qilish bilan shug‘ullanmoqda. Matnshunoslikning ahamiyati nafaqat matnni tiklash va nashrga tayyorlashda, balki adabiy jarayonni, muallif ijodiy laboratoriyasini, badiiy tafakkur rivojlanishini chuqurroq anglashda ham 43 NEW RENAISSANCE 2025 SENTABR INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 9 ko‘zga tashlanadi. Olimlar ta’kidlaganidek, “matnshunoslik – bu filologiya, tarix va madaniyatshunoslikning kesishgan nuqtasida turuvchi fundamental ilmiy yo‘nalishdir” (Karimov, 2012; Abduazizov, 2008). Demak, ushbu fan milliy madaniyatni saqlash, xalqning ma’naviy merosini izchil o‘rganish va uni ilmiy asosda kelajak avlodlarga yetkazishda beqiyos o‘rin tutadi. Matnshunoslikning ilmiy ahamiyati, eng avvalo, yozma manbalarni haqqoniy ilmiy asosda tiklash va nashrga tayyorlashda namoyon bo‘ladi. Har bir qo‘lyozma asar yoki uning nusxalari turli tarixiy sharoitda ko‘chirilib, ayrim hollarda xatolarga, tushirib qoldirishlarga yoki qo‘shimchalarga duch kelgan bo‘lishi mumkin. Matnshunoslik esa bunday buzilishlarni aniqlash va asarning asl nusxasini tiklashga xizmat qiladi. Olim H. Karimov ta’kidlaganidek, “matnshunoslik yozma manbani ilmiy jihatdan tekshirib, uni mukammal izohlar bilan boyitib nashr etadi, shu orqali milliy merosning haqqoniy qiyofasini tiklaydi” (Karimov, 2012: 27). Matnshunoslikning yana bir muhim vazifasi – manbashunoslik bilan aloqadorlikda ko‘rinadi. Qo‘lyozma va nashrlarni ilmiy tahlil qilish, ularning tarixiy davrini, yozilish sharoitini, muallif shaxsini aniqlash, asar qaysi madaniy an’anaga oid ekanini belgilash matnshunoslikning ilmiy ahamiyatini oshiradi. Masalan, Alisher Navoiy asarlarining turli qo‘lyozma variantlarini taqqoslash orqali XV asr madaniy hayoti va estetik qarashlarini ham o‘rganish mumkin (G‘anieva, 2019: 49). Ilmiy jihatdan qaralganda, matnshunoslik adabiyotshunoslik, tilshunoslik, tarixshunoslik, manbashunoslik kabi fanlar uchun ishonchli manba bo‘lib xizmat qiladi. Chunki ilmiy izohlar va tanqidiy matnlar tarixiy jarayonlarni to‘g‘ri tushunish, til taraqqiyotini o‘rganish va adabiyot tarixini ilmiy asosda yoritish imkonini beradi. Matnshunoslikning nazariy qimmati uning matnni faqat tashqi shakl sifati

Доказательный фрагмент

«Maqolada matnshunoslik fanining ilmiy va nazariy ahamiyati, uning yozma manbalarni o‘rganish, qo‘lyozmalarni ilmiy asosda nashrga tayyorlash, matnning badiiy va estetik qimmatini tiklashdagi o‘rni yoritiladi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Maqolada matnshunoslik fanining ilmiy va nazariy ahamiyati, uning yozma manbalarni o‘rganish, qo‘lyozmalarni ilmiy asosda nashrga tayyorlash, matnning badiiy va estetik qimmatini tiklashdagi o‘rni yoritiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
talqin, diskurs, globallashuv, badiiy jarayon, matn tahlili, manbashunoslik, milliy identitet, hermenevtika, elektron matn, matnshunoslik, semiotika., ilmiy ahamiyat, nazariy ahamiyat, muallif uslubi, qo‘lyozmalar, madaniy meros
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники