К содержанию
РецензированоUZ2025

HUSAYNIY IJODINING O‘RGANILISHI

Normatov Jamoliddin · HUSAYNIYIJODINING O‘RGANILISHI

ИКРО журнал · 17 · 2025

Аннотация

The article analyzes the life and literary heritage of Hussein Baykara (pseudonym - Husseini), a representative of the Timurid dynasty, a statesman and a poet. Based on the information of Wasifi, Raqimi and other historical sources, an analysis of the personal qualities, spiritual world and literary works ofHussein Baykara was carried out. Keywords: Huseyn Baykara, Huseyn, "Divani Huseyn", Alisher Navoi, Wasifi, "Badoe ul- vakoye", "Tarihi Katira", Raqimi,Herat, Timurids. Kirish .Husayn Boyqaro – o‘zbek mumtoz adabiyoti tarixida o‘zining betakror, ravon uslubda yozilgan g‘azallari bilan alohida o‘ringa ega bo‘lgan ijodkorlardan biridir. Husayniy taxallusibilan ijod qilgan Husayn Boyqaro (1438-1506 ) Sohibqiron Amir Temur Ko‘ragon naslidan bo‘lib, Mirzo Mansur binni Mirzo Boyqaroning o‘g‘lidir. U 1438-yilda Hirot shahrida tavallud topgan. Husayn Boyqaro uzoq davom etgan kurash va olishuvlardan keyin 1469-yilda Hirot taxtini egallaydi. Sulton Husayn Boyqaro davrida Hirot butun sharqda ilm, san’at va adabiyotning yashnagan markaziga aylandi. Alisher Navoiy boshchilik qilgan, Husayn Boyqaro xayrixohlik bilan qaragan Hirot madaniy muhitida mashhur tilshunoslar va tarixchilar, xattot vakotiblar, bastakor va xonandalar, musavvirlar va naqqoshlar, sozanda va hofizlar, faylasuf vamusiqashunoslar, shoir va adiblar ijod qilardilar. Zahiriddin Muhammad Bobur tili bilan aytganda, “Sulton Husayn Mirzoning zamoni ajab zamone edi, ahli fazl va benazir eldin Xuroson,bataxsis Hiriy shahri mamlu edi. Har kishiningkim, bir ishga mashg‘ullug‘i bor edi, himmati va g‘arazi ul erdikim, ul ishni kamolg‘a tegurgay. [1: 239-240 ] Biz ushbu maqolamizda Husayn Boyqaroning hayoti va ijodining o‘rganilishi xususida so‘z yuritishni joiz deb topdik. www.wordlyknowledge.uz ILMIYMETODIK JURNAL JOURNAL OFIQRO –ЖУРНАЛ ИҚРО –IQRO JURNALI –volume 17,issue01,2025 ISSN:2181-4341, IMPACT FACTOR( RESEARCH BIB )–7,245,SJIF–5,431 Adabiyotlartahlilivametodlar Husayn Boyqaro hayoti va ijodi bugungi kunda ko‘plab tarixiy, adabiy, shuningdek, manbashunoslik asosida olib borilgan tadqiqotlarda keng yoritilgan. Jumladan, Zayniddin Muhammad Vosifiyning “Badoye’ ul-vaqoye’” asari – bu davr adabiy va madaniy muhitining, xususan, Husayn Boyqaro shaxsiyatining jonli guvohidir. Asarda Husayn Boyqaroning sadoqatli do‘sti Alisher Navoiy bilan bo‘lgan munosabatlari, sultoning madaniyat va san’atga bo‘lgan e’tibori, odob-axloqi, tafakkuri va shaxsiy fazilatlari batafsil tasvirlangan. Bu manba tadqiqotchi uchun beqiyos axborot beradi, ayniqsa, sultonning ichki dunyosi va madaniy siyosatini o‘rganishda muhim rol o‘ynaydi.Shuningdek, tarixchi Sayyid Sharif Roqimiyning “Tarixi kasira” (yoki “Tarixi tomm”) asari ham Husayn Boyqaro haqida muhim manba sifatida e’tirof etiladi. Bu asar faqatgina tarixiy voqealar ketma-ketligi emas, balki shaxslararo munosabatlar, siyosiy harakatlar va madaniy muhitni o‘rganishda manbashunoslik asosida tahliliy material hisoblanadi. Biroq ushbu asarning tarjima va nashrga tayyorlangan nusxasi ba’zi hollarda nomukammal bo‘lib, matnshunoslik nuqtayi nazaridan ehtiyotkorlik bilan foydalanishni talab etadi.“Devoni Husayniy” esa Husayn Boyqaroning shoir sifatidagi iste’dodini ifoda etuvchi badiiy manbadir. Uning g‘azallari orqali sultonning nafaqat siyosiy, balki ichki kechinmalar, muhabbat, hijron, go‘zallikni anglash kabi lirik motivlari ochib beriladi. Qo‘lyozmaning bezaklari, xattotlik uslubi va badiiy qiymati uni o‘z davrining yuksak san’at namunasi sifatida ko‘rsatadi. Mazkur devon Sankt-Peterburgdagi qo‘lyozma asosida faksimile shaklida nashr etilishi orqali O‘zbekiston madaniy merosini asrash va ommalashtirishda muhim qadamlardan biri bo‘ldi.Ushbu maqolani yozishda tarixiy-tahliliy, manbashunoslik, adabiy-tanqidiy hamda taqqosloviy metodlardan foydalanildi. Avvalo, Husayn Boyqaro hayoti va ijodi bilan bog‘liq tarixiy manbalar, xususan “Badoye’ ul-vaqoye’” va “Tarixi kasira” asarlari asosiy tadqiqot obyekti sifatida tanlandi. Bu asarlarda keltirilgan ma’lumotlar ichki izchillik asosida saralandi, voqealar ketma-ketligi o‘rganildi. Shuningdek, “Devoni Husayniy”dagi g‘azallar poetik jihatdan tahlil qilinib, ularning mazmuniy yo‘nalishi, badiiy uslubi va leksik jihatlari o‘rganildi. Qo‘lyozma nusxasining bezaklari, xattotlik san’ati va tarixiy ahamiyatini o‘rganishda matnshunoslik va kodikologiya yondashuvi qo‘llanildi.Bundan tashqari, Alisher Navoiy bilan bo‘lgan munosabatlar Vosifiy va boshqa tarixiy manbalar asosida taqqoslab tahlil qilindi. Bu metodlar orqali Husayn Boyqaroning shaxsiyati ko‘pqirrali vakompleks tarzdaochib berilishi maqsad qilindi. Natijalar va muhokama. Mashhur shoir va adib Zayniddin Muhammad Vosifiyning "Badoye’ ul-vaqoye’" [2 ] asarida Sulton Husayn davridagi adabiyot, madaniyat va ilm-fan arboblari haqida qiziqarli ma’lumotlar keltirilgan. Kitobning ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi boblarida Husayn Boyqaroning hayoti va faoliyati, Sulton Husayn hukmronligi yillarida Hirotning ulug‘vorligi, Pahlavon Muhammad va Husayn

Доказательный фрагмент

«The article analyzes the life and literary heritage of Hussein Baykara (pseudonym - Husseini), a representative of the Timurid dynasty, a statesman and a poet.»

Образец извлечения

Демо-превью

The article analyzes the life and literary heritage of Hussein Baykara (pseudonym - Husseini), a representative of the Timurid dynasty, a statesman and a poet. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Huseyn Baykara, Huseyn, "Divani Huseyn", Alisher Navoi, Wasifi, "Badoe ul-, Alisher Navoiy, Husayniy, Vosifiy, Roqimiy, “Tarixi kasira”, Temuriylar, Husayn Boyqaro, “Badoye’ ul-vaqoye’”, “Devoni Husayniy”, Hirot
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники