К содержанию
РецензированоRU2026

XO’JALIK YURITUVCHI SUBYEKTLARDA TOVAR MODDIY ZAXIRALAR HISOBINI TAHLIL QILISH

HISOBINI TAHLIL QILISH · Hamidov Nizomjon Farhod o’g’li

Современная наука и исследования · 2 · 2026

Аннотация

Hоzirdа butun dunyodа korxonalarda tovar moddiy zaxiralar hisobini tahlil qilishda mоliyaviy hisоbоtning хаlqаrо stаndаrtlаrining аhаmiyati va undagi o’rni sеzilаrli dаrаjаdа оshdi. Mоliyaviy hisоbоtning хаlqаrо stаndаrtlаri nаfаqаt iqtisоdiy jihаtdаn rivоjlаngаn yеtаkchi mаmlаkаtlаr tаjribаsini umumlаshlаshtirаdi, bаlki buхgаltеriya hisоbi vа hisоbоtining milliy tizimlаrini rivоjlаntirishgа hаm mоliyaviy hisоbоtning хаlqаrо stаndаrtlаrini to‘g‘ridаn-to‘g‘ri milliy аmаliyotgа tadbiq etish оrqаli hаmdа хаlqаrо vа milliy stаndаrtlаr tаlаblаrini yaqinlаshtirish оrqаli fаоl tа’sir kursаtаdi. Kalit sozlar: MXHS, Tovar-moddiy zaxiralar quyidagi holatlarda tan olinadi, Tovar- moddiy qiymatliklarni inventarizasiyasi. Kirish. O‘zbekistonning jahon iqtisodiy hamjamiyatiga munosib tarzda kirib borishida kichik biznes va tadbirkorlik korxonalarining faoliyat yuritishi, ayniqsa pandemiyadan keyingi og‘ir iqtisodiy davrda kishilarni ish joylari va daromad manbai bilan ta’minlash, joylarda tashabbusni rag‘batlantirish, aholi o‘rtasida shakllangan tadbirkorlik ko‘nikmalarini ommalashtirish, milliy, madaniy boyliklarni butun dunyoga namoyon etish imkoniyatlari paydo bo‘ladi. Tovar moddiy zahiralari korxonaning aylanma mablag‘larida faoliyat sohasiga qarab, 30 foizdan 90 foizgacha bo‘ladi. Korxonaning moliyaviy va iqtisodiy ahvoli ko‘p jihatdan ana shu tovar moddiy zaxiralaridan foydalanish samaradorligiga bog‘liq. Har bir ishlab chiqarish korxonasida mahsulot ishlab chiqarish jarayonining to‘xtovsiz davom etib turishida tovar moddiy zahiralarining o‘rni juda kattadir. Muxokamalar va natijalar. Ishlab chiqarishning moddiy sharoitlaridan biri mehnat buyumlari hisoblanadi. Amalda ular TMZlar deb ataladi. Asosiy vositalardan farq qilib, TMZlar bir ishlab chiqarish jarayonida o’zining qiymatini to’la ravishda mahsulot tannarxiga o’tkazadi. Materiallarning har bir turi bo’yicha normativ miqdori korxona tomonidan mustaqil belgilanadi. Xo’jalik yuritishning yangi tizimi sharoitida moddiy boyliklardan foydalanish ustidan nazoratni kuchaytirish, yashirin iqtisodiyotga qarshi kurash mahsulot tannarxida moddiy xarajatlarning ulushini kamaytirib borish masalalariga alohida e’tibor beriladi. Ishlab chiqarilayotgan mahsulotning asosini asosiy TMZlar tashkil qiladi. Masalan, mashinasozlikda –metall, mebel ishlab chiqarishda yog’och, gazlama ishlab chiqarishda –paxta va boshqalar. Qazib chiqaruvchi sanoat va qishloq xo’jaligi mahsulotlari xom ashyo deb ataladi. Masalan, neft, ruda, paxta, qand lavlagi va boshqalar. Boshqa orxonalardan olinadigan mashina va agregatlarning to’g’ri detallari va boshqalar yarim tayyor mahsulotlar deb ataladi. Mol etkazib beruvchi yoki transport tashkiloti omboridan TMZlarni olish uchun ta’minotchiga buxgalteriya tomonidan 10-15 kun muddati bilan ishonchnoma beriladi. Ishonchnoma olish huquqiga ega bo’lgan xodimlar ro’yxati xo’jalik yurituvchi sub’ekt rahbari tomonidan imzolanadi. Ishonchnoma yozish uchun asos bo’lib shartnomalar, naryad, to’lovnoma, buyurtmanoma yoki mol etkazi beruvchining boshqa hujjatlari xizmat qiladi. 166 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 9 Beriladigan ishonchnomalar eng avval ishonchnomalarni ro’yxatga olish daftarida qayd etiladi. Bu daftarvaraqlari oldindan raqamlanib, tiqilib so’rg’uch bilan muhrlanadi. Daftarning oxirgi betida bosh buxgalter imzosi bilan quyidagi yozuv qayd etiladi: «Bu daftarda hisob varaqlar raqamlangan va tikib chiqilgan» Varaqlar soni harf (so’z) bilan yozilishi kerak. Xulosa Tovar-moddiy zaxiralar xisobida boshqaruv va moliyaviy hisob ob’ektlarini aniq belgilab olinishi va uni tadqiq etish natijasida shunday xulosaga kelish mumkinki, ushbu masala yuzasidan aniq chegaralanish xaligacha belgilanmagan. Bu nafaqat material xarajatlarida, balki xisobning boshqa ob’ektlarida xam ko’zga tashlanadi. Tovar-moddiy zaxiralar baxolanishi va uni auditni takomillashtirish yuzasidan yuqoridagi fikr va muloxozalarni umumlashtirgan xolda quyidagi xulosalarga kelindi: Iqtisodiyotini modernizatsiyalash sharoitida xujalik faoliyati jarayonining yakuniy bosoqichidan olinadigan tayyor maxsulotlarning tannarxidagi sarflangan xom-ashyo va materiallarning ulushini imkoniyati boricha kamaytirish muxim o’rin tutadi, chunki, talab va taklifdan kelib chiqqan xolda ularga o’rnatilgan baxo (chunki, ushbu baxolarni tartibga solib turuvchi omil – bu tannarxdir) maxsulotlarning xaridorgirlik darajasini belgilaydi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. A.B.Muxametov. B.Matrasulov.G.Turayeva T.:Buxgalteriya hisobi darslik. Ziyo nashr. 2023.-347 b 2. A.B.Muxametov. U.Chorshanboyev. G.Turayeva T.:Boshqaruv hisobi darslik. Ziyo nashr. 2024.-169 b 3. Gulizahro, T., & Jaloliddin, X. (2023). SANOAT KORXONALARINI ISHLAB CHIQARISH SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA 4. INNOVATSIYALAR O’RNI. Нововведения Cовременного Научного Развития в Эпоху Глобализации: Проблемы и Решения, 1(6), 219-221. 5. Gulizahro, T., Eldor, T., Asilbek, S., & Muhammadqodir, B. (2023). Asosiy vositalar hisobi va ulardan samarali

Доказательный фрагмент

«Hоzirdа butun dunyodа korxonalarda tovar moddiy zaxiralar hisobini tahlil qilishda mоliyaviy hisоbоtning хаlqаrо stаndаrtlаrining аhаmiyati va undagi o’rni sеzilаrli dаrаjаdа оshdi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Hоzirdа butun dunyodа korxonalarda tovar moddiy zaxiralar hisobini tahlil qilishda mоliyaviy hisоbоtning хаlqаrо stаndаrtlаrining аhаmiyati va undagi o’rni sеzilаrli dаrаjаdа оshdi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Tovar-moddiy qiymatliklarni inventarizasiyasi., MXHS, Tovar-moddiy zaxiralar quyidagi holatlarda tan olinadi
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники