К содержанию
РецензированоUZ2025

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA ATMOSFERA HAVOSINING HOLATI VA UNING MUSAFFOLIGINI SAQLASH CHORA-TADBIRLARI

Tuxtamuratova Dilnoza Dilmurodovna · O‘ZBEKISTONRESPUBLIKASIDA ATMOSFERA HAVOSININGHOLATIVA (Buxoro davlat pedagogika instituti talabasi) · UNING MUSAFFOLIGINI SAQLASH CHORA-TADBIRLARI (Buxoro davlat pedagogika instituti talabasi)

ИКРО журнал · 17 · 2025

Аннотация

This article analyzes the state of air pollution in the Republic of Uzbekistan, particularly in the city of Tashkent, examining its main causes and consequences through scientific-geographical and pedagogical approaches. The impact of vehicle emissions, industrial waste, urbanization processes, and weather conditions on air quality is thoroughly studied. In addition, the paper proposes measures to ensure environmental safety, improve the air quality monitoring system, and enhance publicenvironmental awareness. Keywords: Atmospheric air, pollution, PM2.5, temperature inversion, vehicle emissions, environmental safety, monitoring, urbanization, green areas. Аннотация: В данной статье анализируется состояние загрязнения атмосферного воздуха в Республике Узбекистан, особенно в городе Ташкент, его основные причины и последствия на основе научно-географического и педагогического подхода. Подробно изучается влияние выбросов автотранспорта, промышленных отходов, процессов урбанизации и погодных условий на качество воздуха. Также предлагаются меры по обеспечению экологической безопасности, совершенствованию системы мониторинга и повышениюэкологической культуры населения. Ключевые слова: Атмосферный воздух, загрязнение, PM2.5, температурная инверсия, выбросы транспорта, экологическая безопасность, мониторинг, урбанизация, зелёные зоны. Atmosfera havosi inson salomatligi, ekologik barqarorlik va iqtisodiy taraqqiyot uchun muhim omil hisoblanadi. O‘zbekiston hududida urbanizatsiya, sanoatlashuv va transport vositalari sonining ortishi bilan havoning ifloslanish darajasi ham oshib bormoqda. Ayniqsa, Toshkent shahri so‘nggi yillarda havo sifati bo‘yicha jahon reytinglarida yuqori o‘rinlarni egallab kelmoqda. Bu holat ekologik xavfsizlik, sog‘liqni saqlash va barqaror rivojlanish nuqtai nazaridan jiddiy e’tibor talab qiladi. Atmosfera havosining ifloslanishi nafaqat ekologik, balki ijtimoiy va sog‘liqni saqlash tizimiga ham tahdid solmoqda. Ushbu maqolada atmosfera havosining hozirgi holati, asosiy ifloslantiruvchi omillar va ularni kamaytirish bo‘yicha chora- tadbirlar ilmiy asosda tahlil qilinadi. Tadqiqotning asosiy maqsadi – O‘zbekistonda atmosfera www.wordlyknowledge.uz ILMIYMETODIK JURNAL JOURNAL OFIQRO –ЖУРНАЛ ИҚРО –IQRO JURNALI –volume 17,issue01,2025 ISSN:2181-4341, IMPACT FACTOR( RESEARCH BIB )–7,245,SJIF–5,431 havosining sifatini baholash, mavjud muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha ilmiyasoslangan takliflar ishlabchiqishdan iborat. Toshkent shahrida atmosfera havosining ifloslanishiga olib kelayotgan asosiy omillar qatoriga transport vositalari, sanoat chiqindilari, qurilish faoliyati, yashil hududlarning kamayishi va noqulay ob-havo sharoitlari kiradi. 2025-yil 23-yanvar kuni Toshkent shahri AQI indeksida 317 ko‘rsatkich bilan dunyodagi eng ifloslangan shaharlar qatoriga kirdi. Bu holat havodagi PM2.5 zarrachalarining yuqori konsentratsiyasi bilan bog‘liq bo‘lib, ayni vaqtda harorat inversiyasi, shamolning yo‘qligi va tumanli ob-havo kuzatilgan. Makrosinoptik sharoitga ko‘ra, Toshkent shahri antisiklon periferiyasi ta’sirida qolgan. Radiatsion sovish natijasida yer sirtiga yaqin qatlamda havo harorati -10°C...-15°C oralig‘ida bo‘lib, suv bug‘lari muz zarrachalariga aylanib, tuman va bulduruq hosil qilgan. Bu esa ko‘rinuvchanlikni pasaytirib, PM2.5 zarrachalarining havoda to‘planishiga olib kelgan. Harorat inversiyasi vertikal havo harakatlarini cheklab, ifloslantiruvchi moddalar konsentratsiyasining ortishiga sabab bo‘lgan. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, bu davrda havodagi zararli gazlar ruxsat etilgan me’yorlardan oshmagan. Biroq, azot ikki oksidi miqdori0,2–0,3barobar yuqori chiqqani qayd etilgan. Statistik hisob-kitoblarga ko‘ra, 1 ta yengil avtomobil yiliga 0,709 tonna, 1 ta yuk avtomobili esa 0,525 tonna zararli moddani atmosferaga chiqaradi. Toshkentda 638 mingdan ortiq transport vositasi mavjud bo‘lib, har kuni yana 150–300 ming avtomobil shaharga kirib keladi. Bu esa havoga chiqarilayotgan zararli gazlar miqdorini keskin oshiradi. Qor yog‘ishi va transport harakatining kamayishi havoning sifatini vaqtincha yaxshilagan. Qor oppoq yuzasi quyosh nurlarini aks ettirib, havodagi zarrachalarni yuvib tushiradi. Transport vositalarining kamayishi esa emissiyalarni qisqartiradi. Biroq bu qisqa muddatli ta’sir bo‘lib, muammoni tubdan hal etmaydi. Atmosfera havosining monitoringi O‘zgidromet tomonidan olib boriladi. Toshkentda 23 ta statsionar kuzatuv punktlari mavjud bo‘lib, ulardan 10 tasi zamonaviy “Horiba” avtomatik stansiyalari bilan jihozlangan. Bu stansiyalar har daqiqada havodagi chang, gazlar va meteorologik ko‘rsatkichlarni o‘lchaydi. Monitoring natijalari https://monitoring.meteo.uz platformasida e’lon qilinadi. JSST standartlariga ko‘ra, PM2.5 zarrachalarining yillik me’yori 5 mkg/m³, kunlik me’yori esa 15 mkg/m³ bo‘lishi kerak. O‘zbekistonda esa bu ko‘rsatkichlar mos ravishda 35 va 60 mkg/m³ etib belgilangan. Toshkentda esa ba’zi kunlarda PM2.5 konsentratsiyasi 196 mkg/m³ gacha yetgan

Доказательный фрагмент

«This article analyzes the state of air pollution in the Republic of Uzbekistan, particularly in the city of Tashkent, examining its main causes and consequences through scientific-geographical and pedagogical approaches.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article analyzes the state of air pollution in the Republic of Uzbekistan, particularly in the city of Tashkent, examining its main causes and consequences through scientific-geographical and pedagogical approaches. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Atmospheric air, pollution, PM2.5, temperature inversion, vehicle emissions, yashil hududlar., monitoring, ifloslanish, Atmosfera havosi, transport emissiyasi, urbanizatsiya, harorat inversiyasi, ekologik xavfsizlik
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники