К содержанию
РецензированоEN2025

TIJORAT BANKLARINING KREDIT SIYOSATINI TAKOMILLASHTIRISH (“DAVRBANK” XATB MISOLIDA)

(“DAVRBANK” XATB MISOLIDA) · Akbarov Zohidjon Sobirjon o‘g‘li · O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi magistranti.

Современная наука и исследования · 4 · 45–57 · 2025

Аннотация

This article examines the issues of improving the credit policy of commercial banks using the example of Davrbank JSCB. Credit policy is one of the main financial instruments of the bank, and its effective implementation is an important factor in improving the quality of the credit portfolio, reducing the share of problem loans and ensuring the financial stability of the bank. The article statistically analyzes the lending activities of Davrbank in recent years, identifies existing problems and risk factors. Based on the analysis, proposals have been developed to digitize credit policy, introduce scoring systems and strengthen customer-oriented approaches. The results of the study, in particular, serve as a practical basis for improving credit policy in the banking sector of Uzbekistan through modern approaches. Keywords: Commercial bank, credit policy, Davrbank JSCB, credit portfolio, problem loans, credit risk, financial stability, digital lending, scoring system, credit strategy, bank risk management, customer-oriented approach, credit portfolio diversification. Kirish: O‘zbekiston Respublikasi moliyaviy sektorini modernizatsiya qilish jarayonida tijorat banklarining kredit siyosatini takomillashtirish ustuvor yo‘nalishlardan biri sifatida e’tirof etilmoqda. Kredit siyosati bank faoliyatining yuragi bo‘lib, uning samarali yuritilishi bank resurslarining maqsadli va xavfsiz joylashtirilishini ta’minlaydi. Ayniqsa, so‘nggi yillarda kichik biznes va tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash borasidagi davlat siyosati banklardan ilg‘or kreditlash mexanizmlarini joriy etishni talab qilmoqda. Bunda kredit risklarini baholash, portfel sifatini oshirish va mijozlar bilan ishlashda innovatsion yondashuvlar muhim ahamiyat kasb etmoqda. “Davrbank” XATB O‘zbekistonning faol tijorat banklaridan biri sifatida kredit siyosatini takomillashtirish borasida qator tashabbuslarni amalga oshirmoqda. Mazkur maqolada aynan ushbu bank misolida 2020–2024-yillar davrida olib borilgan kreditlash amaliyoti tahlil 1 03 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ qilinadi, mavjud muammolar aniqlanadi hamda kredit siyosatini yanada samarali tashkil etish bo‘yicha ilmiy-amaliy takliflar ishlab chiqiladi. Shuningdek, maqolada raqamli texnologiyalar asosida kredit risklarini boshqarish, kredit portfelining diversifikatsiyasi va muammoli kreditlar ulushini kamaytirish mexanizmlari o‘rganiladi. Mavzuga oid adabiyotlar sharhi. So‘nggi yillarda O‘zbekiston bank sektorining kredit siyosati sohasida sezilarli o‘zgarishlar amalga oshirildi. Ushbu jarayonda mahalliy olimlarning nazariy qarashlari va amaliy tahlillari muhim o‘rin egallaydi. Jumladan, Sardor Umarovich Kholdorov (2023–2024) o‘z tadqiqotida O‘zbekiston tijorat banklarida kredit risklarini kamaytirish uchun monitoring tizimlarini takomillashtirish, risklarni baholashning zamonaviy metodologiyalarini joriy etish va davlat banklarini tijorat tamoyillariga o‘tkazish zarurligini asoslab berdi. Bu yondashuv bank tizimining barqarorligi uchun uslubiy asos hosil qiladi. Shu bilan birga, Olmas Isakov (2024) tomonidan olib borilgan empirik tadqiqotda muammoli kreditlarga (NPL) ta’sir ko‘rsatuvchi asosiy omillar aniqlangan. U dinamik panel ma’lumotlar asosida leverage, LDR (loan-to-deposit ratio), iqtisodiy o‘sish sur’atlari va bank hajmining NPL darajasiga ta’sirini statistik tahlil qilgan. Natijalarda LDR va leverage yuqori bo‘lgan banklarda muammoli kreditlar ko‘paygani, iqtisodiy o‘sish esa aksincha – NPL’ni kamaytirgani aniqlangan. S. Ilhomovna (2025) esa O‘zbekiston tijorat banklarining kredit siyosatini makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarga ta’siri orqali tahlil qiladi. U kreditlar hajmi va tuzilishidagi o‘zgarishlarning yalpi ichki mahsulot (YaIM), inflyatsiya va bandlikka bevosita ta’sirini nazariy va amaliy asoslarda yoritgan. I. Alimardonov (2021) esa bank kreditlash jarayonlarini soddalashtirish, hujjatlar aylanishini raqamlashtirish va qaror qabul qilish mexanizmlarini avtomatlashtirish orqali samaradorlikni oshirish yo‘llarini taklif etgan. Rossiya va Yevropa tajribasiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, Jalal Hafeth Ahmad Abu-Alrop va Igor Anatolyevich Kokh (2020) Rossiya banklarida kredit riskining bank daromadliligi ko‘rsatkichlariga (ROA, ROE) ta’sirini o‘rganib chiqishgan. Ular kredit hajmidan ko‘ra sifat omili – ya’ni muammoli kreditlar ulushi – bank samaradorligi uchun asosiy o‘zgaruvchi ekanini ilmiy asoslab berishgan. Yevropa Markaziy Banki (ECB, 2024) esa “Financial Stability Review” orqali kredit standartlari qattiqlashgani, ayniqsa ipoteka va yuridik shaxslarga ajratilayotgan kreditlar qisqargani, bu esa umumiy kredit bozorida sezilarli turg‘unlik keltirib chiqarganini e’lon qilgan. Shuningdek, Claudia Buch (ECB, 2024) boshchiligidagi guruh Rossiyaga qarshi sanksiyalar sharoitida banklar kredit siyosatini qanday moslashtirayotganini o‘rgangan. Ular ECB tomonidan risklarni baholashda geopol

Доказательный фрагмент

«This article examines the issues of improving the credit policy of commercial banks using the example of Davrbank JSCB.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article examines the issues of improving the credit policy of commercial banks using the example of Davrbank JSCB. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Commercial bank, credit policy, Davrbank JSCB, credit portfolio, problem, bank risklarini boshqarish, kredit strategiyasi, raqamli kreditlash, “Davrbank” XATB, kredit portfelini diversifikatsiya qilish., kredit portfeli, muammoli kreditlar, mijozga yo‘naltirilgan yondashuv, kredit riski, moliyaviy barqarorlik, kredit siyosati, skoring tizimi, Tijorat banki
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники