К содержанию
РецензированоUZ2025

SUN’IY INTELLEKT ASOSIDA YARATILGAN RENDER VA PROFESSIONAL VIZUALIZATSIYA O‘RTASIDAGI QIYOSIY TAHLIL

IYUL ANDIJON · SUN’IYINTELLEKT ASOSIDAYARATILGANRENDER VAPROFESSIONAL · Zilola Raxmatillayeva

Журнал прикладных и социальных наук · 2025

Аннотация

Ushbu maqolada konseptual arxitektura dizayni bosqichida sun’iy intellekt asosida yaratilgan vizual renderlar va an’anaviy grafik dastur – Lumion yordamida tayyorlangan professional vizualizatsiya o‘rtasidagi farqlar qiyosiy tahlil qilinadi. Tadqiqotda bir xil 3D-geometriyali model asosida ikkita yo‘nalishda vizualizatsiya bajarildi: birinchi holatda ChatGPT asosida AI-renderlar, ikkinchisida esa Lumion dasturida foydalanuvchi nazoratida yuqori sifatli tasvirlar yaratildi. Tahlil natijalari AI vositalarining render tezligi, avtomatik kontent generatsiyasi va ko‘p variantlilikda ustun ekanini, Lumion esa detal aniqligi, barqarorlik va foydalanuvchi nazorati borasida afzal ekanini ko‘rsatdi. Maqolada ushbu ikki yondashuvning afzallik va cheklovlari texnik, vizual va amaliy mezonlar asosida baholandi. Natijalar AI vositalarining konseptual dizayn bosqichidagi samaradorligini, Lumionning esa yakuniy vizualizatsiya sifatidagi ustunligini isbotladi. Kalit so’zlar: Sun’iy intellekt, arxitektura vizualizatsiyasi, ChatGPT, Lumion, konseptual dizayn, render tahlili, 3D-modellashtirish, AIrender, fotorealistik tasvir. Kirish. Zamonaviy arxitektura loyihalash jarayoni murakkab hamda ko‘p bosqichli bo‘lib, unda ijodkorlik tasavvurlari va aniq muhandislik yechimlari uzviyuyg‘unlikda namoyon etiladi. Shu sababli arxitekturaviy muhitni vizualizatsiya qilish dizayn amaliyotining ajralmas qismiga aylangan. Vizualizatsiya loyihaning abstrakt konseptlarini real makondagi ko‘rinishga aylantirib, loyiha g‘oyalarini turlicha burchakdan tahlil qilish imkonini beradi [1]. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, iteratsion vizualizatsiya jarayoni ijodkorlik va innovatsiyani rag‘batlantirib, me’morlarga loyihaning konseptual yechimini yakuniy talablarga va buyurtmachining istaklariga muvofiq takomillashtirishga yordam beradi [1]. Keng ko‘lamli fotorealistik renderlar va virtual yurishlar loyiha manfaatdor tomonlari – xaridorlar, sarmoyadorlar va boshqaruv organlari –bilan samarali muloqot qilishdamuhim rol o‘ynaydi, dizayn niyatini aniq ifodalaydi valoyiha atrofida tushunishni mustahkamlaydi. Keyingi yillarda kompyuter grafikasi va 3D-modellashtirish, shuningdek BIM va parametrik dizayn kabi dasturiy vositalar bilan bir qatorda sun’iy intellekt texnologiyalari ham arxitekturaviy vizualizatsiyaga innovatsion imkoniyatlar qo‘shmoqda. Masalan, sun’iy intellekt va mashinani o‘rganish algoritmlari orqali qurilgan tizimlar loyihalashning ayrim bosqichlarini avtomatlashtirib, real vaqtda turli dizayn variantlarini ishlab chiqish, tuzilishdagi potentsial muammolarni prognoz qilish va takomillashtirish bo‘yicha takliflar berish qobiliyatiga ega [2]. Shuningdek, Midjourney kabi generativ SI platformalari loyihalash jarayonini yanada soddalashtirib, foydalanuvchilarga mahsus 3D-model yaratish tajribasiga ega bo‘lmagan holda oddiy matn orqali konseptni tavsiflab, fotorealistik tasvirlar olish imkonini berdi [3]. Real- vaqtli renderlash vositalari loyihada onlayn o‘zgarish kiritish, dizaynni darhol baholash va mijoz fikrini tezkor aks ettirishni ta’minlab, loyihalash jarayonini sezilarli darajada samaraliroq qiladi [2]. Bu kabi ilg‘or texnologiyalar arxitektura vizualizatsiyasini yangi avlod sifatida rivojlantirmoqda. Ammo O‘zbekiston sharoitida arxitekturani zamonaviy dasturiy va SI vositalari bilan tezkor vizualizatsiya qilish bir qator muammolar bilan yuzlashadi. Xususan, sohaning axborot- kommunikatsiya texnologiyalari infratuzilmasi hali yetarli darajada rivojlanmagan: yig‘ilishda qayd etilishicha, qurilish loyihalarini yaratishdan tortib ekspertizadan o‘tkazish va masofaviy nazoratgacha bo‘lgan jarayonlarning aksariyati hanuzgacha qog‘oz hujjatlarida yuritilmoqda [2]. Shu bois davlat rahbari arxitektura va qurilish ta’limi dasturlarini yangilab, ularda ilg‘or 119 IYUL ANDIJON,2025 dasturiy ta’minot va ayniqsa BIM texnologiyalari bilan ishlash ko‘nikmalarini kengroq o‘IrgLatiMshni Fta’AkidNlagaYn [A2].NBuGndIanLtIasKhqLariA, suRn’iIy KinteOlleNkt vFaEunRingEarNxitSektIuYragAa tSatbIiqi sohasida O‘zbekistonda huquqiy baza hamon shakllantirilish bosqichida. Mamlakatda SI texnologiyalarini tartibga soladigan aniq qonunchilik yo‘q; sohani nazorat qilish uchun barqaror talablar, mualliflik huquqi va xavfsizlikka doir mexanizmlar hali to‘liq yaratilmaganligi qayd etilmoqda[4]. Metod. Ushbu tadqiqotda eksperimental yondashuv qo‘llanilib, bir xil 3D arxitektura modeli asosida ikkita turli vizualizatsiya usuli sinovdan o‘tkazildi. Dastlab, SketchUp dasturida past qavatli turar joy binosining 3D modeli tayyorlandi. Ushbu model asosida quyidagi ikki renderlash usuli taqqoslandi: 1. AI asosida render qilish: Modeldan olingan 2D ko‘rinish ChatGPT orqali ishlab chiqilgan promt yordamida generativ AI vositasiga uzatildi. Natijada sun’iy intellekt avtomatik tarzda fasadga materiallar, o‘simliklar, fon va yoritish kabi elementlarni o‘zicha aniqlab, fotorealistiktasvirlar hosilqildi. 2. Lumion dasturida render qilish: Xuddi shu 3D model Lumion dasturiga import qilini

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada konseptual arxitektura dizayni bosqichida sun’iy intellekt asosida yaratilgan vizual renderlar va an’anaviy grafik dastur – Lumion yordamida tayyorlangan professional vizualizatsiya o‘rtasidagi farqlar…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada konseptual arxitektura dizayni bosqichida sun’iy intellekt asosida yaratilgan vizual renderlar va an’anaviy grafik dastur – Lumion yordamida tayyorlangan professional vizualizatsiya o‘rtasidagi farqlar… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
AI render, konseptual dizayn, arxitektura vizualizatsiyasi, Sun’iy intellekt, Lumion, render tahlili, 3D-modellashtirish, fotorealistik tasvir., ChatGPT
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники