К содержанию
РецензированоUZ2025

MATNSHUNOSLIKNING ILMIY VA NAZARIY AHAMIYATI

Otanazarova Sayyora Otanazar qizi

Современная наука и исследования · 2025

Аннотация

Ushbu tezisda matnshunoslik fanining ilmiy va nazariy ahamiyati yoritilgan. Matnshunoslik yozma manbalarni ilmiy asosda o‘rganish, ularning asl nusxasini aniqlash, turli tahririy o‘zgarishlarni qiyoslash va muallif uslubini o‘rganishda beqiyos ahamiyatga ega ekani ta’kidlanadi. Shuningdek, matnshunoslikning adabiyotshunoslik, tarixshunoslik, tilshunoslik va madaniyatshunoslik bilan uzviy aloqasi ko‘rsatilib, uning milliy identitetni shakllantirish, madaniy merosni saqlash va globallashuv sharoitida zamonaviy matnlarni tahlil qilishdagi dolzarbligi asoslab berilgan. Maqolada matnshunoslikning badiiy jarayonni tushuntirish, muallif ijodiy laboratoriyasini ochib berish va adabiy rivojlanish qonuniyatlarini aniqlashdagi nazariy ahamiyati alohida tahlil qilingan. Kalit so‘zlar: matnshunoslik, ilmiy ahamiyat, nazariy ahamiyat, qo‘lyozmalar, adabiyotshunoslik, badiiy jarayon, muallif uslubi, milliy identitet, madaniy meros, manbashunoslik, nashriyot, matn tahlili, globallashuv, elektron matn, diskurs. Har qanday millatning ma’naviy hayoti, avvalo, uning yozma manbalari, badiiy va ilmiy matnlari orqali ifodalanadi. Insoniyat tarixida yaratilgan qo‘lyozmalar, kitoblar va matnli manbalar – o‘tmishdan bugunga va kelajakka uzluksiz yetib kelayotgan bebaho boylikdir. Shu nuqtayi nazardan qaraganda, matnshunoslik (tekstologiya) fani nafaqat filologiyaning, balki tarixshunoslik, madaniyatshunoslik, falsafashunoslik va manbashunoslikning ham tayanch sohalaridan biri hisoblanadi. Chunki matnni o‘rganish, uning asl nusxasini aniqlash, turli tahririy o‘zgarishlarni solishtirish, mualliflik xususiyatlarini ochib berish orqali biz o‘tmish adabiy jarayonini chuqurroq anglaymiz, bugungi ilmiy muhitni boyitamiz va kelajak avlodlarga to‘liq hamda mukammal meros qoldiramiz. Matnshunoslikning shakllanishi qadimiy qo‘lyozmalarni yig‘ish, ko‘chirish va saqlash an’analari bilan chambarchas bog‘liqdir. Sharq mutafakkirlari – Forobiy, Ibn Sino, Beruniy, Alisher Navoiy kabi allomalar asarlarining bizgacha yetib kelishi bevosita matnshunoslik faoliyatining erta ko‘rinishlari natijasi hisoblanadi. Yozma merosning har bir satri – tarixiy, ilmiy va badiiy tafakkur namunasi bo‘lib, ularni ilmiy tahlil qilish orqali biz milliy o‘zlikni, madaniy an’analarni va davr ruhiyatini tiklaymiz. Bugungi kunda matnshunoslik sohasi faqat qo‘lyozma matnlarini o‘rganish bilangina cheklanmaydi. U zamonaviy ilmiy matnlar, publitsistik asarlar, raqamli matnlar va hatto internet diskursini tahlil qilishda ham muhim metodologik asos vazifasini bajaradi. Bu esa matnshunoslikning ilmiy-amaliy qamrovi tobora kengayib borayotganini ko‘rsatadi. Demak, matnshunoslik – yozma merosni ilmiy asosda tahlil qilish va uni nazariy jihatdan tushuntirish orqali adabiyotshunoslikning asosiy bo‘g‘ini sifatida namoyon bo‘ladi. Uning ilmiy ahamiyati – matnning haqqoniyligini aniqlash, tarixiy qiymatini belgilash va mukammal nashrlarni yaratishda; nazariy ahamiyati esa – badiiy jarayonni tushuntirish, muallif uslubini ochib berish va adabiy rivojlanish qonuniyatlarini izohlashda yaqqol ko‘zga tashlanadi. 79 Sentabr, 2025-Yil Matnshunoslikning ilmiy-nazariy ahamiyati, avvalo, uning yozma manbalarni ilmiy asosda o‘rganish, nashrga tayyorlash va adabiy jarayonni nazariy jihatdan yoritib berish imkoniyatida namoyon bo‘ladi. Har qanday matn – badiiy asar, ilmiy risola yoki publitsistik yozuv bo‘ladimi – muallif tafakkuri va davr ruhiyatining mahsuli sifatida tarixiy hamda ma’naviy qimmatga ega. Matnshunoslik esa bu qiymatni aniqlash, asarning haqiqiy nusxasini tiklash, soxta yoki buzilgan variantlardan farqlash, muallif uslubini ochib berish va badiiy jarayonning rivojlanish qonuniyatlarini tushuntirishda muhim ilmiy vazifani bajaradi. Bu fan yordamida qadimiy qo‘lyozmalarning asl nusxasi, muallif tomonidan amalga oshirilgan tahririy o‘zgarishlar, matndagi qo‘shimcha yoki qisqartirishlar, shuningdek, nusxa ko‘chiruvchilar tomonidan kiritilgan xatoliklar aniqlanadi va ilmiy apparat bilan asoslab beriladi. Natijada asar faqat badiiy qiymatga ega yodgorlik sifatida emas, balki tarixiy va ilmiy manba sifatida ham talqin qilinadi (Karimov, 2012). Matnshunoslikning nazariy ahamiyati shundan iboratki, u matnni faqat tashqi shakl sifatida emas, balki til, uslub, mazmun va badiiy obrazlar tizimi orqali ham chuqur tahlil qiladi. Asarning turli variantlarini qiyoslash orqali muallif ijodiy laboratoriyasining o‘ziga xos tomonlari, uning badiiy tafakkuri, davr estetik qarashlari va adabiy an’analarga munosabati oydinlashadi (G‘anieva, 2019). Bu jarayon adabiyot tarixini to‘g‘ri anglash va muayyan yozuvchining ijodiy yo‘lini ilmiy asosda tahlil qilish imkonini beradi. Matnshunoslik nazariy jihatdan matnning funksional mohiyatini ham yoritib beradi: matnning ijtimoiy hayotdagi o‘rni, madaniyatni shakllantirishdagi ta’siri, ma’naviy merosni saqlashdagi roli tahlil qilinadi. Shu bois matnshunoslik nafaqat filologiya, balki tarix, madaniyatshunoslik, tilshunoslik va falsafaning ham muhim tayanch sohasi hiso

Доказательный фрагмент

«Ushbu tezisda matnshunoslik fanining ilmiy va nazariy ahamiyati yoritilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu tezisda matnshunoslik fanining ilmiy va nazariy ahamiyati yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
globallashuv, badiiy jarayon, matn tahlili, manbashunoslik, milliy identitet, elektron matn, matnshunoslik, adabiyotshunoslik, ilmiy ahamiyat, nazariy ahamiyat, muallif uslubi, qo‘lyozmalar, diskurs., nashriyot, madaniy meros
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники