К содержанию
РецензированоUZ2025

XIX ASR OXIRI – XX ASR BOSHLARIDA TURKISTONDA ROSSIYA KAPITALINING KIRIB KELISHI VA SANOAT TARAQQIYOTI

Shoqulov Farrux Anvarjonovich

Современная наука и исследования · 4 · 2025

Аннотация

This article examines the economic policy of the Russian Empire in the Turkestan region during the late 19th and early 20th centuries. It analyzes the introduction of capitalist production, the penetration of Russian industrial capital, and the establishment of early manufacturing enterprises. Special attention is given to the activities of cotton-processing, leather, distillery, flour-milling, and oil-producing factories, as well as their impact on the socio- economic life of the region. 9 2 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ The study highlights how the Tsarist government aimed to transform Turkestan into a raw material base, restricting the economic interests of the local population while strengthening the role of Russian monopolists in the cotton trade. Keywords: Turkestan, Russian Empire, industrial enterprises, cotton-processing plant, Russian capital, raw material base, monopolies, trading firms, colonial policy, economic development. Kirish. Rossiya imperiyasi Turkiston o‘lkasini bosib olgach, bu hududda mustamlaka manfaatlariga mos boshqaruv tizimi shakllantirildi. Bu jarayon faqat siyosiy sohada emas, balki iqtisodiy hayotda ham o‘zining chuqur ta’sirini ko‘rsatdi. Avvalo, o‘lkaga rus sanoat kapitali kirib kela boshladi. Natijada xalq xo‘jaligining asosi hisoblangan dehqonchilik, chorvachilik va hunarmandchilik sohalari jiddiy o‘zgarishlarga duch keldi. Rus kapitalining kirib kelishi mahalliy naturaviy ishlab chiqarishga zarba berdi va an’anaviy xo‘jalik shakllarining yemirilishiga sabab bo‘ldi. Biroq mustamlaka tuzumining o‘zi mustabidlikka asoslanganligi tufayli, Turkistonda sof kapitalistik munosabatlarning to‘laqonli qaror topishiga imkon bermadi. Shunga qaramay, XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab o‘lkada dastlabki zavod va fabrikalar paydo bo‘ldi. Bu jarayon, bir tomondan, Rossiyaning iqtisodiy manfaatlari bilan bog‘liq bo‘lsa, ikkinchi tomondan, o‘lka ichki xo‘jalik tizimining asta-sekin modernizatsiyalashuviga olib keldi. XIX asr oxirlariga kelib, Rossiyada kapitalistik taraqqiyotning yangi bosqichi — monopoliyalar davri yuzaga keldi. Monopolistik kapital o‘z faoliyatini kengaytirish uchun xomashyo manbalari va yangi bozorlarni izlay boshladi. Shu sababli chet el, ayniqsa mustamlaka hududlariga kapital chiqarish tezlashdi. Turkiston ham bu jarayonlardan chetda qolmadi. O‘lkaning paxta, jun, charm kabi xomashyo manbalari Rossiya sanoati uchun strategik ahamiyatga ega bo‘lib, monopoliyalar bu sohalarga faol kirib kela boshladilar. Bu davrda transport infratuzilmasining rivojlanishi, ayniqsa temiryo‘llarning qurilishi jarayonga katta ta’sir ko‘rsatdi. Temiryo‘l tarmoqlarining vujudga kelishi bilan Rossiya monopolistik kapitalizmi Turkiston o‘lkasidagi barcha sohalarga — sanoat, savdo, moliya va qishloq xo‘jaligiga keng miqyosda kirib bordi. Natijada o‘lka iqtisodiyoti Rossiya imperiyasining umumiy xo‘jalik tizimiga tobora ko‘proq bog‘lanib, uning mustamlakachilik siyosatiga xizmat qila boshladi. Asosiy qism. XIX asrning 60–90-yillarida Turkiston o‘lkasida ishga tushirilgan sanoat korxonalari asosan kam quvvatli bo‘lib, ular son jihatdan ham ozchilikni tashkil etardi. Katta quvvatli va yirik ishlab chiqarish korxonalari esa, odatda, rus kapitalistlariga tegishli bo‘ldi. O‘lkaga rus kapitalining faol kirib kelishi 1865-yilda Toshkent shahrining bosib olinishi bilan bevosita bog‘liqdir. Aynan shu davrdan boshlab rus burjuaziya vakillari — savdogarlar, amaldorlar, harbiylar va ishbilarmonlar hukumatdan o‘lkada sanoat korxonalari qurish uchun ruxsat so‘ray boshladilar. Masalan, 1867-yilda rus savdogarlari I.I. Pervushin va A. Xrennikovlar Toshkentda, V.Y. Spiridov va V.P. Kuznetsovlar esa Xo‘jandda aroq va vino zavodlarini qurishga harakat qilganlar. Bu jarayon sanoatning turli sohalarida ham kuzatildi. Xususan, 1867-yili rus muhandislari tomonidan Yevropa tipidagi dastlabki suv tegirmoni ishga tushirildi. 9 3 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Uning ishlab chiqarish quvvati bir kecha-kunduzda 720 pud un bo‘lib, mahalliy xo‘jalik uchun muhim ahamiyat kasb etdi. 1868-yilda esa rus sanoatchisi M. Xludov Solor arig‘i bo‘yida ilk Yevropa andozasidagi ko‘nchilik zavodini barpo etdi. Keyinchalik bu zavodni sotib olgan Tezikov uni zamonaviy uskunalar bilan jihozlab, katta kapital yig‘ishga muvaffaq bo‘ldi. Rus sanoatchilari, avvalo, o‘lkada taqchil bo‘lgan mahsulotlarni ishlab chiqarishga qaratilgan faoliyat yuritdilar. Chunki mahalliy bozorda sham, sovun, gugurt kabi uy-ro‘zg‘or buyumlariga talab juda yuqori edi. Masalan, gugurt o‘lkaning o‘zida ishlab chiqarilmay, asosan Rossiyadan keltirilardi. Shu bois bu sohada katta foyda ko‘rish mumkinligini yaxshi anglagan kapitan A.N. Chernyaviskiy 1869-yilda o‘lkada gugurt zavodi qurish uchun general- gubernatordan ruxsat so‘ragan. Xuddi shuningdek, savdogar E. Chulin

Доказательный фрагмент

«This article examines the economic policy of the Russian Empire in the Turkestan region during the late 19th and early 20th centuries.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article examines the economic policy of the Russian Empire in the Turkestan region during the late 19th and early 20th centuries. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Turkestan, Russian Empire, industrial enterprises, cotton-processing plant, rus kapitali, monopoliyalar, mustamlakachilik siyosati, Turkiston, xomashyo bazasi, paxta tozalash zavodi, iqtisodiy rivojlanish., sanoat korxonalari, savdo firmalari, Rossiya imperiyasi
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники