Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
REPRODUKTIV SALOMATLIK VA BEPUSHTLIK MUAMMOLARI
Mamurjanova Maftuna Sirojiddin qizi
Современная наука и исследования · 4 · 2025
Аннотация
The article analyzes the concept of reproductive health, its importance in modern medicine, and the main causes of infertility. According to the World Health Organization (WHO), every sixth couple of reproductive age worldwide suffers from infertility. This issue leads to social, psychological, and economic consequences and is also highly relevant to national demographic policy. The study highlights the main etiological factors of female and male infertility, diagnostic methods, and treatment approaches. Keywords: reproductive health, infertility, etiological factors, in vitro fertilization, prevention. KIRISH. Reproduktiv salomatlik insonning umumiy sog‘lom turmush tarzini shakllantirishda eng muhim ko‘rsatkichlardan biridir. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) ta’rifiga ko‘ra, reproduktiv salomatlik — bu nafaqat kasallik va nogironlikdan holilik, balki shaxsning nasl qoldirish qobiliyatini to‘liq va erkin amalga oshirishi uchun zarur bo‘lgan jismoniy, ruhiy hamda ijtimoiy farovonlik holatidir. Demak, reproduktiv salomatlik masalasi faqat tibbiyot sohasi bilan cheklanmay, balki demografiya, ijtimoiy fanlar, psixologiya va hatto davlat siyosati uchun ham dolzarb hisoblanadi. 9 7 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Bugungi globallashuv jarayonida ekologik muhitning buzilishi, zararli odatlarning keng tarqalishi, stressning ortishi va ovqatlanish madaniyatidagi o‘zgarishlar reproduktiv tizimga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Shu bilan birga, nikoh yoshining ortib borishi, farzand ko‘rishni kechiktirish tendensiyasi ham bepushtlik darajasining o‘sishiga sabab bo‘lmoqda. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, dunyo miqyosida har oltinchi juftlikda tug‘ish qobiliyatida muammolar kuzatilmoqda. O‘zbekiston sharoitida ham bu masala davlat miqyosida diqqat markazida turibdi. Mamlakatimizda “Onalik va bolalikni muhofaza qilish”, “Oila va ayollar salomatligi” dasturlari qabul qilinib, respublika va hududiy miqyosda ixtisoslashgan reproduktiv salomatlik markazlari faoliyat yuritmoqda. Shu bilan birga, oilaviy shifokorlar va ginekologlar faoliyatida bepushtlikni erta tashxislash va profilaktika qilish bo‘yicha alohida yo‘nalishlar ishlab chiqilmoqda. Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, bepushtlik faqat tibbiy muammo emas, balki chuqur ijtimoiy-psixologik oqibatlarga ega jarayondir. Ayrim hollarda bu holat oilaviy nizolar, ruhiy tushkunlik, jamiyatda noto‘g‘ri stereotiplarning shakllanishiga olib keladi. Shu sababli ham reproduktiv salomatlikni ta’minlash va bepushtlik muammosini hal etish masalasi kompleks yondashuvni talab qiladi. ASOSIY QISM. Reproduktiv salomatlik tushunchasi so‘nggi o‘n yilliklarda tibbiyot va ijtimoiy fanlarda alohida ilmiy yo‘nalish sifatida shakllandi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) uni “insonning nasl qoldirish qobiliyatini erkin va ongli ravishda amalga oshirish imkonini beradigan jismoniy, ruhiy va ijtimoiy farovonlik holati” sifatida ta’riflaydi. Bu ta’rifdan ko‘rinadiki, reproduktiv salomatlik faqat ayol yoki erkaklarning fiziologik imkoniyatlari bilan cheklanmay, balki kengroq ijtimoiy-madaniy, iqtisodiy va psixologik omillar bilan ham chambarchas bog‘liqdir. Reproduktiv salomatlik masalasi milliy demografik rivojlanish, aholining sog‘lom avlodni shakllantirish, ijtimoiy barqarorlik va iqtisodiy taraqqiyotning muhim omillaridan biri hisoblanadi. Agar jamiyatda tug‘ilish darajasi pasaysa, o‘rtacha umr davomiyligi qisqarsa yoki farzand ko‘rish qobiliyatida muammolar kuchaysa, bu holat millat salohiyatiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Reproduktiv salomatlikni ta’minlash quyidagi jihatlar bilan ahamiyatlidir: • Demografik barqarorlik omili sifatida. Sog‘lom avlod tug‘ilishi va aholining tabiiy o‘sishini ta’minlash uchun reproduktiv salomatlik muhim ko‘rsatkichdir. • Ayol va erkaklar salomatligining asosiy tarkibiy qismi sifatida. Bunda nafaqat tug‘ilish jarayoni, balki jinsiy tarbiya, gormonal muvozanat, reproduktiv tizim kasalliklarining oldini olish ham muhim ahamiyat kasb etadi. • Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishga ta’siri. Farzand ko‘rishdagi qiyinchiliklar oilaviy nizolarga, psixologik tushkunlikka va jamiyatda salbiy stereotiplarning shakllanishiga olib keladi. Bu esa o‘z navbatida ijtimoiy barqarorlikka putur yetkazishi mumkin. • Shaxsiy farovonlik omili sifatida. Insonning baxtiyorlik hissi, oilaviy totuvlik va shaxsiy hayot sifati ko‘p jihatdan reproduktiv salomatlikka bog‘liqdir. Shuningdek, reproduktiv salomatlikning buzilishi (bepushtlik, homiladorlikdagi patologiyalar, jinsiy yo‘l bilan yuqadigan kasalliklar) nafaqat tibbiy, balki psixologik va ijtimoiy 9 8 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ muammolarni ham yuzaga keltiradi. Shu sababli reproduktiv salomatlikni mustahkamlash profilaktika choralarini kengaytirish, aholining keng qatlamlarini muntazam tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, sog‘lom turmush tar
Доказательный фрагмент
«The article analyzes the concept of reproductive health, its importance in modern medicine, and the main causes of infertility.»
Образец извлечения
Демо-превьюThe article analyzes the concept of reproductive health, its importance in modern medicine, and the main causes of infertility. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- reproductive health, infertility, etiological factors, in vitro fertilization, reproduktiv salomatlik, bepushtlik, etiologik omillar, in vitro fertilizatsiya, profilaktika.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Лучшие интеллектуальные исследованияAhadova Farida Muхiddin qizi2025
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026