К содержанию
РецензированоRU2025

BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHISINING KASBIY KOMPITENTLIGINING MUAMMOLI TA’LIMNI TASHKIL ETISHDAGI AHAMIYATI

Nabiyeva Nasibaxon Nuraliyevna

Современная наука и исследования · 4 · 2025

Аннотация

В данной статье анализируются проблемы профессиональной компетентности учителей начальных классов и их значение в организации образования. Рассматривается роль квалификации учителей, уровня знаний и педагогических методов в образовательном процессе, предлагаются необходимые меры для повышения качества образования. Ключевые слова: начальная школа, учитель, профессиональная компетентность, образование, педагогика, повышение качества образования. Annotation. This article analyzes the issues related to the professional competencies of primary school teachers and their significance in organizing education. It highlights the role of teachers' qualifications, knowledge levels, and pedagogical methods in the educational process, proposing necessary measures to improve the quality of education. Keywords: primary school, teacher, professional competence, education, pedagogy, improving education quality. Bugungi ta'lim tizimi o'zgaruvchan va rivojlanayotgan dunyoga moslashish jarayonida yangi metodlarni joriy etishni taqozo etmoqda. Ta'limni samarali tashkil etish va o'quvchilarda haqiqiy bilimni shakllantirish, ularni hayotga tayyorlash muhim vazifalardan biridir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-sentyabrdagi ‘‘Ta’lim tizimiga boshqaruvining yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida’’gi PQ-3931-son qarori, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi ‘‘O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida’’gi Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil fevraldagi PF-4947-son ‘‘O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida’’gi Farmoni asosida ko‘p sonli o‘qituvchilar jamoalari oldiga har tomonlama bilimli, dunyoqarashi keng raqobatbardosh, Vatan ravnaqi uchun hormay-tolmay xizmat qila oladigan, buyuk Vatan yo‘lida o‘z jonini ayamaydigan yoshlarni tarbiyalashdek mas’uliyatli talabni qo‘ydi.[1] Bunga erishish uchun o‘quvchilarni uzluksiz ta’lim bosqichlarida turli sohalar bo‘yicha egallagan bilimlarini kundalik hayotda amaliy qo‘llashga o‘rgatish orqali ularda ko‘nikma va malakalarni hosil qilish kerak bo‘ladi. Ushbu talablar avvalo boshlang‘ich sinf o‘qituvchisida to‘la mujassam bo‘lishi lozim. Bu o‘qituvchida kasbiy kompotentlikni shakllantirish vazifasini o‘rtaga qo‘yadi. Komponent yondashuv oliy ta’lim tizimini modernizatsiyalash nuqtai nazaridan yangi pedagigik voqeilik sanaladi. 5 7 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Mazkur yondashuv doirasida amaliy faoliyat tajribasi, kompetensiya va kompetentlikni didaktik birliklar sifatida ko‘rib chiqish hamda ta’limning an’anaviy elementi ‘‘bilim- ko‘nikma- malaka’’ni oltita birlik-‘‘bilim-ko‘nikma-malaka-amaliy faoliyat tajribasi-kompetensiya- kompetentlik’’ tarzida tahlil qilish talab etiladi.[2] Shu nuqtai nazardan, muammoli ta'lim metodlari (problem-based learning, PBL) o'quvchilarning tanqidiy fikrlash, ijodkorlik, hamkorlik va mustaqil ishlash kabi muhim ko'nikmalarini rivojlantirishda alohida o'rin tutadi. Bu metod maktab ta'limini nafaqat ilmiy jihatdan, balki shaxsiy va ijtimoiy jihatdan ham rivojlantirishga xizmat qiladi. Ushbu tezisda muammoli ta'lim metodlarining mohiyati, afzalliklari va maktab ta'limiga qo'shayotgan hissasi ko'rib chiqiladi. I. Muammoli ta'lim metodlari: 1. Tushuncha va mohiyati: Muammoli ta'lim metodlari o'quvchilarga aniq va real hayotdagi muammolarni hal qilishni o'rgatadi. Bu usulda o'quvchilar amaliyotda qanday bilim va ko'nikmalarni qo'llashlarini o'rganadilar. Bunday yondashuvda o'quvchi faqat o'zi uchun bilim olish bilan cheklanmay, balki jamoaviy ishda muvaffaqiyatga erishish, muammoning turli tomonlarini ko'rib chiqish va eng yaxshi yechimni topishga harakat qiladi. O'qituvchi o'quvchilarga muammo taqdim etadi va ularni yechishga yordam beradi, ammo ularga to'g'ridanto'g'ri yechimni bermaydi.[1] 2. Muammoli ta'limning asosiy xususiyatlari: o Muammolarni tanlash va taqdim etish: O'quvchilarga murakkab, hayotiy va haqiqiy muammolarni taqdim etish. Bular o'quvchilarga nafaqat nazariy bilimlar, balki amaliy ko'nikmalarni ham oshirish imkonini beradi. o Jamoaviy ishlash: O'quvchilar guruhlarda ishlashadi, bir-birlarining fikrlarini tinglashadi, o'z nuqtai nazarlarini ifodalashadi va jamoaviy qarorlar qabul qilishadi. o Mustaqil va faol o'qish: O'quvchilar o'zlari mustaqil ravishda mavzuni o'rganib, yechimlarni topish uchun kerakli ma'lumotlarni izlashadi. o Refleksiya: O'quvchilar o'z faoliyatlarini va o'rganish jarayonini tahlil qilib, o'zlarini va guruhni rivojlantirish uchun qanday strategiyalarni qo'llashlari mumkinligini aniqlashadi.[2] II. Muammoli ta'lim metodlarining maktab ta'limini rivojlantirishdagi ahamiyati: 1. Tanqidiy fikrlash va tahlil qilish ko'nikmalarini rivojlantirish: Muammoli ta'lim o'quvchilarni faqat faktlarni yodlash bilan cheklanmasdan, ularni tahlil q

Доказательный фрагмент

«В данной статье анализируются проблемы профессиональной компетентности учителей начальных классов и их значение в организации образования.»

Образец извлечения

Демо-превью

В данной статье анализируются проблемы профессиональной компетентности учителей начальных классов и их значение в организации образования. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
primary school, teacher, professional competence, education, pedagogy, ta'lim sifatini oshirish., boshlang'ich sinf, kasbiy kompetentlik, o'qituvchi, ta'lim, pedagogika
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники