К содержанию
РецензированоUZ2025

PEDAGOGIK OLIY TA’LIM JARAYONIDA TALABALARNING INKLYUZIV TAYYORGARLIGINI KOMPITENTSIYAVIY YONDASHUV ASOSIDA RIVOJLANTIRISH PEDAGOGIK MUAMMO SIFATIDA

Xafizova Umida

Современная наука и исследования · 2025

Аннотация

This article examines the issues of inclusive training and ways to further develop the process of pedagogical higher education based on a competency-based approach. It is necessary for every teacher and student to actively participate in this process. The article also analyzes the essence, content, and pedagogical foundations of inclusive education that distinguish it from other approaches. Inclusive education is based on the principles of social justice, humanism, and methodological adaptation to integration and mainstreaming. Keywords: teacher, inclusive education, student, competence, problem, development, approach, preparation. Аннотация. В статье рассматриваются вопросы инклюзивного обучения и пути дальнейшего развития процесса педагогического высшего образования на основе компетентностного подхода. Необходимо активное участие в этом процессе каждого преподавателя и студента. В статье анализируются сущность, содержание и педагогические основы инклюзивного образования, отличающие его от других подходов. Инклюзивное образование базируется на принципах социальной справедливости, гуманизма и методической адаптации к интеграционному и мейнстриминговому моделированию. Ключевые слова: учитель, инклюзивное образование, ученик, компетентность, проблема, развитие, подход, подготовка. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvar kuni PF-60-sonli Farmoni tasdiqlandi va bu farmon “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”[1] bo‘lib unda yosh avlodni har tomonlama sog‘lom, aqlan rivojlangan, o‘z mustaqil fikriga ega, qat’iy qarorlar qabul qiladigan, hayotiy nuqtayi nazarga ega, o‘z madaniyatini yaxshi biladigan, Vatanga sodiq yoshlarni tarbiyalash, demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish, fuqarolik jamiyatini har tomonlama rivojlantirish jarayonida ijtimoiy faolligini oshirish nazarda tutilgan. Taraqqiyot strategiyasi[2] ham besh yilga mo‘ljallangan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ijtimoiy, ma’naviy, ma’rifiy reja ishlab chiqilgan. Rejaga muvofiq jamiyatning barcha sohalari qamrab olingan bo‘lib, ta’lim sohasida ham keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Hozirgi kunda dunyoning taraqqiy etgan mamlakatlarida ilmfanning, 60 Sentabr, 2025-Yil texnika va texnologiyalarning rivojlanishi ta’lim paradigmasini o‘zgartira oldi va o‘quv jarayoni davomida nazariy bilimlarni amaliyotda qo‘llay olish ko‘nikma va malakalarini rivojlantirdi. Zero, amaliyotda foydalanilayotgan tizimli, faoliyatli yondashuv jamiyatning ijtimoiy- ma’naviy va madaniy taraqqiyotiga katta hissa qo‘shadi. Olimlarning tadqiqotlariga ko‘ra, oliy ta’lim tizimini isloh qilish, rivojlantirish, takomillashtirish, yangiliklarga tez moslashuvchan, zamon talablariga javob bera oladigan mutaxassislarni tayyorlashning asosiy yondashuvlaridan biri kompetensiyaviy yondashuv hisoblanadi. Taʼlim tizimining ustuvor yoʻnalishlaridan biri — har bir bolaning individual xususiyatlarini inobatga olgan holda sifatli va teng huquqli taʼlim olishini taʼminlashdir. Inklyuziv taʼlim ushbu tamoyillarga asoslangan boʻlib, uni faqat imkoniyati cheklangan bolalar uchun emas, balki butun taʼlim tizimini insonparvarlik asosida yangilash vositasi sifatida talqin etish zarur. Bu yondashuv bolani tizimga moslashtirishni emas, balki tizimni bolaning ehtiyojlariga moslashtirishni nazarda tutadi. Shu sababli, inklyuziv taʼlim integratsiya va meynstriming kabi avvalgi yondashuvlardan tubdan farq qiladi va uni pedagogik, huquqiy hamda ijtimoiy jihatdan chuqur oʻrganish dolzarb ilmiy masalalardan biri hisoblanadi. Bugungi kunda pedagogik amaliyotda “inklyuziv taʼlim” atamasi tobora koʼproq qoʼllanilmoqda, biroq u koʼpincha faqat nogironligi boʼlgan bolalarning umumiy maktabda oʼqitilishi sifatida tor talqin etiladi. Bunday yondashuv soddalashtirilgan boʻlib, atamaning asl ilmiy mazmunini toʻliq aks ettirmaydi. Kengroq va asoslangan talqinga koʻra, inklyuziv taʼlim (fransuzcha inclusif - “oʻz ichiga oluvchi”, lotincha include - “kiritmoq”, “oʻz ichiga olmoq”) umumiy taʼlim tizimining rivojlanish jarayoni boʻlib, barcha bolalar, shu jumladan, alohida taʼlim ehtiyojlariga ega boʻlganlar uchun ham teng va toʻlaqonli taʼlim olish imkoniyatini taʼminlashga yoʻnaltirilgan. Uning asosiy tamoyili - taʼlim muhitini har bir bolaning individual ehtiyojlariga moslashtirish orqali ularning ijtimoiy moslashuvi, intellektual rivoji va salohiyatini roʻyobga chiqarish imkoniyatini yaratishdan iborat. Inklyuziv yoki qoʻshilgan taʼlim - bu oʻquv jarayonini tashkil etishning oʻziga xos shakli boʻlib, unda alohida taʼlim ehtiyojlariga ega bolalar umumtaʼlim maktabi sharoitida taʼlim oladilar. Mazkur model anʼanaviy, maxsus va integratsiyalashgan taʼlim turlaridan maqsadi, mazmuni va yondashuvlari bilan sezilarli darajada farq qiladi. Inklyuziya faqatgina imkoniyati cheklangan bolaning sinfda jismoniy mavjudligini emas, balki uni taʼlimiy va ijtimoiy-madaniy muhitga faol jalb etish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishni ham oʻz ichiga olad

Доказательный фрагмент

«This article examines the issues of inclusive training and ways to further develop the process of pedagogical higher education based on a competency-based approach.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article examines the issues of inclusive training and ways to further develop the process of pedagogical higher education based on a competency-based approach. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
teacher, inclusive education, student, competence, problem, development, talaba, tayyorgarlik., kompitentsiya, pedagog, muammo, rivojlantirish, yondashuv, inklyuziv ta’lim
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники