Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
XOTIN-QIZLAR BANDLIGI VA DAROMADLILIGINI TA’MINLASHDA “AYOLLAR DAFTARI”NING AHAMIYATINI OSHIRISH
NEW RENAISSANCE · Xudoyqulova Dilnoza To‘lqinovna · O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi magistranti
Современная наука и исследования · 2 · 2025
Аннотация
This scientific work highlights the role and importance of the “Women's Notebook” institute in increasing women's employment and their income. The mechanisms for identifying women in need of social protection, increasing their economic activity, helping them find their place in the labor market, and forming stable sources of income through the “Women's Notebook” system are analyzed. It also emphasizes the need to accelerate digitalization processes, reduce regional differences, expand partnerships with the private sector, and diversify vocational courses in line with market demand as ways to increase the efficiency of the system. The results of the study show that the “Women's Notebook” initiative serves to improve the quality of life of women not only socially, but also economically. Keywords: Women's employment, Women's Notebook, social protection, labor market, sources of income, digitalization, regional differences, private sector cooperation, vocational courses, economic activity. Tahlil va natijalar. So‘nggi yillarda O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy va ijtimoiy islohotlar jarayonida aholining barcha qatlamlarini, xususan, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash masalasi davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishiga aylandi. Ayollarning jamiyatdagi mavqeyini mustahkamlash, ularning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, iqtisodiy mustaqilligini ta’minlash nafaqat alohida shaxs va oila, balki butun mamlakat taraqqiyoti uchun muhim omil hisoblanadi. 15 NEW RENAISSANCE 2025 SENTABR INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 9 Shu maqsadda ishlab chiqilgan va amaliyotga tatbiq etilgan tashabbuslardan biri bu – “Ayollar daftari” tizimidir. Ushbu tizim nafaqat ijtimoiy himoya vositasi, balki iqtisodiy barqarorlik va farovonlikni oshirishda samarali mexanizm sifatida maydonga chiqmoqda. “Ayollar daftari”ning mohiyati shundaki, hududlarda ijtimoiy himoyaga muhtoj, band bo‘lmagan yoki barqaror daromad manbaiga ega bo‘lmagan xotin-qizlar aniqlanadi va ular haqida to‘liq ma’lumotlar bazasi shakllantiriladi. Keyinchalik ushbu ayollarga davlat tomonidan individual yondashuv asosida yordam ko‘rsatilib, ularning bandligini ta’minlash, kasb-hunar o‘rganishi, tadbirkorlik faoliyatini boshlashi uchun zarur sharoitlar yaratiladi. Natijada “Ayollar daftari” o‘zining ijtimoiy vazifasidan tashqari, iqtisodiy rivojlanishning muhim bo‘g‘iniga aylanmoqda. Ayollar bandligi masalasi har qanday jamiyatda dolzarb hisoblanadi. Chunki ularning mehnat bozoridagi ishtiroki nafaqat shaxsiy farovonlikni, balki jamiyatning umumiy iqtisodiy barqarorligini ham ta’minlaydi. O‘zbekistonda aholining yarmidan ko‘pini ayollar tashkil etishini hisobga olsak, ularning iqtisodiy faoliyatga keng jalb etilishi yalpi ichki mahsulotning o‘sishida, ijtimoiy barqarorlik va farovonlikni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Shu nuqtai nazardan qaraganda, “Ayollar daftari” orqali amalga oshirilayotgan chora- tadbirlarni bir nechta ustuvor yo‘nalishlarga ajratish mumkin. Avvalo, bu – mehnat bozoriga kirish imkoniyatlarini kengaytirishdir. Ishsiz yoki vaqtinchalik bandligi to‘xtagan xotin-qizlarni aniqlash va ularga mos bo‘sh ish o‘rinlarini taklif qilish orqali ularning iqtisodiy faolligi oshirilmoqda. Shuningdek, kasb-hunar o‘qitish tizimi ham alohida o‘rin tutadi. “Ayollar daftari”ga kiritilgan ayollar maxsus kurslarga jalb qilinib, zamonaviy mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblarni egallash imkoniyatiga ega bo‘lmoqda. Bu jarayon ayniqsa, IT, dizayn va xizmat ko‘rsatish sohalarida dolzarb ahamiyat kasb etadi. Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash ham ushbu tizimning muhim jihatlaridan biridir. Daftarga kiritilgan xotin-qizlarga imtiyozli kreditlar berilishi, soliq yengilliklari taqdim etilishi, turli grant dasturlarining joriy etilishi ularning iqtisodiy mustaqilligini oshirishga xizmat qilmoqda. Bundan tashqari, ijtimoiy infratuzilma bilan bog‘liq yordam mexanizmlari ham mavjud. Masalan, bolali ayollarga masofadan ishlash yoki uy sharoitida xizmat ko‘rsatish faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun sharoitlar yaratilmoqda. Bu esa ularning oilaviy vazifalari bilan iqtisodiy faollikni uyg‘unlashtirishga imkon bermoqda. “Ayollar daftari”ning iqtisodiy samaralari daromadlilikning oshishida yaqqol namoyon bo‘lmoqda. Imtiyozli mikrokreditlardan foydalanib, ko‘plab ayollar kichik biznes va oilaviy tadbirkorlikni yo‘lga qo‘ymoqda. Tikuvchilik, parrandachilik, hunarmandchilik va boshqa xizmat ko‘rsatish yo‘nalishlarida faoliyat yuritayotgan ayollar nafaqat o‘z daromadini oshirmoqda, balki qo‘shimcha ish o‘rinlari ham yaratmoqda. Kasb-hunar kurslarini tamomlagan xotin-qizlar esa zamonaviy kasblarni egallab, yuqori maoshli ish joylariga ega bo‘lmoqda. Natijada ularning shaxsiy daromadi oshibgina qolmay, ijtimoiy mavqei ham mustahkamlanmoqda. Shuni ham alohida ta’kidlash kerakki, ayollarning iqtisodiy mustaqilligi faqat moliyaviy daromad oshishi bilan cheklanmaydi. Bu jarayon ularning oiladagi mavqeini mustahkamlash, jamiyatdagi ij
Доказательный фрагмент
«This scientific work highlights the role and importance of the “Women's Notebook” institute in increasing women's employment and their income.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis scientific work highlights the role and importance of the “Women's Notebook” institute in increasing women's employment and their income. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Women's employment, Women's Notebook, social protection, labor market, raqamlashtirish, hududiy farqlar, xususiy sektor hamkorligi, Ayollar daftari, mehnat bozori, daromad manbalari, ijtimoiy himoya, kasb-hunar kurslari, Xotin-qizlar bandligi, iqtisodiy faollik.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026