Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ADABIYOT DO‘STLIGI-MILLAT DO‘STLIGI
ADABIYOT DO‘STLIGI-MILLAT DO‘STLIGI · O‘tkir Abdunazarov
Современная наука и исследования · 2 · 2018
Аннотация
Ushbu maqolada mashhur adib Nosir Fozilovning o‘zbek-qozoq adabiy aloqalarida tutgan muhim o‘rni, asosan, tarjimachilik faoliyati haqida kuzatishlar bayon etilgan. Kalit so‘zlar: O‘zbek-qozoq adabiy aloqalari, tarjimachilik, imlo, alifbo, tetralogiya, avtobiografik roman. Tariximizga nazar tashlaydigan bo‘lsak, barcha turkiy xalqlar qatori o‘zbek va qozoq xalqi ham ming yillik rishtalar bilan mustahkam bog‘langanligiga guvoh bo‘lamiz. Tili, dini, urf- odatlari, maslagi bir bo‘lgan bu ikki xalqning asrlar davomida shakllangan do‘stligi ayniqsa so‘nggi yillarda yanada kamol topib, yangicha mazmun kasb etmoqda. Bu hol ayniqsa adabiyotlararo aloqada, adabiy do‘stlikda yaqqol namoyon bo‘lmoqda. Qozoq adibi Abay Qo‘nonboyev ijodiy merosini o‘rganish va targ‘ib qilish bo‘yicha 2018 yil 13 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori e’lon qilinishi bu borada ikki xalq o‘rtasida yangi davr boshlanganidan xabar beradi. O‘zbek va qozoq adiblarining o‘zaro xamkorlik jarayonini taniqli adabiyotshunos olim Ozod Sharfiddinov shunday deb ta’riflagan edi: “XX asr boshlarida o‘zbek adibi Abdulla Qodiriy yaratgan romanlar qozoq yozuvchilari uchun ham adabiy maktab bo‘lgani haqida Muxtor Avezov ko‘p yozgan... Qozoq adabiyotidagi epiklik, xalq og‘izaki ijodiyotiga moyillik kabi xislatlar, asosan, mumtoz adabiyot an’analari ruhida shakllangan o‘zbek adabiyotini yanada yorqin ranglar bilan boyitishga munosib hissa qo‘shdi. Ikki xalq adabiyoti vakillarini bamisoli egizakka o‘xshatish mumkin, zero, Muxtor Avezov va Oybek, G‘afur G‘ulom va Sobit Muqonov, Abdulla Tojiboyev va Mirtemir, Abdulla Oripov va O‘ljas Sulaymonovlar adabiyot maydoniga bir-biriga hamnafas bo‘lib qalam surdilar...” Munaqqidning yuqorida keltirilgan ta’rifi bu ikki xalq adabiyotining nechog‘lik mushtarak ekanligidan dalolat berib turibdi. Ma’lumki, har bir milliy adabiyot rivojada adabiy aloqlar va ijodiy ta’sirning o‘rni katta. Ayniqsa ming yilliklar tarixi davomida bir buloqdan suv ichgan qardosh xalqlar adabiy marosiga nazar tashlasak bu yanada yorqinroq ko‘zga tashlanadi. Xususan, atoqli qozoq adibi Abay ijodida katta epik janrning yuzaga kelishida Navoiy ijodining ahamiyati adib tomonidan chuqur ehtirom bilan e’tirof etiladi. O‘zbek-qozoq adabiy aloqalarining yangi bosqichga ko‘tarilishida ayniqsa O‘zbekiston Prezidenti Sh.Mirziyoyevning qozoq adibi Abay Qo‘nonboyev ijodiy merosini o‘rganish va targ‘ib qilish bo‘yicha 2018 yil 13 mart kuni e’lon qilgan qarori katta ahamiyatga molik bo‘ldi. Ma’lumki, adabiy aloqalarning rivojida tarjimalarning o‘rni beqiyos. O‘zbek-qozoq adabiy a’loqalarining mustahkamlanishida ham har ikki xalq adabiyotidan qilingan tarjimalar muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bu borada ayniqsa “O‘zbek-qozoq xalqining oltin ko‘rigi” degan faxriy e’tirofga sazovor bo‘lgan adibimiz Nosir Fozilovning xizmatlari beqiyos. Qozoq diyorida tavallud topib, o‘zbek yurtida kamol topgan adib talabalik yillaridayoq yosh, tajribasiz bo‘lsada atoqli qozoq yozuvchisi Sobit Muqonovning “Hayot maktabi” nomli avtobiografik romani tarjimasiga qo‘l urdi. 1956 yilda esa G‘abidin Mustafinning “Qarag‘anda” romanini o‘zbek tiliga o‘girib, nashr ettirdi. XX asrning o‘ttizinchi yillargacha barcha turkiy xalqlar arab alifbosidan foydalanganliklari sababli bir-birlarini tushinishda tarjimonlarga unchalik ehtiyoj sezilmagan, adabiy a’loqalar o‘z-o‘zidan davom etavergan bo‘lsa, imlomiz 89 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 9 o‘zgartirilib, avval lotin, so‘ngra krill alifbosiga o‘tilishi bu borada ham o‘ziga xos muammolarga yo‘l ochdi. Natijada eng yaqin tilli xalqlar ham adabiy merosni anglashda tarjimaga ehtiyoj seza boshladi. Nosir Fozilovning ta’biricha: “ushbu “islohotlardan” keyin turkiy xalqlar ma’naviy uzoqlashib, bir-birining adabiyotini o‘qiyolmay qoldi. Bu esa bo‘lib kelayotgan adabiy aralashuvimizni izdan chiqardi. Natijada tarjimonlarga ehtiyoj yuzaga keldi”. 1958 yilda Nosir Fozilov tarjimasida Qalmaxon Abduqodirovning “Hojimuqon” qissasi nashr etildi. Qozoq pahlavoni bo‘lgan Hojimuqon afsonaviy shuhratga ega bo‘lishi bilan bir qatorda o‘zbek halqiga ham suyukli bo‘lgan, shu sababli bu qissa yurtimizda olti marotaba nashr etildi. Nosir Fozilov mohir tarjimon sifatida Sobit Muqonovning “Cho‘loq polvon” qissasini, “Cho‘pon bolasi” romanini, G‘abit Musrepovning “Qozoq soldati” hamda Abay Qo‘nanboyevning tanlangan asarlarini o‘zbek tiliga o‘girishda qatta xizmat qildi. Muxtor Avezovning “Abay yo‘li” tetralogiyasining o‘zbek tilida nashr etilishida ham Nosir Fozilov Mirtemir bilan hamkorlikda tarjima tahriri ustida faol hamkorlik qildi. “Men Nosirni qardoshlik madhini kuylovchi adib degim keladi, − deb yozadi Said Ahmad. − Chunki u qardosh adiblar bilan o‘zbek adiblar o‘rtasida qurilgan ko‘prikka o‘xshaydi. Nosir bizga Sobit Muqonovni, G‘abit Musrepovni, G‘abidin Mustafinni tanitdi. “Hayot maktabi”, “Qozoq soldati”, “Qarag‘anda” romanlarini biz Nosir tarjimasida o‘qidik. U bizga qoraqalpoq yozuvchisi A.Begimovning “Baliqchining qizi”
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada mashhur adib Nosir Fozilovning o‘zbek-qozoq adabiy aloqalarida tutgan muhim o‘rni, asosan, tarjimachilik faoliyati haqida kuzatishlar bayon etilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada mashhur adib Nosir Fozilovning o‘zbek-qozoq adabiy aloqalarida tutgan muhim o‘rni, asosan, tarjimachilik faoliyati haqida kuzatishlar bayon etilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- alifbo, imlo, tarjimachilik, tetralogiya, avtobiografik roman., O‘zbek-qozoq adabiy aloqalari
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025