К содержанию
РецензированоUZ2025

FUQAROLIK JAMIYATI KONSEPTUAL MODELLARI: G‘ARB VA SHARQ NAZARIY YONDASHUVLARI QIYOSIY TAHLILI

YONDASHUVLARI QIYOSIY TAHLILI · Abdullayeva Zahira Bahodirovna

Современная наука и исследования · 2025

Аннотация

This article analyzes the conceptual models of civil society through a comparative study of Western and Eastern theoretical approaches. The Western model interprets civil society on the basis of constitutionalism, polyarchy, pluralism, and legal-institutional foundations, while the Eastern model emphasizes social expectations, collective values, and solidarity principles. The case of Uzbekistan illustrates a national model that combines Western democratic institutions with Eastern socio-cultural traditions, thereby shaping a balanced and sustainable development of civil society. Keywords: civil society, Western model, Eastern model, constitutionalism, polyarchy, social expectations, solidarity, national values, Uzbekistan model. XXI asr globallashuvi sharoitida davlat va fuqarolik jamiyati o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni o‘rganish tobora dolzarb bo‘lib bormoqda. Zero, fuqarolik jamiyati ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash, fuqarolarning siyosiy jarayonlardagi ishtirokini kuchaytirish va inson huquqlarini himoya qilishda muhim vosita sifatida maydonga chiqmoqda. Biroq turli mamlakatlarda bu jarayon bir xil emas. Fuqarolik jamiyatining shakllanishi va rivojlanishi mavjud siyosiy rejimlar – totalitar, avtoritar va demokratik tizimlar – bilan chambarchas bog‘liq. 29 Sentabr, 2025-Yil Shuningdek, nazariy yondashuvlarda ham G‘arb va Sharqning qarashlari sezilarli farqlarga ega. Shu bois ushbu maqolada, avvalo, turli siyosiy tizimlarda fuqarolik jamiyatining namoyon bo‘lish shakllari hamda siyosiy rejimlar va fuqarolik jamiyatining o‘rni tahlil qilinadi. Jumladan, totalitar tizimlarda fuqarolik jamiyati mustaqil maydon sifatida shakllana olmaydi. Chunki bunday tuzum mafkuraviy monopoliyaga, yagona partiyaning diktaturasiga va jamiyatning barcha jabhalarini qamrab oluvchi nazoratga tayanadi. Tarixiy misollar sifatida SSSR, Germaniyadagi natsistlar va Italiyadagi fashistik rejimlarni eslatish mumkin. Bu tizimlarda fuqarolik jamiyati institutlari hokimiyatni mustahkamlash vositasiga aylanib, shaxsiy hayot ham siyosiy tuzum manfaatlariga bo‘ysundirilgan. Avtoritar tizimlarda nazorat ancha selektiv bo‘lib, jamiyatning barcha jabhalariga chuqur aralashuv emas, balki muhim siyosiy sohalarda qat’iy nazorat o‘rnatiladi. Oppozitsiya mavjud bo‘lsa-da, faoliyati cheklangan, siyosiy raqobat nominal tusda bo‘ladi. Shunday sharoitda fuqarolik jamiyati ma’lum faoliyat yuritishi mumkin, lekin u mustaqil kuch emas, balki davlat siyosatiga moslashuvchi institutlar yig‘indisiga aylanadi. Demokratik tizimlarda esa butunlay boshqacha manzara kuzatiladi. Qonun ustuvorligi, hokimiyatlarning bo‘linishi, siyosiy plyuralizm va erkin OAV fuqarolik jamiyatining mustahkam poydevorini yaratadi. NNTlar, kasaba uyushmalari, ommaviy harakatlar va jamoatchilik nazorati demokratik davlatning muhim qismi sifatida faoliyat yuritadi. Shunday qilib, siyosiy rejimlarning turlicha tabiati fuqarolik jamiyatining imkoniyatlarini ham keskin belgilaydi. G‘arb nazariy yondashuvlarini oladigan bo’lsk, g‘arb tajribasida fuqarolik jamiyati asosan huquqiy-institutsional asoslar bilan izohlanadi. Masalan: Konstitutsionizm g‘oyasi davlat hokimiyatini qonuniy chegaralash, fuqarolar huquqlarini kafolatlash va hokimiyat organlarining hisobdorligini ta’minlashga qaratilgan; R. Dahlning “polyarkiya” konsepsiyasi demokratik institutlarning real hayotdagi shaklini izohlaydi. Polyarkiya erkin saylovlar, siyosiy raqobat, so‘z va axborot erkinligi, mustaqil birlashmalar orqali namoyon bo‘ladi; S. Lipsetning modernizatsiya nazariyasi iqtisodiy rivojlanish, o‘rta sinfning kengayishi va ta’lim darajasining o‘sishi demokratiya barqarorligi uchun zarurligini asoslaydi. Masalan, kishi boshiga daromad ma’lum darajadan yuqori bo‘lgan mamlakatlarda demokratiya uzoq umr ko‘radi; A. Gramsci fuqarolik jamiyatini hokimiyat tashqarisidagi mustaqil ijtimoiy maydon sifatida ko‘radi va uni siyosiy g‘oyalar bilan murakkab o‘zaro aloqada tahlil qiladi; R. Putnam esa fuqarolik jamiyatining samaradorligini ijtimoiy kapital – ishonch, tarmoqlar va hamkorlik madaniyati bilan izohlaydi. Demak, G‘arb modeli fuqarolik jamiyatini erkinlik, huquqiy kafolatlar va institutlarning mustaqilligi orqali izohlaydi. Bunga qarama-qarshi tarzda, Sharq nazariy yondashuvlarida fuqarolik jamiyatining shakllanishida asosiy tayanch sifatida madaniy-ijtimoiy qadriyatlar va ijtimoiy kutishlar ko‘riladi. Shu bois, endi Sharq modellari tajribasini tahlil qilish maqsadga muvofiqdir. Bunga misol tariqasida bir nechta davlatlarni modellarini tahlil qilamiz: Yaponiyada fuqarolik jamiyati “ijtimoiy kutishlar” konsepsiyasi asosida shakllangan. Shaxs jamiyat kutayotgan rollarni bajarishga intiladi. Bourdieu ta’riflagan habitus ham shu jarayonni tushuntiradi. 1998-yilda qabul qilingan NPO qonuni ko‘ngillilik va jamoaviy faollikni sezilarli kengaytirdi. Janubiy Koreyada fuqarolik jamiyati iqtisodiy modernizatsiya, ta’lim siyosati va demokratik islohotlar bilan mustahkamlandi. 30 Sentabr, 2025-Yil Biroq “chebol” deb ataluvchi yirik

Доказательный фрагмент

«This article analyzes the conceptual models of civil society through a comparative study of Western and Eastern theoretical approaches.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article analyzes the conceptual models of civil society through a comparative study of Western and Eastern theoretical approaches. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
civil society, Western model, Eastern model, constitutionalism, polyarchy, polyarkiya, konstitutsionizm, ijtimoiy birdamlik, G‘arb modeli, Sharq modeli, ijtimoiy kutishlar, fuqarolik jamiyati, milliy qadriyatlar, O‘zbekiston modeli.
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники